3- mavzu. OʻZbek davlatchilining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari asosiy tushuncha va iboralar


 Oʻzbekiston hududi Kushon davlati tarkibida



Download 32,55 Kb.
bet5/6
Sana30.12.2021
Hajmi32,55 Kb.
#194703
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MwfnTJ0CkDY G11PbVNTUCHsON2ocgZz

3.5. Oʻzbekiston hududi Kushon davlati tarkibida

Kushon podshohligi. Spitamen qoʻzgʻoloni magʻlubiyatga uchragandan soʻng mil.av. IV asr oxirlarida asli Oʻrta Osiyoda yashagan massaget-tohar qabilalarining katta bir qismi Sharqiy Turkistondan to Mugʻiliston chegaralarigacha boʻlgan hududlarga koʻchib oʻtganlar. Ana shu qabilalar tarixi bilan bogʻliq mil.av. IV asr oxirlari va milodning V asriga oid ma’lumotlar Xitoy manbalaridan olinganligi sababli qabila, urugʻ, shaxslar, joy va shahar nomlari xitoycha nomlar bilan berilgan. Oʻrta Osiyodan Sharqqa tomon koʻchib oʻtgan massaget-toharlar Xitoy manbalarida yue-chjelar nomi bilan atalganlar. Xitoyning shimolidagi katta hududlarda xunn qabilalari yashagan. Taqdir taqozosiga koʻra, xunnlar bilan yue-chjelar oʻrtasida ziddiyatlar kuchayadi. Natijada, xunnlar mil.av. 176- yili yue-chjelarni gʻarbga siqqib chiqaradi.

Fargʻona (Dovon) podshohligi hududlariga chekingan yue-chje qabilalari bu yerda shahar va qishloqlar barpo qiladilar. Hozirgi Namangan viloyati Kushon qishlogʻi va Kosonsoy tumani shular jumlasidandir. Ular mil.av. 140-130- yillarda Yunon-Baqtriyani ham oʻzlariga tobe qiladilar va “Katta Yue-chje” davlat uyushmasiga asos soladilar. Bu davlat uyushmasiga beshta hokimlik: Guyshuan, Xyumi, Shaunmi, Xise va Dumilar boʻysunar edi.

Bulardan biri Guyshuan (Kushon) hokimligi ancha kuchayib, boshqa hokimliklarni birlashtiradi va Guyshuan hokimi Kujula Kadfiz oʻzini yagona hokim deb e'lon qiladi. Natijada, yangi davlat – Kushon davlati paydo boʻladi va hozirgi Surxondaryo viloyatining Shurchi tumanidagi Dalvarzintepada joylashgan manzilgoh bu davlatning poytaxti boʻlib qoladi. Kujula Kadfiz davlat chegaralarini kengaytirib, qudratini oshiradi. Parfiya, hozirgi Afgʻoniston hududi va Kashmirni egallaydi. Kujula vafotidan keyin uning oʻgʻli Vima taxtga chiqadi va Hindistonning markaziy viloyatlarini oʻz davlati tarkibiga qoʻshib oladi.

Vima Kadfiz 30 yil hukmronlik qilgan. Undan soʻng Kanishka mamlakatni boshqaradi va u Hindistonning janubiy hududlarini zabt etadi. Natijada, Kushon davlati katta saltanatga aylanib, Xitoydagi Xan davlati hamda Rim imperayasi bilan raqobatlashish darajasiga koʻtariladi. Kushonda davlat tipi konfederativ podshohlik boʻlib, boshqaruv shakli monarxiya edi. Viloyatlar va shaharlar davlat tepasida turuvchi oliy hukmdor noiblari tomonidan boshqarilgan. Ular oliy hukmdorga soʻzsiz itoat etib, doimiy ravishda davlat xazinasiga oʻlponlar toʻlab turganlar.

Kushonlar davlatida zarb etilgan kumush, oltin tangalarning bir tomonida Budda xudolari, zardushtiylar xudolari Anaxita, Mitra rasmlari uchrasa, ikkinchi tomonida esa “shoh”, “shohlar shohi” atamasini koʻramiz. Buyuk ipak yoʻli tarmoqlarida joylashgan Kushon podshohligi gullab yashnadi. Koʻpdan-koʻp yangi shaharlar bunyod etildi. Bu davrda koʻplab sugʻorish inshootlari qurilib, yangi yerlar oʻzlashtirildi. Shaharlar qurilishida aniq binokorlik qoidalari amalga oshirilgan. Shaharlar toʻgʻri burchakli boʻlib, qalin devorlar bilan oʻralgan. Shahar tuzilishiga koʻra, u bir necha qismlarga boʻlingan: hokim saroyi (qal'a), hunarmandchilik ustaxonalari, guzarlar, alohida ibodatxonalar joylashgan qismi, savdo maydoni va boshqalar tartibli ravishda joylashgan edi.

Kushon podshohligi iqtisodiyotining asosini sugʻorma dehqonchilik, savdo va hunarmandchilik tashkil qilgan. Ular yuqori darajada rivojlangan. Hindiston, Xitoy va Rim saltanati bilan savdo va elchilik munosabatlari oʻrnatilgan edi. Savdo munosabatlarining rivojlanishida Buyuk ipak yoʻlining ahamiyati katta boʻlgan. Termizdan Rim tangalari xazinasi, oʻrta yer dengizi atrofi hududlarida esa kushon tangalari topilgan.

Kanishka davrida Hindistondan tarqalgan Budda dini davlat diniga aylandi. Oromiy va yunon yozuvlari bilan birga kushon yozuvi ham mavjud boʻlgan. Kushon saltanati davrida me'morchilik va tasviriy san'at yuksak darajada rivojlangan edi. Buni oʻlkamiz ning Ayritom, Koʻxna Termiz, Qoratepa budda ibodatxonalari Fayoztepa, Xolchayon, Dalvarzintepa va boshqa joylardan qazib olingan arxeologik topilmalardan koʻrishimiz mumkin.

Kushon saltanati inqirozi Xuvishka podshohligi davridan boshlanadi. Bu jarayon Erondagi Sosoniylar davlatining tarix sahnasiga chiquviga asosiy omil boʻldi. Xususan, sosoniy hukmdorlardan Shopur I ning (milodiy 242-243- yillar) va Shopur II ning (milodiy 309-379- yillar) Kushonlarga bergan zarbalari hal qiluvchi oʻrin tutdi. IV asrga kelib Kushon podshohligi asosiy hududlaridan mahrum boʻldi. Kushonlarning ayrim mulklari faqat Shimoliy Hindistonda ma’lum vaqtgacha saqlanib qoldi.


Download 32,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish