3 – amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Tasvirga olishda yorug’lik va rang.
Kino kadrining kompozitsiyasi, uning biror ma’no kasb etishi aktyor ijrosi, qanday obyektiv qo’yilishi, qaysi nuqtadan olinishi bilan birga tasvirni qanday usulda yoritish va u tarkib topgan ranglar mutanosibligiga ham bog’liqdir.
Xavaskor fotograflar professional ijodkordardan faqrli о‘laroq keng turdagi yoritish tizimlari, uskunalariga ega emas. Shuning uchun xavaskor fotograflar yoruglikning badiiy va ruxiy, emotsional ta’sir kuchini yaxshi bilmaydilar va vaziyatdan kelib chiqqan holatda mavjud imkoniyatdan maksimal darajada foydalanishga harakat qilishlari kerak.
Kadrdagi barcha ob’ektlarga emas balki aynan film g’oyasini ochib beruvchi ob’ektga tomoshabin e’tiborini qaratishda yorug’likning o’rni beqiyos. Kadrdagi boshqa ob’ektlarda tomshabin diqqatini asosiy ob’ektga tortish uchun asosiy ob’ektni yorug’rok qilish va boshqalarini sal qorong’iroq qilish kerak bо‘ladi. Rangda esa asosiy ob’ektni yorqin rangda va boshqalarini tо‘qroq va bo’g’iq ranglarda berish kerak.
Lekin shuni xam inobatga olish kerakki unday yoritish usuli tabiatda bо‘ladigan yorug’lik xolatlaridan keskin farq qilmasligi kerak. Agar biron aktyor yuziga yorug’lik tushib turgan bo’lsa, bu yorug’lik manbai ham kadrda bo’lishi kerak.
Ya’ni sham effekti yoki oy nuri effektini olishda sham yorug’ligi quyoshdek hamma joyni yoritishi kerak emas, aksincha juda past va qizgishroq bo’lishi kerak. Oy nuri ham past va kо‘kimtir bо‘lishi kerak. Agar oy nurini efektini pastroq qilib qizg’ish rangli svet berilsa bu quyosh nuriga o’xshab voqealarni kunduzi sodir bo’layotgandek ta’surot uyg’otadi.
Ko’pincha kinoda aktyorning xolatiga qarab kadrlar yirikligi o’zgarganda chiroqlar o’rnini va kuchini ham o’zgartirish kerak, lekin ularning о‘rni almashayotganini tomoshabin sezib qolmasligi kerak bо‘ladi.
Filmlarga biror bir muxit berishda yoritishdan tashqari yana har xil rangli svetofilltrlardan xam foydalaniladi.
(Svetofiltr – ob’ektiv oldiga qo’yiladigan rangli oyna). Bu kadrga о‘zgacha muxit beradi. Masalan saxroi kabrni tasvirga olishda oranjeviy filtr qo’yilsa qumtepalar olov bо‘lib yonayotgandek bо‘lib “issiqlik” kayfiyatini 10 karra oshiradi. Agar shu joyda kо‘k rangli filr ko’llanilsa va odamlar qalin kiyinib olishsa “saxroi kabirda qish” degan muxit yaratiladi va tomoshabin xam bunga ishonadi.
Aynan bir kadrning о‘zinin turli filrlar va turli yoritish usullari bilan о‘nlab turdagi muxitlarni yaratish mumkin.
Topshiriq:
Tabiiy va sun’iy yorug’likda tasvirga olib ko’rish.
Topshiriq bo’yicha ko’rsatmalar: hozirgi vaqtda deyarli hammada mobil telefon mavjud. Mobil telefon yordamida bo’lsa ham kunduzgi va kechki oqshomda tasvirga olish, kechki paytda tungi yoritish bilan bezatilgan binolarni tasvirga olish apparatining tungi rejimi bilan tasvirga olish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |