to’pni atayin qo’li bilan ushlab qolish orqali raqib jamoa o’yinchilarining to’pni darvozaga kiritishiga xalaqit qilsa (darvozabon o’z jarima maydonchasi ichida to’pni qo’li bilan o’ynashi bundan mustasno);
erkin zarba, jarima to’pi yoki 11-metrlik jarima to’pi belgilash bilan jazolanuvchi qoida buzilishi holatini sodir etgan holda zarba berish holatiga chiqayotgan raqib o’yinchisini to’xtatib qolsa;
bir o’yinda ikki marta sariq kartochka bilan ogoxlantirilsa.
TO’RTINCHI HAKAM
Musobaqa reglamentiga ko’ra har bir o’yinga to’rtinchi hakam tayinlanishi mumkin. Agar maydonda harakat qilayotgan 3 hakamdan birontasi o’zining vazifasini bajara olmaydigan darajadagi vaziyatga tushib qolsa, unda 4-hakam uning o’rniga almashtiriladi.
Agar hakam o’z vazifasini bajara olmaydigan darajadagi vaziyatga tushib qolsa unda hakamlarni almashtirish tartibi musobaqa reglamenti asosida amalga oshiriladi.
Bosh hakam ko’rsatmasiga binoan to’rtinchi hakam o’yingacha, o’yin paytida va o’yindan keyin bosh hakamga barcha tashkiliy ishlarda yordam berishi mumkin.
To’rtinchi hakam o’yin paytida futbolchilarning almashtirish jarayoniga bevosita yordam berishga majbur.
Agar o’yin jarayonida o’yindagi to’pni almashtirish zaruriyati tug’ilsa, unda to’rtinchi hakam bu ishga ma’suldir. O’yin vaqtini cho’zmaslik uchun to’rtinchi hakamda zaxira to’pi bo’lishi lozim.
To’rtinchi hakam futbolchi zaxiradan maydonga tushishidan oldin o’yinchini tekshirib ko’rish huquqiga ega. Agar futbolchining kiyinishada xatolikni sezsa buni darhol bosh hakam yordamchisiga ma’lum qiladi. U esa o’z o’rnida bosh hakamga bu haqda ma’lumot beradi.
To’rtinchi hakam barcha masalalarda bosh hakamga yordam beradi.
O’yin tugashi bilan to’rtinchi hakam o’yin haqidagi bayonnomona musobaqa o’tkazuvchi tashkilotga olib borib beradi. Agar o’yin vaqtida bosh hakam va uning yordamchilari rasmiy shaxslarning o’zlarini noto’g’ri tutishi va baxtsiz hodisalarni nazaridan chetda qoldirgan bo’lsa, unda to’rtinchi hakam hakamlar jamoasi bilan kelishilgan holda bu haqda bayonnomada aks ettirish lozim.