3 – Mavzu: Biosfyera uning vazifalari. Tabiatda moddalarning aylanma harakati Mavzuga doir tayanch iboralar



Download 42,65 Kb.
bet3/8
Sana13.12.2022
Hajmi42,65 Kb.
#884851
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-Мавзу

2.Biosfyerada moddalar aylanishi
Biosfyerada hayotning davom etishi uchun unda moddalarning betuxtov aylanib turishi zarur. Ayniqsa kislorod, uglyerod, azot va suvning tuproq  organizm  organizm  tuproq; organizm  havo  organizm; yer  havo  organizm; yer  havo  yer; yer  suv  yer; suv  havo  suv prinsipida aylanib turishi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, bu aylanishlar Quyosh enyergiyasi yordamida amalga oshadi.
Biosfyerada moddalar aylanishi ikki xil bo‘ladi – geologik (katta) aylanish va biologik (kichik) aylanish.
1. Geologik modda aylanishi – tabiatda suv va havoning aylanishida namoyon bo‘ladi. Har yili Quyoshdan Yerga katta miqdorda enyergiya etib keladi. Bu miqdor o‘rta kengliklarning har gektariga yilida 9 mlrd. kaloriyaga teng bo‘lib, bu enyergiyaning teng yarmi Yerdan suv bug‘lanishiga sarf bo‘ladi. Suv tabiatda Yer bilan havo o‘rtasidagi katta doirada aylanib turadi. Suv bug‘lari quruqlik va suvlik yuzasidan havoga ko‘tarilib, yog‘inlar sifatida yana qaytib tushadi. Bu miqdor yiliga qariyb 520 ming km3 ga tengdir. Soddaroq qilib aytganda, shuncha suv bilan Yer shari sirtini 10 m. qalinlikda qoplash mumkin. Suvning geologik doira bo‘ylab aylanishida u bilan birga unda yerigan minyeral moddalar ham aylanib, shamol yordamida bir mintaqadan boshqa mintaqalarga ko‘chib yuradi.
2. Biologik modda aylanish – moddalarning tirik organizmlar hamda ular bilan abiotik muhit o‘rtasida aylanishidir. Biologik aylanish geologik aylanishdan keskin farq qiladi. Geologik aylanishda moddalar bir joydan boshqa joyga shunchaki ko‘chib yursalar, (masalan, yerdan havoga va yana yerga) biologik aylanishda ular ko‘chish bilan birga sintezlanib-parchalanib turadilar. Bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan bu ikkala jarayon tiriklik asosini tashkil qiladi. YAna shuni aytish joizki, geologik aylanish juda katta miqdordagi enyergiyani talab qilsa, biologik aylanishda enyergiya sarfi juda kam. Buning uchun Quyoshdan etib keladigan enyergiyaning 0,1-0,3 % kifoya. Bu – fotosintez uchun sarflanadigan enyergiya bo‘lib, biologik modda aylanish ana shu jarayondan boshlanadi. Biologik modda aylanishda quyosh enyergiyasi nafaqat sarf bo‘ladi, balki shu bilan birga u hosil bo‘ladigan organik moddalar tarkibida bog‘lanib ham qoladi. Toshko‘mir yoki yog‘ochni yondirganda ajralib chiqadigan issiqlik va yorug‘lik ana o‘sha bog‘lanib qolgan enyergiyaning yerkin holda chiqib ketishidir.
Biosfyerada mikroorganizmlar faoliyati natijasida oksidlanish va qaytarilish jarayonlari uzluksiz davom etadi. Qaytaruvchi mikroorganizmlar getyerotrof baktyeriyalar bo‘lib, ular oksidlar tarkibidagi azot va oltingugurtni ajratib chiqaradilar. Oksidlovchi mikroorganizmlar avtotrof va getyerotrof baktyeriyalar bo‘lib, avtotrof organizmlar o‘z to‘qimalarida oltingugurt, azot, temir, marganets va boshqa moddalarni to‘playdilar. Ularning o‘liklari to‘planib qolib, ayerob sharoitda temir va temir-marganets rudalarini, anayerob sharoitida esa metall sulfidlarini hosil qiladi. Getyerotrof mikroorganizmlar va zamburug‘lar esa o‘lgan organizmlar tarkibidagi organik moddalarni oddiy minyerallarga parchalaydi. Bu minyerallar o‘z navbatida yana avtotrof organizmlar tomonidan organik moddalarga sintezlanadi, ya’ni biologik modda aylanish zanjiriga qaytariladi.
Yerkin kislorod atmosfyerada asosan fotosintez jarayonida hosil bo‘ladi. Bundan tashqari ozroq miqdordagi yerkin kislorod atmosfyeradagi suv bug‘i molekulalarining Quyosh nuri ta’sirida atomlargacha parchalanishidan ham hosil bo‘ladi. Aynan ana shu kislorod dastlabki yashil o‘simliklarning paydo bo‘lishida muhim rol uynagan. Tabiatdagi yerkin kislorodning qariyb barchasi oksidlanish jarayoniga sarf bo‘ladi va fakat juda oz miqdori ozon pardasini hosil qilishda ishtirok etadi.
Nafas olish va yonish jarayonida hosil bo‘ladigan uglyerod oksidlari yashil o‘simliklar tomonidan parchalanib, atmosfyeraga yerkin kislorod chiqariladi. Bu jarayon uzluksiz siklda davom etadi. Avtotrof organizmlarda kislorod va karbonat angidridining bunday aylanib turishi tirik organizmlarni ham kislorod va ham ozuqa bilan muttasil ta’minlab turadi.
Karbonat angidridi atmosfyeraga organizmlarning nafas olishida ajralib chiqadi. Bir qism karbonat angidridi vulqonlar otilishida yer qa’ridan chiqadi. U shuningdek yer po‘stlog‘ining yoriqlaridan ham doimo chiqib turadi. Atmosfyeraga chiqarilayotgan karbonat angidridining barchasi organik moddalar sinteziga, tog‘ jinslarining nurashiga va karbonatlar hosil bo‘lishiga sarflanadi.
Moddalarning yuqorida aytilgan tartibda geologik va biologik halqa bo‘ylab aylanib turishi biosfyerada tabiiy muvozanatni saqlaydi va hayotning uzluksizligini ta’minlaydi.

Download 42,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish