3 – MA’RUZA:
Bino va inshootlar konstruktsiyalaridagi o‘zgarishlar, shikastlanishlar va
yemirilishlarni aniqlash usullari. Bino va inshoot konstruktsiyalarida
deffektlar, shikastlanishlar.
Reja:
1.
Shikastlangan binolarni eskirishi va ularni tashxis etish.
2.
Bino va inshootlarning xizmat muddati.
3.
Binoning muddatdan oldin yemirilishini himoyalash
4.
Bino pardevorlariga texnik xizmat ko‘rsatish
Tayanch so‘zlar:
texnik
ekspluatatsiya, tovush izolyatsiyasi, umrboqiylik,
nuqsonlar, fizik-kimyoviy omillar, me’yoriy ekspluatatsiya, xizmat muddatlari.
1.
Shikastlangan binolarni eskirishi va ularni tashxis etish.
Binolarni vazifasiga ko‘ra foydalanish texnologik ekspluatatsiya deb qabul
qilingan. Binoni yaroqli holda saqlash bilan bog‘liq jarayonlar esa texnik
ekspluatatsiya deb ataladi.
Har bir bino vazifasiga ko‘ra me’moriy jihatdan ko‘rimli, chiroyli va
umrboqiy bo‘lishi lozim. Unda issiqlik va tovush izolyatsiyasi, hamda germetiklik
ta’minlanishi, sanitar-texnik qurilmalar mavjud bo‘lishi kerak.
Binolarning ekspluatatsiyaga yaroqlilik omilllari 2 guruhda o‘z ifodasini
topish mumkin:
Birinchi guruhga fizik-kimyoviy omillar ta’siri ostida konstruktiv
ishonchlilik va jismoniy chidamlilikni tavsiflovchi parametrlar, ayniqsa,
mustahkamlilik, barqarorlik, konstruktsiyalarning namlanishiga va muzlashiga
chidamliligi, yo‘l qo‘yiluvchi deformatsiyalar, tomqoplamalarning germetikligi,
gidroizolyatsiya va boshqalar kiradi.
Ikkinchi guruh vazifasiga funktsional muvofiqlikni tavsiflovchi parametrlar
– ma’naviy umrboqiylik, faoliyat - yashash sharoitlari (omborxonalardan tashqari),
xususan: nisbiy maydon va kubaturalari, xonalarning harorat-namlik rejimi,
to‘siqlarning germetikligi, tovush izolyatsiya, namligi va boshqalar kiradi.
Binolarni qurishda loyihada ko‘rsatilgan parametrlarning qiymatini
ta’minlashi loyiha va QMQ talablarini aniq bajarilishi qurilish-montaj ishlarini
yuqori sifatli bo‘lishi orqali ta’minlanadi. Har qanday bino berilgan xizmat
muddati mobaynida loyihada ko‘zda tutilgan va qurishda unga berilgan sifat
darajasi saqlanishini hisobga olgan holda quriladi. Masalan, devor yetarli
mustahkamlik va tovush izolyatsiya hossalari bilan bir qatorda o‘zining butun
xizmat muddati mobaynida 1 soatda 1 kv.m yuzasidan hisobiy miqdor kaloriyadan
ko‘p bo‘lmagan issiqlik o‘tkazishi kerak, isitish tizimi esa o‘z navbatida xonaga
ma’lum miqdordagi issiqlikni yetkazib berishi lozim va shu kabilar.
Binoning ma’lum chegaralarida unga qo‘yilgan parametrlarni saqlash
hossasi binoning ishonchliligi deb ataladi. U me’yoriy vaqt mobaynida berilgan
ekspluatatsiyaviy sharoitlarda talab qilinuvchi parametrlarni saqlashi ehtimoli bilan
baholanadi.
Ishonchlilik
loyihalashtirish
jarayonida
mustahkamlik,
barqarorlik,
germetiklik va shu kabilarni hisoblash vaqtida qo‘yiladi. Bunda ashyolarning
xossalarini konstruktsiyalarning ishlash sharoiti bilan bog‘lovchi koeffitsientlar
konstruktsiyaning yaroqli holda tutib qabul qilinadi. Binolarning ishonchliligi uni
qurishda yuqori sifatli ashyolardan foydalanish, ish texnologiyasiga qat’iy rioya
qilish, loyiha talablariga to‘la muvofiqlik orqali ta’minlanadi.
Ekspluatatsiya jarayonida binolarning ishonchliligi pasayishi mumkin, zero
tabiiy ta’sirlar ostida, asosan tashqi tarafdan atmosfera omillari va ichki tarafdan
turli tajovuzkor texnologik chiqindilar ta’sirida konstruktsiya eskiradi va sekin-asta
yemiriladi. Ekspluatatsiya xizmatining vazifasi berilgan xizmat muddati
mobaynida binolardagi ko‘zda tutilgan parametrlarni saqlanishini ta’minlovchi
chora tadbirlar ishlab chiqilishi va ularni amalga oshirilishdan iborat. Bino
parametrlarining saqlanganligiga, ya’ni ularning ishonchligiga ko‘plab
konstruktsiyaning hisobiy sxemasini haqiqiy ish sharoitiga mosligidan to ashyolar
sifati va ularni tayyorlash texnologiyasiga rioya qilinishigacha bo‘lgan omillar
katta ta’sir ko‘rsatadi. Binobarin, bu omillarning ko‘pchiligi tasodifiy tavsifga ega
ekanligidan, ishonchlilik extimoli tavsif kasb etiladi.
Bino ishonchliligi 3 asosiy tavsif bilan baholanadi:
1)
buzilmasdan ishlash extimoli (asllik);
2)
umrboqiylik;
3)
remontga yaroqlilik.
Binoning umrboqiyligi deb, shunday vaqt tushuniladiki, uning mobaynida,
remontga ketgan tanaffuslar bilan birga, binoga berilgan chegaralarda
ekspluatatsiyaviy sifatlar saqlanib qoladi. Ular to‘liq remontda o‘zgartirilmaydigan
qismlar: devorlar, karkaslar, poydevorlar xizmat muddati bilan aniqlanadi.
Binoning qator konstruktsiyalari (tom, pol, deraza romlari, muhandislik qurilmalari
va boshqalar) odatda kamroq umrboqiylikka ega bo‘ladi, shuning uchun ular,
birinchidan, davriy ravishda qoplamalar bilan himoyalanadi, ikkinchidan eskirish
darajasiga qarab o‘zgartiriladi.
Umrboqiylik asosan 2 xilga bo‘linadi: jismoniy va texnologik yoki ma’naviy
umrboqiylik.
Jismoniy umrboqiylik - konstruktsiyalarning jismoniy va texnik:
mustahkamlik, germetiklik, issiqlik va tovush izolyatsiyasi va boshqa tavsiflarga
bog‘liq.
Texnologik yoki ma’naviy umrboqiylik - binoning o‘z mosligiga, unda sodir
bo‘layotgan funktsional yoki texnologik jarayonlarga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |