3-§.MA’RUZA. Antik tilshunoslikda so’z turkumlarining o’rganilishi
Antik tilshunoslik deganda eramizdan oldingi VII asrdan to eramizning VI asrigacha hukm surgan yunon-lotin tilshunosligi an’anasi tushuniladi. Bu tilshunoslik an’anasi qadimgi yunon falsafasidan shakllanayotgan bir davrda vujudga keldi va bilan bog’liq holda taraqqiy eta boshladi. Qadimgi yunon tilshunoslarining til haqidagi qarashlari, aytish mumkinki, tilshunoslik fanining shakllanishi uchun asos bo’ldi hamda jahon lingvistikasining ko’p asrlik taraqqiyotiga barakali ta’sir o’tkazdi. Jumladan, boshqa ko’pgina lingvistik tushunchalar qatori “ so’z turkumi” tushunchasi ham o’z boshlang’ichini antik davr tilshunosligidan oladi. Qadimgi yunon tilshunosligi taraqqiyotining ikkik davri mavjud ekanligi malum falsafa davri hamda Aleksandriya davri. Birinchi davrda tilni o’rganish tashabbusi faylasuflar qo’lida bo’ldi hamda tilga oid masalalar tadbiqi falsafiy muommolar tahlili bilan qo’shib olib boriladi. Jumladan, eramizdan oldingi 5 asrda yashagan faylasuf Darmenid dunyodagi narsalarning barchasi qachonlardir vujudga kelishi, hukm surishi va halok bo’lishi (o’lishi) haqida gapirib, ularning holati qanday bo’lishidan qa’tiy nazar insonlar tomonidan nomlanishi (ism berilishi) to’g’risida yozgan edi. Antik faylasufning bu so’zlarida u ism so’z turkumi xususida to’xtalganini sezish qiyin emas. Zero, atash, nom berish (nominatsiya) avvalo ism turkumiga oid so’zlar vositasida amalga oshiriladi.
Shu davrda yashab o’tgan boshqa bir faylasuf Protagor nutqni tarkibiy qismlarga ajratdi, ya’ni u kishi nutqiga xos bo’lgan birliklar iltimos, savol, javob, buyruqdan iborat deb ko’rsatdi. Bu hol bevosita tekshirish obyektimizga aloqador bo’lmasa-da,ta’kidlab o’tish lozimki, aynan Protagor antic tilshunoslikda birinchi bor til (nutq) birliklarini qismlarga ajratdi va bunday yondashuv keyinchalik so’z turkumlarini ajratib ko’rsatish uchun ham na’muna bo’ldi. Antik tilshunoslikda “ til alohida olingan holda kamdan kam o’ziga diqqatni jalb etardi: tilni afsonaviy talqin qilishning asosiy og’irligi so’zda, aniqrog’i ismga tushardi”, - deb yozadi I. Troskiy yunon tilshunoslarining so’z haqidagi qarashlarini tahlil qila turib. Haqiqatdan ham, tilshunoslikning falsafa davrida so’z, tushuncha va narsaning o’zaro munosabati muommosi tilshunoslar diqqat markazida turgan masalalardan biri bo’ldi. Bu muommo qadimgi tilshunoslar orasida “ismlarning to’g’riligi” (haqqoniyligi) to’g’risida borgan bahslarda, ayniqsa, yaqqol aks etdi. So’z, narsa hamda tushuncha orasidagi munosabatlarni qanday “tushuntirib berishga” qarab antik tilshunoslar ikki guruhga ajratgan edilar. Birinchi guruh- narsalarga nomlar ularning tabiatiga qarab beriladi, deb hisobladilar hamda predmetning zamirida shunday nom qo’yishga undovchi qandaydir xususiyat bor, deb bilardilar. Masalan, Platonning fikricha, “…ism narsaga qandaydir taqlid demakdir” Bu oqimga mansub faylasuflar narsaning nomini uning o’zi bilan chambarchas bog’liq holda olib qaradilar, nom narsaning tarkibiy qismi deb hisobladilar. Ism narsadan tashqarida yasholmaydi, ismga ta’sir o’tkazish orqali narsani izmimizga solishimiz mumkin”, mazkur oqim namoyondalarining pirovard natijasida kelgan xulosalarini shunday ifodalash mumkin. Shu nuqtai nazardan qaraganda rimlik olim Avgustinning quyidagi fikrini keltirib o’tish o’rinlidir “ og’izga asalari mumi qanday shirin unnasa, uning nomi quloqqa shunday yoqimli eshitiladi” har ikki holda ham qattiq: badanga tekkanda ham shunday seziladi” Ko’rinadiki, mazkur oqim namoyonadalari nom, inson va narsa o’rtasida muqobilliklar borligi va shu moslik tufayli borliqdagi narsa va predmetlarga ularning tabiatidan kelib chiqib nom berilishi mumkinligini qayd etib, ismlarning hukm surishi sezgilar sohibi- insonga bog’liq ekanligini inkor etadilar, inson narsaning nomlanishiga aloqador emas, u kuzatuvchi xolos. Shu o’rinda bizningcha so’z yuritilayotgan davr uchun yaqin o’tmish bo’lgan ibtidoiy jamoaga xos yarim mifologik ijtimoiy tafakkur ta’siri hamda animizm belgilari seziladi. Ikkinchi oqim vakillarining nuqtai nazaricha narsalarga nomlar “qonunga asosan” “belgilab qo’yilgani kabi” ya’ni ismlar narsalar narsalarda odamlarning o’zi tarafidan o’zaro shartlashuvga asosan beriladi bu nomlar narsalarning tabiatiga aloqador emas. Mazkur nuqtai nazar tarafdorlari tilda sinonimik qatorlar mavjudligi hamda dunyoda turli tillar mavjud ekanligini va qarashlarini isbotlash uchun dalil tariqasida keltiradilar.
Qadimgi yunon odamlari o’rtasidagi ism va umuman til haqidagi tortishuvlar ular haqida olg’a surilgan g’oya va isbot dalillarni Platonning ( er. av. 427-347 y) “ Kratil yoki ismlarining to’g’riligi haqida” degan bahsnoma asari, ayniqsa yaqqol aks ettiradi. Ushbu bahsda tomonlarning fikrlarini yaxshiroq ilg’ash uchun asardagi dialoglarni qatnashuvchi uch shaxs va ularning nuqtai nazari bilan tanishtirib o’taylik: Kratil- ism narsaning tabiatidan kelib chiqadi, deb hisoblovchi birinchi oqim tarafdori. Germogen nom narsalarga “ko’rsatma bo’yicha” “ahdlashuvga ko’ra” beriluvchi nom deb sanovchi ikkinchi oqim vakili. Ularning bahsiga hakamlik qiluvchi Suqrot muallifning nuqtai nazarini bayon qiladi. Suhbat har ikki bahslashuvchining hakamga o’z nuqtai nazarlarini bayon etishi va o’z fikrlariga (hakamdan) tegishli javoblar olishi shaklida kichadi.
Germogen Kratilning nuqtai nazariga rozi bo’lmagani holda hakamga quyidagi qarshi dalillarni keltiradi: ismlarning haqqoniyligi faqat shartnoma va ahdlashuvlarga asoslanadi. Shu yo’l bilan kimga yoki nimaga ism berilsa- u to’g’ridir, keyinchalik ism yana o’zgartirilsa- bu oldingisi kabidir (to’g’ridir) (axir qullarning ismini xuddi shunday qilib o’zgartirib turadilar-ku) hech kimsaga ism tug’ma, tabiat tomonidan berilmaydi, ism unga nom beruvchilarning qonun va odatlariga ko’ra beriladi.
Hakam (Suqrot) bu fikrlarni to’lasincha rad etmagan holda Germogenni “ism narsalarga tabiatan xos, har bir odam ham ism berishga sazovar bo’lavermaydi narsaga azaldan xos bo’lgan ismga e’tibor bergan odam uning mohiyatini anglashi mumkin” degan fikrga ko’ndirmoqchi bo’ladi. Platonning ham shu nuqtai nazarga moyilligi mavjud bo’lgan.
Suqrotning birinchi oqim tarafdori Kratil bilan bo’lgan suhbati asnosida shu ma’lum bo’ladiki. “… ismning to’g’ri ekanligini uning mohiyati belgilaydi, ism- narsaga ma’lum taqlid mahsuli u bo’g’inlar va harflar orqali narsalarni ifodalashdir, shu jihatdan u bo’g’inlar va harflar orqali narsalarni ifodalashdir, shu jihatdan u rasmga o’xshab ketadi. Yaxshi narsaga yaxshi, yomon narsaga yomon ism beriladi…”
Suqrot Kratil aytgan fikrlarni inkor etmagan holda uni “ ismlar shartlashuv mahsuli, narsani oldin bilib ko’rib keyin nom qo’yilsa, bunday ism to’g’ri bo’ladi” degan qarashni qabul qilishni chaqiradi. Bundan, Suqrot timsolidagi Platon ikkiyo’qlama poeziya tutganligi ma’lum bo’ladi: uning har ikkala oqimda mavjud bo’lgan ijobiy tomonlar narsalar tushunchalar va inson psixkasi (ongi) o’rtasidagi bog’liqlik g’oyasi unda ekanining ijtimoiy hodisa sifatida faqat kishilik jamiyatida Platon uslubi bilan bir necha avlodlarning iste’molida, mavjud bo’lish to’g’risidagi fikrlarni umumlashtirmoqchi bo’lganligi ehtimoldan holi emas.
Mazkur asarda keltirilgan boshqa dialogda uning ishtirokchilari ikki so’z turkumini ajratib ko’rsatadilar. Bu- qadimgi Yunoniston tilshunosligida dastlabki tasnif bo’lib, u mantiqiy tushunchalarga asoslangan edi: “…bizda voqelikning ovoz bilan ifodalashning ikki turi bor. Bularning biri- ism, ikkinchisi fe’ldir. Fe’l deb harakatni ko’rsatuvchi so’zlarga aytiladi (kesim). Bu harakatni sodir etuvchini ko’rsatuvchi so’z- otdir (ega). Faqat ism yoki fe’llardan iborat nutq mavjud emas…” Demak, antik tilshunoslikda so’z turkumlarini ism va fe’lga ajratgan holda qilingan dastlabki tasnif Platonga tegishlidir.
Falsafa davri tilshunoslari orasida brogan baholar tilshunoslikning keying taraqqiyotiga kuchli turtki berdi hamda antic tilshunoslik taraqqiyotini jumladan quyidagi yutuqlar bilan mustahkamladi:
---til haqidagi mifologik tasavvurlardan voz kechildi;
---til kishilarning nutqi aloqa vositasi sifatida qarala boshlandi;
---tilning nominative (atash) funksiyasi kashf etildi va bunga oid dastlabki nazariyalar paydo bo’ldi;
---tilning lug’at boyligidan alohida guruhlar – so’z turkumlarini ajratib ko’rsata boshladi. Til va nutqning tabiati haqida, so’z turkumlari xususida yuqorida keltirilgan fikrlarga o’xshash g’oyalar qadimgi dunyo faylasuf tilshunoslarining tildagi analogiya va anomaliya, tilning kelib chiqishi xususida munozaralarida ham bayon qilingan.
Antik tilshunoslikning Aleksandriya maktabining so’z turkumlariga oid qarashlarini bayon qilishdan oldin buyuk qomuschi olim Aristotelning mazkur masala bo’yicha olg’a surgan fikrlariga to’xtalib o’tish joizdir. Zero, Aristotelning til, nutq, mantiq va so’z turkumlari to’g’risidagi ta’limoti tilshunoslik fanining keyingi bir necha asrlik taraqqiyotiga asos bo’lib xizmat qildi.
Aristotel (taxminan er. av. 384-322 y) o’zining “ Poetika” (“ She’riyat san’ati”), “Ritorika” (“Notiqlik san’ati”) asarlarida mantiqning hukm kategoriyasi haqida mushohada yuritar ekan so’z turkumlaridan ism va fe’lni mazkur kategoriyani ifodalovchi eng muhim unsurlar sifatida ajratib ko’rsatdi: “ Ism-bu mustaqil ma’noga ega, zamon tushunchasiga aloqasi yo’q tovushlar majmuidir…”
Fe’l mustaqil ma’noga ega , zamon tushunchasi bilan aloqador tovushlar majmuidir…” Aristotel, ismni subyekt, fe’lni predikat sifatida ta’riflagach, boshqa bir so’z turkumi- bog’lamani ham ajratib ko’rsatadi. Shunday qilib, Aristotelning so’z turkumlari, ularning tasnifi to’g’risidagifikrlarga mosdir, ya’ni faylasuf uchta so’z turkumi – ism, fe’l, bog’lamani ajratib ko’rsatadi.
Aristotelning bu yondashuvi so’z turkumlarini ilmiy tahlil va tasnif qilishga ilk yondashuv bo’lib u albatta qadimgi yunon va lotin tillaridagi so’zlarning barchasini qamrab olmasdi. Aristotelning ushbu tajribasi asos o’laroq keyinchalik boshqa olim va oqimlar ( Aleksandriya maktabi, stoiklar, rimliklar ) so’z turkumlarini tasnif qilishda hamda ularni ta’riflashda yanada ilg’or etdilar, uning an’analarini to’dirib va takomillashtirib bizning eramizgacha (to’g’rirog’i, o’rta asrlargacha ) yetkazib berdilar. Bu ta’limot yaqin o’tmishda va hozirgi davrda so’z turkumlari haqidagi nazariyalrga u yoki bu darajada boshlang’ich manba bo’lib xizmat qildi.
Aleksandriya davrining antik dunyo tilshunosligi taraqqiyotida maxsus o’rni bor. Grammatikaning fan sifatida shakllanishi Grammatik kategoriyalar to’g’risidagi dastlabki kuzatishlarning maydonga kelishi, etimologiyasi va uslubshunoslik tilshunoslikning alohida qismlari sifatida tashkil topishi aynan shu Aleksandriya davriga to’g’ri keladi. Eramizdan avvalgi IV asr oxirida Yunoniston o’z mavqeyini yo’qotganidan so’ng antik madaniyat va fan jumladan, tilshunoslik Elladaning viloyatlari (pereferiyalari) dan biri Aleksandriya (Misr) rivojlana boshladi hamda u antik tilshunoslikning so’nggi maktabi –Rim tilshunoslariga yunon lingvistikasi an’analarini yetkazib berdi.
So’z turkumlari haqidagi nazariya ham Aleksandriya davriga kelib uzil-kesil shakllandi (eramizdan oldingi III-I asrlar ). Aleksandriyalik olimlar Aristotel hamda boshqa yunon faylasuf-tilshunoslarining g’oyalariga tayanib, so’z turkumlarini tasnif qilishni takomillashtirdilar, so’z turkumlarining xarakterli belgilarini ta’riflashga harakat qildilar.
Jumladan, Galikarnasli Dionisiy “Ismlarning birikuvi haqida” nomli asarida so’z turkumlarini tasnif etish taraqqiyotini quyidadicha ta’riflaydi: Teodekt, Aristotel va ularga zamondosh faylasuflar uchta turkumni ajratib ko’rsatadilar, ularning fikricha nutq ismlar , fe’llar va bog’lovchilarga bo’linadi. Keyinroq stoiklar maktabi yetakchilarining xizmati o’laroq bo’lovchilardan a’zo (artikl)lar farqlandi va turkumlarning soni to’rttaga yetkazildi. Ulardan keyingi olimlar atoqli otlardan turdosh otlarni sifatdoshlarni ajratib ko’rsatdilar; yana boshqalari sonlarni ajratish bilan turkumlar sonini yanada oshirdilar. Bu masala bo’yicha yana ancha gapirish mumkin.
Aleksandriya davri tilshunoslarining so’z turkumlariga yondashuvila falsafa, ayniqsa, mantiqning ta’siri sezilmaydi. Bu davrga mansub tilshunoslar so’zlarning mazmuni hamda ularning gapdagi vazifasi, turlanishi va tuslanishiga e’tibor berganlar. Shu sababli so’z turkumlarining miqdori hukmiga aloqador unsurlar (subyekt –ot,predikat –fe’l va bog’lama doirasidan chiqadi. Jumladan, Frakiyalik Dionisiyda o’qiymiz: “ So’z turkumlari sakkiztadir: ot, fe’l,sifatdosh, a’zo (artikl), ravish, ko’makchi, bog’lovchi.
Eliy Donat mazkur qatorni jiddiy yandilaydi va to’ldiradi: “So’z turkumlari sakkiztadir: ot, olmosh, fe’l, ravish, sifatdosh, bog’lovchi, ko’makchi, undovlar”. Olim bularning ichida ot va fe’l asosiy so’z turkumlari ekanligini ta’kidlab o’tadi.
Aleksandriya tilshunoslari so’z turkumlarini tasnif etish bilangina cheklanib qolmadilar, balki ular tasnif uchun asos bo’lgan mezonlar (kriteriyalar), so’z turkumlarining leksik-semantik, grammatik (morfologik) xususiyatlari to’g’risida izlanishlar olib bordilar. Jumladan, ot, son, fe’l, sifatdosh, a’zo (artikl), olmosh, ko’makchi, ravish, bog’lovchi, undov so’zlar to’g’risidagi turli tilshunoslar tomonidan bildirilgan fikrlarga diqqat qilinsa, aleksandriyalik tilshunoslarning kuzatishlari o’z davri va hatto bizning davrimiz uchun ham teran tadqiqotlar sifatida namoyon bo’ladi. Bu fikrlarga diqqat qilaylik. Ism (ot) frakiyali Dionisiyning fikricha, “turlanuvchi so’z turkumi, vujud yoki narsani anglatadi (vujud-masalan, bosh; narsa –misol uchun tarbiya) umumiy va xususiy holda mavjuddir: umumiy-masalan, xususiy-masalan, Suqrot”. Ko’rinadiki, Dionisiy otga turkumini ajratishning quyidagi asoslariga ko’ra yondashmoqda:
borliqdagi narsa va hodisalarni qay tarzda ifodalashiga ko’ra –nomlovchi ( “vujud yoki narsani anglatadi”)
semantik asos (nomlash vazifasidagi ishtiroki) –obyekt reallik hodisalarini bildiradi (tosh, tarbiya, odam, Suqrot- bu otlar shu guruhiga kiradi);
morfologik asos va o’zgaradigan so’z (“ot- turlanuvchi turkumi”).
Muqoyasa qilish uchun aytish lozimki, hozirda tilshunosligimizda turkumlarni tasnif qilishning 6 va undan ziyod asosi ko’rsatdi. va Dionisiy nomga yondashuvda ularning eng asosiylari uchtasiga tayanadi. Aleksandriyalik tilshunoslar sifatni ot nom birligida olib qaraydilar, bu hol qadimgi yunon tilida ot sifatning semantic differensiyasi uncha rivijlanmaganligi bilan izohlanishi mumkin.
Otlarning turlanishi masalasi aleksandruyalik olimlarning bir guruhiga kiruvchi tekshirish obyekti bo’lgan, ammo zamonga e’lon bo’lmagan so’z turkumi sifatida ta’riflaydilar. Sxoyiliy yozgan asarlariga yozgan sharhida Donat otga kelishiklarning xosligini ta’kidlash bilan uni fe’l, ravish, bog’lovchi, ko’makchi, undovlarga ajratgani, ammo olmosh va sifatdoshdan ajratmagani, chunki kelishik tizimining bu ikki so’z turkumlariga ham xos ekanligini ko’rsatib o’tadi. Uning o’zi otni mazkur so’z turkumlaridan morfologik belgilar shaxs-son va zamon kategoriyalari ekanligini ilg’agandir.
Umuman aleksandriyalik tilchilar otning quyidagi 5 ta morfologik belgisini ko’rsatib o’tadilar: rod (jins), vid, obraz, son, kelishiklar.
Qayd etish lozimki antic tilshunoslik vakillarining rod, son, kelishik kategoriyalari haqidagi qarashlari hozirgi tushunchalarimizga asosan mos keladi. Aleksandriyalik olimlar otlarga xos grammatik kategoriyalar deb ko’rsatgan boshqa belgilar otlarning yasalish, ma’no va tuzulishiga ko’ra turlarini ajratib ko’rsatish uchun qo’llangan, jumladan, vid(ko’rinish) deganda o’zakdan iborat (tub) va yasama atoqli va turdosh otlar tushunilgan va bu Grammatik belgi faqat atoqli otlarga xos kategoriya sifatida qabul qilingan. Donat va turdosh otlarni farq;ash va atoqli otlar (antroponimlar)ni tasnif qilish (ism, ota ismi, familiya, laqab) uchun qo’llangan. Obraz va otlarning struktur tuzilishini (soda yoki qo’shma so’zlar, takror yoki juft formalarni ) ifodalagan.
Fe’lni “asosiy so’z turkumi” deb sanagan aleksandriyalik tilshunoslar uning leksik-semantik, morfologik xususiyatlarini keng ta’riflaydilar. Frakiyali Dionisiy: “ Fe’l kelishiklardan xoli zamon, shaxs va songa ega, harakat yoki holatni ifodalovchi so’z turkumidir”. Dionisiyning ta’rifidan u avvalo fe’lning otdan farqli tarafini ko’rsatishga harakat qilgani seziladi, ya’ni u dastlab fe’lning kelishiklardan xoli so’z turkumi ekanligini ta’kidlamoqchi bo’lganini so’ngra fe’lga xos grammatik belgilar majmui hamda uning leksik-semantik xususiyatlarini keltirgani seziladi.
Aleksandriyalik boshqa bir olim Xerobosk fe’lning leksik-semantik Grammatik xususiyatlarini ta’riflab berishda o’z salaflaridan ancha ilgarilab ketadi. Uning ta’rifiga diqqat qilaylik: “Fe’l-kelishiklaridan xoli , o’z formalarining o’zgarishi tufayli turli zamondagi harakat yoki holatni (yoki unisini ham, bunisi ham) ko’rsatuvchi, shaxsni bildiruvchi, shu bilan birga ruhiy holatlarini ham anglatuvchi so’z turkumidir. “Kelishikdan xoli” deyishga sabab uni sifatdoshdan farqlashdir, chunki kelishikda turlanadi, fe’llar esa turlanmaydi. “O’z formasining o’zgarishi bilan zamonni ko’rsatishadi” deyish payt ravishlari mavjudligi tufaylidir, masalan “kecha” “bugun” “ertaga” ravishlari ham zamonni anglatadi va turli muddatlarga ishora qiladi, ammo bu xususiyat ularda o’z shakllarini o’zgartirish bilan yuz bermaydi”.
Mazkur ta’rifdan fe’lni har doim ot bilan yonma-yon qo’yib farqlab, asosiy so’z turkumlaridan biri, deb hisoblovchialeksandriyalik tilshunoslaruni faqat otlardan emas, boshqa so’z turkumlaridan farqlaganini sezish qitin emas.
Olim shu o’rinda fe’lga xos forma va kategoriyalarni- shaxs-son, maylni (“ruhiy holatlarni anglatadi”, deganda mayl ko’zda tutiladi funksiyalarini ko’rsatib o’tadi. Frakiyalik Dionisiy fe’lning Grammatik forma va kategoriyalarini quyidagicha sanab ko’rsatadi: Fe’lga xos aksedensiyalar sakkiztadir-mayl, nisbat, vid, obraz, son, shaxs, zamon, tuslanish. Ko’rinadiki, aleksandriyalik tilshunoslarining fe’l grammatik shaklva kategoriyalari haqidagi kuzatishlari bu turkumga xos, deyarli barcha grammatik belgilarning qamrab olgan. Boshqa qator tilshunoslar, jumladan, Diomed, Prisain, Makrobiy, Xerobask fe’lning grammatik kategoriyalariga alohida to’xtalib, ularni batafsil ta’riflaydilar.
Aleksandriyalik tadqiqotchilar faqat bo’lishli-bo’lishsizlik kategoriyasigina chetda qolgan xolos. Fe’lning kategorial va funksional shakllarini farqlaganlari holda aleksandriya grammatikachilari funksional shakllardan faqat sifatdoshni ajratib ko’rsatdilar; Frakiyalik Dionisiyning ko’rsatishicha, “ sifatdosh fe’l va ismlarning xususiyatlariga aloqador so’zdir. Sifatdoshlarning aksidensiyalari, shaxs-son va maylini hisobga olmaganda, ot va fe’lniki kabidir” Prisian sifatdoshning otdan farqi zamonda tuslanishi fe’ldan farqi kelishik va rodda turlanishi deb ko’rsatadi.
A’go (artikl) ismlarning oldidan va ulardan keyin keluvchi, turlanuvchi so’z turkumi bo’lib, uning grammatik ko’rsatkichlari jins, son va kelishiklar. Aleksandriyalik tilshunoslar qadimgi lotin tilidagi artikllarni izohlovchi (deyitik) yordamchi so’zlarni mustaqil so’zlardan farqlamagan bo’lsa-da, ammo nutqda o’zlari izohlab kelgan so’zning akselensiyalariga mos belgilarga ega bo’lishini artikllarning muhim grammatik xususiyati ekanligini ta’kidlab o’tdilar. Jumladan, Sxoliy Frakiyali Dionisiyga yozgan xatida bu haqida quyidagilarni bildiradi: “…artikl… ismga xos belgilarni olib undan oldin yoki keyin keladi va unga oldindan ishora qiladi”
Aleksandriyalik tilshunoslarning olmosh to’g’risidagi qarashlarida mazkur so’z turkumining bevosita atash emas, balki predmet va uning asosiy semantik belgisi sifatida yondashiladi va uning funksional jihatdan artiklga o’xshab ketishi ta’kidlanadi. Shuningdek olmoshning vazifadoshligini faqat ot turkumi doirasida cheklanadi, degan xulosa bayon etiladi, shu sababli olmoshning turlari ichida faqat kishilik olmoshlarigina ajratib ko’rsatiladi. Binobarin, olmoshning Grammatik belgilari (aksidensiyalari) otniki kabidir: shaxs, jins, son, kelishik, obraz va vid.
Ko’makchilar to’g’risida fikr yuritganda aleksandriyalik grammatikachilar faqat old ko’makchilar (predloglar)ni tahlil qiladilar (bu holni o’rganuvchi – qadimgi yunon va lotin tillarining tabiati bilan izohlansa kerak) . Propozitiv ko’makchilar gap tarkibida va undan tashqarida ham so’zlardan oldin yoki ularning tarkibida keladi, ammo ravishlar bundan mustasnodir. Yuqorida qayd etib o’tilganidek, aleksandriya grammatikachilari so’z turkumlarini mustaqil va yordamchi so’zlarga ajratgani uchun ko’makchilar yordamchi so’z sifatida ta’riflanmaydi, ammo keltirilgan ta’rifdan ma’lum bo’lganidek, ularning nutqida mustaqil qo’llana olinmasligi nazardan qochirilmagan. Bu- yordamchi so’zning muhim belgisi, albatta ravish to’g’risida Aleksandriya grammatikachilari tomonidan bayon qilingan fikrlar majmui bu turkumga oid so’zlarning asosiy grammatik belgilarini yoritib bera oladi. Jumladan Frakinli Dionisiy Kominian va Apolloniyning ko’rsatishicha ravish turlanmaydigan, fe’l haqida ma’lumot beruvchi, uning ma’nosini izohlovchi so’z turkumidir” Aleksandriyalik tilshunoslarning ravishning ma’no turlariga oid kuzatishlari qamrovi keng; ular payt, holat, o’rin, maqsad, miqdor-daraja ravishlarini ajratib ko’rsatganini ko’rish mumkin; ammo mazkur maktab vakillarining tasnifida ravishning turlari jumlasiga modal so’zlar, undovlarni qo’shish ham kuzatiladi.Shuningdek ravish turlanuvchi so’z turkumi sifatida qabul qilinadi buning mazmuni, obraz va qiyoslash ravishning turlovchi vositalari deb ta’rif etiladi.
Antik tilshunoslarning ravishga yondashuvlarida o’ziga xos boshqa so’z turkumlarini tekshirishda uchramaydigan alohida jihatlar bor. Jumladan, Frakiyali Dionisiy tuzulishi jihatidan ravishning sodda va qo’shma turlarini ajratib ko’rsatadi, ushbu holda mazkur holat ravishga xos grammatik belgi emas, balki uning struktur sifatida ta’riflanadi. (yuqorida keltirilgan soda va qo’shma otlar to’g’risidagi fikrlar bilan chog’ishtiring). Ravish haqidagi kuzatishlarda antik tilshunoslikda ilk bor so’z turkumlarining ko’chishi to’g’risidagi mulohazalar bayon qilinadi, bu, bizningcha jahon tilshunosligi fanida ham mazkur masalada bildirilgan dastlabki fikrdir. Bu fikrga kominizmga tegishlidir: “ Ravishlar tabiatan bo’lishi yoki boshqa so’z turkumlaridan ko’chib o’tishi mumkin, o’z holicha mavjud bo’lishi, masalan; kecha kabi boshqa so’z turkumlaridan o’tishi. Ravishlarning boshqa so’z turkumlaridan affiksatsiya ham semantik qayta shakllanish tufayli boshqa so’z turkumiga oid so’zlarni ham qamrab o’ziga qo’shib olishi eng ko’p tarqalgan transpozitsiya turlaridan biri, shu sababli bu holat antik tilshunoslikning e’tiboridan chetda qolmagan ko’rinadi.
Bog’lovchilarga yondashuvlarda aleksandriyalik grammatikachilar semantik yondashuvdan chekinadilar va asosiy e’tiborni mazkur so’z turkumining funksional xususiyatlariga qaradilar. Masalan; Frakiyali Dionisiy “bog’lovchi fikrni ma’lum tartibda tutashtiruvchi va fikriy ifodalab bo’sh joylarni to’ldiruvchi (aniqlovchi) so’zdir” deb ta’rif beradi, ya’ni bog’lovchining vazifasi nutqda uzilishga yo’l qo’ymaslik va fikrni izchil bayon etishga ko’maklashishdir.
Shu muallifning o’zi bog’lovchining vazifalaridan konteksda anglatuvchi ma’no nozikliklaridan va bog’lash usullaridan kelib chiqqan holda mazkur so’z turkumining quyidagi turlarini ajratib ko’rsatadi: biriktiruv bog’lovchilari, ayiruv bog’lovchilar, tutashtiruvchi bog’lovchilar, ikkilamchi tutashtiruvchi bog’lovchilar, sabab bog’lovchilar, so’roq bog’lovchilar, chiqaruv bog’lovchilar, to’diruv bog’lovchilar. Albattabog’lochilarning bunday tasnifi o’z davriga nisbatan ancha ilmiy tasnif edi, u hozirgi tilshunoslikda qabul qilingan bog’lovchilar tasnifiga asosan mos keladi, unda keltirilgan ba’zi turlar (tutashtiruvchi, ikkilamchi tutashtiruvchi bog’lovchi, so’roq, to’ldiruv…bog’lovchilari) ikki sababga ko’ra ajratib ko’rsatilgan bo’lishi mumkin:
bog’lovchining ba’zi konseptual ma’nolari asosida hukm chiqarib (masalan, to’ldiruv bog’lovchi, ikkilamchi tutashtiruvchi bog’lovchi…)
boshqa yordamchi so’zlarning bog’lovchi vazifasida qo’llanilishi (masalan, so’roq bog’lovchilari so’roq bog’lamasining transpozitiv holati bo’lishi mumkin);
Kominian bog’lovchining tuzulishi, nutq oqimida tutuvchi poeziyasi va anglatuvchi ma’nolarini uning eksidensiyalari deb ko’rsatadi.
Aleksandriyalik grammatikachilar ajratib ko’rsatgan oxirgi so’z turkumi undovlardir. Xarisiy undovlarni qalb hayajonini bildiruvchi so’z turkumi, deb ataydi.Xuddi shu muallif Palemon tilidan deydiki, “undovlar o’zida mazmun tashimaydigan, ammo qalb hayajonini bildiruvchi so’zlardir” shunga yaqin fikrlarni Donat Prosian kabi grammatikachilar ham bayon etadilar. Ko’rinadiki, aleksandriyalik tilshunoslar undovlarni tildagi boshqa so’z turkumlaridan keskin farqlaydilar, ya’ni ta’rif asosida undovning his-hayajon bildirishi va leksik ma’nodan xoli ekanligi qo’yiladi.
Shuningdek, undovning eksidensiyalari haqida ham biror qaydni aleksandriyalik olimlarning qaydlarida uchratmaymiz- demak, bu turkumga oid so’zlarning o’zgarmaydigan so’z ekanligini ham yaxshi anglangan.
Antik tilshunoslik taraqqiyotining aleksandriya davri tilshunoslik, xususan, grammatika fanining shakllanishi bilan xarakterlanadi, shu bilan bu davrda so’z turkumlari haqidagi ta’limot vujudga keldi. Aleksandriya tilshunoslarining so’z turkumlarini o’rganishdagi muvaffaqiyatlarini (natijalarini) quyidagicha umumlashtirish mumkin, ya’ni ushbu oqim vakillari:
-so’zlarni turkumlarga ajratishni ilmiy asoslashga erishdilar:
-so’zlarni tasnif etishda leksik-semantik ma’nodan faydalandilar;
-so’zlarni eng avvalo ism va fe’l oppozitsiyasiga asoslanib tasnif qildilar va bu bilan so’z turkumlari paradigmasi asosida ism va fe’l yetishiga ishora qildilar;
-to’qqizta so’z turkumini ajratib ko’rsatish va ularga xos Grammatik shakl va kategoriyalarni ta’riflashga erishdilar.
Antik tilshunoslikning taraqqiyoti bosqichlari qator ilmiy oqimlar bilan ham xarakterlanadi. Stoisizm yoki stoiklar oqimining qadimgi dunyo falsafasida kabi, antic tilshunoslikda o’z o’rni bor.
Stoiklar tilshunoslikda ko’pgina sohalar bo’yicha kuzatishlar olib bordilar, so’z turkumlari tasnifi ham bundan holi emas, albatta.
Jumladan, stoiklarning yetakchi vakillaridan Vavilonli Diogen va Xrisipp quyidagi so’z turkumlarini ajratib ko’rsatdilar: ot, turdosh ot, fe’l, bog’lovchi, artikl (a’zo)
Stoiklarning so’z turkumlariga yondashuvi ham semantic tamoyilga asoslangan. Jumladan, Vavilonli Diogenning fikricha:
-turdosh ot umumiy nomni bildiradi, masalan, ot, odam;
-ot xususiy nomni bildiradi, masalan, Diogen, Suqrot;
-fe’l soda predikat, kelishiklardan xoli, biror narsa bilan bog’liq harakatni bildiruvchi so’z; yozaman, gapiraman;
- bog’lovchi kelishiklardan xoli, so’zlarni o’zaro bog’lovchi so’z;
-artikl kelishikda turlanuvchi, ismlarning jinsi va sonini ko’rsatuvchi so’z.
Stoiklarning yana bir vakili Tarsli Antipatr mazkur qatorga ravishni ham kiritadi. Xrisip esa so’z turkumlarini nutqqa xos unsurlar deb qaraydi. Umuman, stoiklarning ba’zi so’z turkumlariga yondashuvida ularning nutqiy xususiyatlarini hisobga olish hollari kuzatiladi.
Stoiklar ba’zi so’z turkumlarini, masalan, sifatdoshlar, olmoshlar, ko’makchilarning nutqda qo’llanish xususiyatlarini hisobga olish hollari kuzatiladi.
Stoiklar ba’zi so’z turkumlarini, masalan, sifatdoshlar, olmoshlar, ko’makchilarning nutqda qo’llanish xususiyatlarini, shu jumladan, ularning boshqa so’z turkumlari bilan funksional yaqinlashuvi hamda o’zaro aloqalarini hisobga olib sifatdoshlarni turlanuvchi fe’l, ravishlarni fe’lga xos sifatlar, olmoshlarni aniq artikllar, ko’makchilarni ko’makchi-bog’lovchilar, deb hisoblardilar. Ko’rinadiki, stoiklar so’z turkumlarining o’zaro ko’chishi va aloqasini sezib va his qilib, ularni izohlashga intilganlar.
Stoiklarning so’z turkumlari haqidagi qarashlari antic tilshunoslikning bu sohada qo’lga kiritgan yutuqlarini o’zida mujassamlashtirgan xolda unda tilga falsafiy yondashuv yaqqol ko’rinib turadi.
Antik tilshunoslikda so’z turkumlarini o’rganish masalasi xususida so’z ketganda mark Terensiy Varron (er.av. 116-27 y) va uning tadqiqotlari to’g’risida alohida to’xtalish lozim. Varron antic yunon tilshunosligi an’analarining davom ettiruvchisi bo’lgan qadimgi Rim tilshunosligi vakilidir. R. M Renshovich va A. Ya. Shaykevichlarning fikricha, rimliklar qadimgi yunon tilshunoslik an’analarini qabul qilib olgan bo’lsalar-da, unga arzirli yangilik kiritmadilar, ular yunon olimlari ilgari surgan qoidalarni lotin tiliga joriy etdilar hamda ularni sistemalashtirdilar xolos.
Ammo, fikrimizcha, Mark Varron, yuono tilshunosligining so’z turkumlari va ularni tasnif qilish to’g’risidagi qarashlariga jiddiy yangilik kirita olgan olimdir. Varron aleksandriya-yunon tilshunosligining an’analarini davom ettira turib , so’zlarni turkumlarga ajratishning morfologik mezoni to’g’risidagi g’oyani o’rtaga tashladi. Yuqorida tegishli o’rinlarda biz yunon tilshunoslari har bir so’z turkumiga xos bo’lgan aksedensiyalarni ko’rsatib o’tganini hamda Frakiyali Dionisiy ta’rifidan morfologik mezoni qisman qo’llanganini qayd etgan edik. Yunon olimlari so’zning morfologik belgilarini tasnif asosiga qo’ymadilar, ular so’zlarni guruhlarga ajratish uchun so’zning ma’no tomonini asos qilib olgan edilar. Varron so’zlarga xos bo’lgan o’zgarish-o’zgarmaslik (turlanish-tuslanish) xususiyatini tasnif uchun asos qilib oldi va turkumlari (otlar); zamonga ega so’z turkumlari (sifatdoshlar), kelishikka ham zamonga ham ega bo’lmagan so’zlar (yordamchi so’zlar). Olim turlanish faqat lotin tilida emas, barcha tillarda mavjud va nutqiy aloqa uchun juda zarur bo’lgan lisoniy vosita deb qaraydi, so’zning kelib chiqishi (etimalogiyasi) kabi turlanish ham so’zning amal qilishiga asos bo’luvchi fektorlarning biri deb hisoblaydi.
O. Yespersen Mark Varronning tasnifini qadimgi dunyo tilshunosligidagi eng arzirli tasnif deb yozgani bejiz emas, chunki uning bu xizmati tufayli semantik asosga ko’ra tasnif etilishi mumkin bo’lmagan so’zlarni ham guruhlarga uyushtirish va izohlash imkoniyati vujudga keldi. Shu sababli ham so’z turkumlari tasnifining bu asosi bizning davrimizda ham amaldadir.
Falsafa davri, Aleksandriya davri tilshunoslari, stoiklar, rim grammatikachilarning ot haqidagi keying sahifadagi jadvaldagidek shartli tasvirlash mumkin.
Xulosa qilib aytganda, antic tilshunoslarning so’z turkumlari to’g’risidagi tadqiqotlari tufayli
-so’z turkumlari hamda ularga xos bo’lgan grammatik kategoriyalar to’g’risidagi ta’limot yaratildi;
-so’z turkumlarini tasnif etishning semantic va morfologik tamoyillari kashf etildi;
-til(nutq) birliklarini o’zaro aloqador va o’zaro farqli leksik-semantik guruhlarga- so’z turkumlariga ajratish boshlandi;
-so’z turkumlarining o’zaro aloqasi va ko’chishi to’g’risidagi dastlabki kuzatishlar maydonga keldi:
-antk tilshunoslarning so’z turkumlari haqidagi fikrlari yunon va lotin tillarida so’zlashuvchilarning psixolingvistik qarashlariga ko’maklashgan edi va asosan mazkur tillarning xususiyatlarini aks ettirar edi.
Antik tilshunoslikning so’z turkumlari hamda ularning o’zaro ko’chishi to’g’risidagi ta’limoti Yevropa lingvistika an’analari orqali butun dunyoga tarqaldi hamda aksariyat milliy tilshunoslik fanlarining taraqqiyotiga u yoki bu darajada ta’sir ko’rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |