3. Masalalar yechish namunalari
Turli tizimdagi uchta Voltmetr nosinussimon davriy kuchlanish manbaiga ulangan. Elektromagnit tizimga mansub Voltmetr 4,2 V, to’g’rilagichli Voltmetr 4,0 V, “Pik” Voltmetr 6,1 V ko’ rsatdi. Nosinussimon kuchlanishning amplituda va shakl koeffitsienti aniqlansin.
Yechilishi: 1) Elektromagnit tizimli Voltmetrning ko’rsatishi kuchlanish egrisining shakliga bog’liq bo’lmagan holda o’lchanayotgan kuchlanishning o’rta kvadratli qiymatiga teng, shunga ko’ra U = 4,2 B.
2) To’g’rilagichli asbob harakatlanuvchi qismining og’ishi o’lchanayotgan kuchlanish qiymatining modul bo’yicha o’rta qiymatiga teng, shkalasi sinussimon kuchlanishning o’rtakvadratli qiymati uchun darajalangan. O’lchanayotgan kuchlanishning modul bo’yicha o’rta qiymatini aniqlash uchun to’g’rilagichli asbob ko’rsatishini sinusoidalning shakl koeffitsientiga bo’lish kerak:
Kf = U / Uo’r.mod , 1.11;
O’lchanayotgan kuchlanish uchun
Uo’r.mod = 4.0 / 1.11 = 3.64 B.
3)Amplituda detektorli elektron asbobning ko’rsatishi o’lchanayotgan kuchlanishning maksimal qiymatiga proportsional bo’ladi. Asbob shkalasi o’rtakvadratli qiymat uchun darajalangan. O’lchanayotgan kuchlanishning amplituda qiymatini aniqlash uchun elektron asbob ko’rsatishini sinusoidaning amplituda koeffitsientiga ko’paytirish kerak
O’lchanayotgan kuchlanish uchun
U m *6.1 8.6B
4) Tadqiqot qilinayotgan nosinusoidal kuchlanishning shakl koeffitsienti
5) Amplituda koeffitsienti
Javob: Ksh = 1.15, Ka = 2.02.
Turli yarimo’tkazgichli o’zgartkichlarga ega bo’lgan o’zgaruvchan kuchlanish Voltmetrlarga bir xil amplitudali Um=100 B va turli shakldagi ikkita signal ketma-ket uzatilmoqda. Birinchi signal garmonik: Ksh=1.11, Ka=1.41. Shuning uchun signalning o’rta kvadratli qiymati Uo’r.kv = 70.7 V.
O’rta to’g’rilangan qiymat U o’r.t = 63.7 V.
Ikkinchi signal meandr. O’rta kvadratli va o’rta to’g’rilangan qiymatlar bir -biriga teng:
Uo’r.kv = U o’r.t ....
Ushbu holda shakl va amplituda koeffitsientlari bir-biriga teng:
Ka=Ksh
Quyidagi savollarga javob berilsin.
a) Belgilangan shakldagi signallar uzatilganda vol’t-metrlarning ko’rsatishi bir xil bo’ladimi yoki yo’q?
b) Signal shaklining sinussimonligi sababli o’lchash xatoliklari qanday bo’ladi?
c) Signalning nosinussimon shakli uchun Voltmetrlarning ko’rsatishi bo’yicha qanday axborotni olish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |