3- курс кимё талабалари учун Кимё ўқитиш методикасида


Metallmaslarning umumiy tavsifi. Galogenlar misolida kurgazmali tajriba malakalarini shakllantirish



Download 3,72 Mb.
bet19/26
Sana26.09.2021
Hajmi3,72 Mb.
#186503
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word (2)

Metallmaslarning umumiy tavsifi. Galogenlar misolida kurgazmali tajriba malakalarini shakllantirish.

(8-sinf Kimyo)


I.

Darsning maqsadi va vazifasi


Ta’limiy maqsad:

O`quvchilarga galogenlarning kimyoviy elementlar davriy jadvalida joylashgan o`rni va atom tuzilishi haqida ilmiy tushunchalar berish. Galogen birikmalarning turmushda, tibbiyotda, zargarlikda, qishloq xo’jaligida ishlatilishi haqida batafsil ma’lumotlar berish.

Tarbiyaviy maqsad:

O’quvchilarni tabiiy boyliklarimizga oqilona munosabatda bo’lishga va iqtisodiy tejamkorlikka undash, kasbga yo’naltirish, kimyo faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada mustahkamlash.

Rivojlantiruvchi maqsad:

Galogenlarning davriy jadvaldagi o`rni, atom tuzilishi, tabiatda tarqalishi, olinishi, xossalari haqidagi ilk tasavvurlarini boyitish. O’quvchilarni mustaqil fikrlashga undash, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni mustaqil bajarish malaka va ko’nikmalarini rivojlantirish.

Kasbga yo`naltiruvchi maqsad: O`quvchilarni kimyo faniga bo`lgan qiziqishi va ko`nikmalarini rivojlantirish. Fanning qiziqarli mavzulari orqali biologiya faniga qiziqtirish bilan o`quvchiga tabiatning xilma-xilligini va qiziqarli ekanligi haqida hayotiy fanlardan biri ekanligiga qiziqtirish.

Hayotiy ko`nikmalar hosil qilish:

Amaliy hayotimizda galogen birikmalardan qanday maqsadda foydalanish ko`nikmalarini hosil qilish.


II

O`quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi.

Dars turi: Noan’aviy, an’anaviy yangi pedagogik texnologiyalar asosida.

Dars uslubi: Aqliy hujum, bahs munozara, laboratoriya mashg`uloti, “Insert” usuli, tezkor savol javoblar.

Dars jihozlari: Davriy jadval, proeksion ko`rgazmali metodik qo`llanma, kodoskop, ekran, mineral o’g’itlar jadvali, galogen birikmalar namunalari, 8-sinf kimyo metodik qo’llanmasi.

Kerakli laboratoriya asbob va reaktivlar: quruq yoqilg`i (urotropin), probirkalar, xlorli suv, kaliy bromid tuzi eritmasi, kaliy yodid tuzi eritmasi, tagi yumaloq kolba, kimyoviy katta stakan, yod kristallari, kumush nitrat tuzi eritmasi, natriy xlorid tuzi eritmasi.

Boshqa fanlar bilan bog`liqligi: tibbiyot, biologiya, geografiya, iqtisod.

Darsning usuli: Yozma, og`zaki, ko`rgazmali.

Baholash: Reyting tizimi (5-ball).

Darsda davomidagi kompetensiyaviy yondashuvlar: Kommunikativ kompetensiya, Axborot bilan ishlash kompetensiyasi, Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi, Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi, Milliy va umummadaniy kompetensiya, Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabаrdor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi.

Fanga oid bo’lgan kompetensiyalar: Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi, Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi, Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi.

III

Darsning mazmuni


1811- yilda nemis kimyogari I. Shveyger tomonidan fanga "galogen" tushunchasi kiritilgan bo'lib, uning lug’aviy ma’nosi "tuz" va "hosil qiluvchi" demakdir.

Ftor, xlor, brom, yod va astat bir nom bilan "Galogenlar" deb ataladi. Galogenlarning barchasi metallmaslar bo'lib, kimyoviy elementlar davriv sistemasining VII guruhi bosh guruhchasida joylashgan.

Galogenlarning tashqi energetik pog'onasida 7 tadan elektron bor. Demak, tugallangan energetik pog'onaga o'tishi uchun 1 ta elektron yetishmaydi. Shu sababli galogenlar vodorod hamda metallardan I ta elektron olib -1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.

NaF -1, НСI-1 KBr -1 CaJ2 -1,

Ftor eng kuchli elektromanfiy (elektromanfiyligi +4 ga teng) element bo’lganligi uchun u barcha birikmalarda -1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Xlor, brom va yod esa kislorodli birikmalarida +1 dan +7 gacha bo'lgan oksidlanish darajalarini ham namoyon etadi.

Galogenlarning atom tuzilishi quyidagicha:

+9 F Is 2 2s 2 2p 5 +17 CI Is2 2s 2 2p6 3s2 3p5 3d0

+35 Br Is2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d10 4s2 4p5 4d

+55J Is2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d10 4s2 4p 6 4d10 5s2 5p5 5d°

Galogenlarning tabiatda tarqalishi. Galogenlar tabiatda erkin holda uchramaydi. Sababi tipik metallmaslar, kuchli oksidlovchilar bo'lganligi uchundir. Asosan tabiatda kimyoviy birikmalar tarzida uchraydi. Masalan xloridlar, bromidlar, yodidlar va boshqalar shaklida uchraydi. Galogenlarning tabiatda uchrashi ga e’tibor beradigan bo’lsak yer qobig’ida Ftor 0,027% plavik shpati — CaF2, apatit, fosforitlar shaklida, Xlor 0,045% xlorid lar: KC1, NaCl shaklida, Brom 0,00016% bromidlar: NaBr, KBr, MgBr2 shaklida, Yod 0,00003 % yodidlar: NaJ, KJ shaklida uchraydi. At radioaktiv element sanaladi. Birgina tumanimizdagi “Havotog’” sanatoriyasidagi suv tarkibida brom elementi mavjuddir. Bu bemorlarning sog’ligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Galogenlarning olinishi. Galogenlar tabiiy birikmalarida asosan manfiy bir (-1) oksidlanish darajasida bo'ladi. Demak, galogenlarni ta­biiy birikmalardan erkin holda ajratib olishi uchun galogenik ionlarini oksidlash kerak bo'ladi.

1. Ftorid ionidan ftor olish uchun faqat elektroliz jarayonidan foydalaniladi.

2. Xloridlardan xlorni olish uchun xlorid ioni tutuvchi eritmalarni elektroliz qilib yoki kuchli oksidlovchilar ta'sir ettirib olish mumkin:

2К Mn+7 04 + lONaCl-1 + 8H2S04 = K2S04 + 5Na2S04 + 2Mn+2 S04 + 5C12° + 8H20

3. Bromidlardan bromni olish uchun bromid ionlari tutgan eritmalarni elektroliz qilib yoki kuchli oksidlovchi ta'sir ettirib olish mumkin. Bundan tashqari bromidlarning eritmalariga xlor ta'sir ettirib ham bromni olish mumkin. Chunki xlor bromga nisbatan kuchli oksidlovchidir:

2K Br-1 + Cl°2 = 2КСI -1 + Br°2

4. Yod olish uchun yodidlarning eritmalari elektroliz qilinadi yoki kuch­li oksidlovchilar ta'sir ettiriladi. Shuningdek, uni xlor, brom ta'sir ettirib ham olish mumkin.

2KJ + CL2 = 2KC1 + J2 2KJ + Br2 = 2KBr + J2

Galogenlarning fizik xossalari: Galogenlarning nisbiy atom massalari ortgan sari fizik xossalari ma'lum qonuniyat bilan o'zgaradi. Oddiy sharoitdagi agregat holati va rangi quyuqlashib boradi. Ftor och-yashil rangli gaz, xlor sarg'ish-yashil rangli og'ir gaz, brom qizg'ish-qo'ng'ir rangli suyuqlik, yod esa to'q-kulrang kristall moddadir. Shu tartibda qaynash harorati va zichlik ortib boradi.

Galogenlarning suvda eruvchanligi nisbatan ancha каm. Masalan, 1 hajm suvda odatdagi sharoitda 2,5 hajm xlor eriydi, yodning eruvchanligi 0,02 ga teng (100 g suvda 0,02 g yod eriydi).

Yod sublimatlanish xossasiga ega, ya'ni u qizdirilsa binafsha rangli gaz holatiga o`tadi.

Qattiq moddalarning suyuq holatga o'tmasdan gaz holatga, gaz holatdan yana suyuqlanmasdan qattiq holatga o'tishi hodisasi sublimatlanish deyiladi.

Galogenlarning kimyoviy xossalari. Ftordan yodga tomon (F2, Cl2, Br2, J, qatori) galogen­larning atom radiusi ortib boradi. Bu ftorning valent elektronlari yadroga yaqin, yodda esa uzoq, ya'ni yadroga bo'shroq tortilib turadi. F2° - CL2 0 - Br2 0 – J2 0 qatorda:

- oksidlovchilik xossasi kamayib boradi;

- kimyoviy faolligi kamayib boradi;

- qaytaruvchilik xossasi ortib boradi.

F - - CI - - Br- - J- qatorda esa kimyoviy faolligi ortib boradi. Bu ionlarda tashqi energetik qavat sakkizta elektron bilan to'lgan, ular elektron qabul qila olmaydi, aksincha elektron berib oksidlanadi.

Ftor galogenlar ichida eng faol elementdir. Hatto kislorod ham ftor ta'sirida oksidlanadi. Suv esa alangalanib yonadi:

2Н2 O-2 + 2F 20 = 4 HF-1 + O20




IV

Kutiladigan natijalar


O`qituvchi:

Mavzuga oid yangi ma`lumotlar to`playdi, darsiga yangi texnologiyalarni olib kiradi, galogenlar haqida qiziqarli ma`lumotlar beradi.



O`quvchi; Galogenlar haqidagi muhim ma`lumotlarni tinglaydi. Tajriba bajarib ko’nikmalar hosil qiladi. Sinfdagilar bilan do’stona munosabatlarini mustahkamlaydi.

V.

Kelgusidagi rejalar

O`qituvchi:

O`tgan darsni tahlil qiladi va baholaydi.

Kelgusida shu mavzuni o`tish uchun yangi g`oya va istaklarini belgilab oladi.

Shu mavzuga oid internet sahifalaridagi yangi ma`lumotlarni to`playdi.



O`quvchi:

Galogenlar haqidagi bilimlarga diqqatini qaratadi, e`tiborli bo`ladi. Tabiiy resurslarimizga nisbatan oqilona munosabatda bo’lishga atrofdagilarni ham chorlaydi. Mustaqil fikirlaydi.



DARSNING TEXNOLOGIK BOSQICHLARI



Darsning bosqichlari

Vaqt (daqiqa)

O`qituvchi faoliyati

O`quvchi faoliyati


I.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

1.Sinf o`quvchilarini darsga tayyorlash;

2. Salomlashish;

3.Davomatni aniqlash;

4. Dars shiorini aytish.



1. Darsga tayyorlanadi;

2. Salomlashadi;

3. Darsning shiorini aytishadi.


II.

O`tilgan mavzuni so`rash, va xulosalash

8 daqiqa

O`qituvchi o`tilgan mavzuni aqliy hujum metodi yordamida so`raydi:


O`quvchilar berilgan nazorat topshiriqlariga faolroq javob berishga harakat qiladi va erishgan natijalarni kundaligiga qo`ydiradilar.

III

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

O`quvchilarni yangi mavzuni rejasi bilan tanishtiradi va mavzuni

tushuntiradi.

Reja:

1.Galogenlar haqida, ularning davriy sistemada joylashgan o’rni haqida tushunchalar berish.



2. Galogenlarning inson hayotidagi ahamiyati.

3. Galogenlarning olinishi va barcha xossalari bilan tanishish.



Yangi mavzu va uning rejasini daftariga yozib oladilar. O`qituvchi hamkorligida yangi mavzuni o`zlashtiradilar.

IV

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

O`qituvchi o`quvchilarni yangi mavzu bo`yicha o`zlashtirgan bilimlarini quyidagi texnologiyalar asosida mustahkamlaydi.

1-Guruhlar bo’yicha tezkor savol-javob o’tkazish;

2-“Insert” usuli.


O`quvchilar o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradilar, darsda faol ishtirok etadilar.

V.

Darsni yakunlash

4 daqiqa

1. O`quvchilarni dars jarayonida erishgan yutuqlarini, g’olib guruhni izohli e’lon qiladi va baholarini kundaliklariga qo`yadi.

2.Uyga vazifani tushuntiradi va uni kundaliklariga yozib olishini ta’minlaydi.




O`quvchilar yangi mavzuni o`qituvchi hamkorligida xulosalaydi.

Olgan baholari bilan tanishadi.

Baholarni kundaligiga qo`ydiradi.

Uyga vazifani

kundaligiga yozib oladi.


Dars ishlanmani tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar: O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 8-sinf kimyo darsligi, “Umumiy o’rta ta’lim maktablarida kimyo fanidan amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya ishlari uchun metodik qo’llanma”, “Pedagogik texnologiyalar” ilmiy ommabop qo’llanma (Nizomiy nomli TDPU), www.ziyonet.uz, www.rtm.uz .

9. AMALIY MASHG’ULOT




Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish