1.3. MS.Excelning standart funksiyalarini ishlatilishi
Jadvallarda funksiya va formulalarni ishlatish mumkin.Ularni yozishdan avval
=belgisini qo‟yishingiz kerak. Funksiyalarda + (qo‟shish), - (ayirish), *
(ko‟paytirish), / (bo‟lish), ^ (darajaga ko‟tarish) belgilarini ishlatishingiz
mumkin.Formulalarda xonalar nomi faqat lotin harflari bilan berilishi shart.
Masalan agar А1 va B12 xonalardagi sonlarni qoshish kerak bo‟lsa, formula
quyidagicha bo‟ladi. : =А1+В12
Аsosiy funksiyalar:
МИН (xonalar) xonalardagi sonlarni minimalini topish
МАКС (xonalar) xonalardagi sonlarni maksimalini topish
СРЗНАЧ (xonalar)xonalardagi sonlarni o‟rtachasinini topish
СУММ
(xonalar
)Xonalardagi
sonlar
yig’indisini
topish
ЕСЛИ (Shart, to‟g‟ri,noto‟g‟ri) shart bo‟yicha amallarni bajarish
СЧЁТЗ(xonalar) Bo‟sh bo‟lmagan xonalarni aniqlash
СЧЁТЕСЛИ(xonalar,shart) shartga javob beruvchi xonalar sonini aniqlash
СЕГОДНЯ ( )bugungi kunni qo‟yish
СТЕПЕНЬ(son, daraja) ko‟rsatilgansonni kerakli darajaga ko‟tarish
ЗНАК(xona) ko‟rsatilgan son ichidagi ma‟lumotlar ishorasini aniqlash
COS(son)Ko‟rsatilgan sonni kosinusini aniqlash
SIN(son) ko‟rsatilgan sonni sinusini aniqlash
Formulalarda bir nechta xonalar ko‟rsatilganda ular o‟rtasidagi : belgi “dan
gacha ma‟nosini bildiradi.Shu bilan birga ; belgisi esa “bilan” ma‟noni
bildiradi.
Masalan:=СУММ(A1:F11) bu 1 dan F11 gacha to‟rtburchak sohadagi
ma‟lumotlar summasini topish ma‟nosini bildiradi
=СУММ(A11;C15) bu A11 vaC15 xonalardagi sonlar summasini
14
topish ma‟nosini bildiradi.Xonalarni sichqoncha yordamida qurganimizda
SHIFT tugma bilan tanlanganlar “dan gacha,CTRL bilan esa “va” ma‟nosini
bildiradi.Formulalarda qo‟htirnoq ichida yozilgan matnlar o‟zgarishsiz ekranda
chiqriladi.
Masalan:
=ЕСЛИ(А1=5, "a‟lo", "a‟lo emas" ) bu agar A1 xonadagi son 5 ga teng
bo‟lsa,uholda formula xonasida “a‟loso‟zi yoziladi,aks holda “a‟lo emas” so‟zi
yozilish ma‟nosini bildiradi.
Formula bor xonani avtoro‟yxat bilan to‟ldirganimizda ichidagi formula
o‟zgarish satri yoki ustunga qarab o‟zgaradi.
Masalan:
Agar=ЕСЛИ(А1=5, "A‟lo", "A‟lo emas" )formulasi bor xonani pastki
avtoro‟yxat bilan to‟ldirsak, u holda pastki xonada bu
formula=ЕСЛИ(А2=5, "A‟lo", "A‟lo emas" )ga o‟zgaradi.Agar uni o‟ng
tomonga to‟ldirsak ,u holda o‟ng tomonfagi xona formulasi =ЕСЛИ(B1=5,
"A‟lo", "A‟lo emas" ) ga o‟zgaradi.Agar sizga avtoto‟ldirish yoki nusxa
olish natijasida hosil bo‟lgan formulada biror bir xona nomi o‟zgarmas
bo‟lishi kerak bo‟lsa, u holda uning nomi oldidagi $ belgisi qo‟yilishi
kerak.Masalan :=ЕСЛИ($А$2=5, "A‟lo", "A‟lo emas" ) formulada A2
xona nomi o‟zgarmas.Agar $A$2 o‟rniga $A2 u holda faqat satr nomeri
o‟zgaruvchan, agar $A$2 o‟rniga A$2 bo‟lsa, u holda faqat ustun nomi
o‟zgaruvchan bo‟ladi.
Formulalar bilan ishlashda bizga yordam beruvchi va qulayliklar yaratuvchi
Excel formulalar
yordamchisini ishga
tushirish
uchun
yordamchi asboblar
(tugmalar)satruda
joylashgan
15
tugmani bosishimiz kerak.Natijada quyidagi dialog oynasi hosil qilinadi.
Ushbu oynada formula yaratishning birinchi qadamda biz formula yoki
funksiyani tanlashimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |