3- amaliy ish.
Mavzu: Ma’lumotlarga nisbatan ruxsatlarni mantiqiy boshqarish.
Foydalanishni boshqarishning rolli modeli (RBAC).
RBAC usulida foydalanishni boshqarishning asosiy g‘oyasi tizimning
ishlash logikasini tashkilotda kadrlar vazifasini haqiqiy ajratilishiga maksimal
darajada yaqinlashtirilgan. RBAC usuli foydalanuvchini axborotga ruxsatini
boshqarishda uning tizimdagi harakat xiliga asoslanadi.
Ushbu usuldan
foydalanish tizimdagi rollarni aniqlashni nazarda tutadi. Ro‘l tushunchasini
muayyan faoliyat turi bilan bog‘liq harakatlar va majburiyatlar to‘plami
sifatida belgilanishi mumkin.
Shunday qilib, har bir ob’yekt uchun har bir
foydalanuvchini foydalanish ruxsatini belgilash o‘rniga,
rol uchun
ob’yektlardan
foydalanish
ruxsatini
ko‘rsatish
yetarli.
Bunda
foydalanuvchilar o‘z navbatida o‘zlarining rollarini ko‘rsatishadi. Biror rolni
bajaruvchi foydalanuvchi rol uchun belgilangan foydalanish huquqiga ega
bo‘ladi.
RBAC usulining asosiy afzalliklari quyidagilar:
1.
Ma’murlashning osonligi
.
Foydalanishlarni boshqarishning klassik modellarida ob’yekt bo‘yicha
muayyan amallarni bajarish huquqlari
har bir foydalanuvchi yoki
foydalanuvchilar guruhi uchun ro‘yxatga olingan bo‘ladi. Rolli modelda rol
va foydalanuvchi tushunchalarini ajratish vazifani ikki qismga ajratish
imkonini beradi: foydalanuvchi rolini aniqlash va rol uchun ob’yektga
ruxsatini aniqlash. Ushbu yondashuv boshqaruv jarayonini sezilarli darajada
osonlashtiradi. Chunki, foydalanuvchini javobgarlik sohasini o‘zgartirganda
undan eski rolni olib tashlash va unga yangi vazifasiga mos kelidagan rolni
berishning o‘zi kifoya qiladi. Agar foydalanish huquqi bevosita foydalanuvchi
va ob’yektlar o‘rtasida
aniqlansa, shu prosedura yangi foydalanuvchi
huquqlarini qayta tayinlash uchun ko‘p harakatlarni talab qiladi.
2.
Rollar iyerarxiyasi
.
Rollarning haqiqiy iyerarxiyasini yaratish
orqali haqiqiy biznes
jarayonlarini aks ettiruvchi rollar tizimini yaratish mumkin. Har bir rol o‘z
imtiyozlari bilan bir qatorda boshqa rollarning imtiyozlariga ega bo‘lishi
mumkin. Ushbu yondashuv tizimni boshqarishni sezilarli darajada
osonlashtiradi.
3.
Eng kam imtiyoz prinsipi.
Eng kam imtiyoz prinsipi tizimdagi ma’lumotlarning
ishonchligini
ta’minlash uchun juda muhimdir. Bu foydalanuvchiga imkoniyatlari orasidan
faqat muayan vazifani bajarishi uchun kerak bo‘lganini berilishini talab etadi.
Buning uchun vazifa maqsadini aniqlash, uni bajarish uchun zarur bo‘lgan
imtiyozlarni to‘plash va bu asosida foydalanuvchini imtiyozlari cheklash talab
etiladi. Joriy vazifani bajarish uchun talab
qilinmaydigan foydalanuvchi
imtiyozlarini rad etish tizimning xavfsizlik siyosatini buzilishidan saqlaydi.
4.
Majburiyatlarni ajratish.
Tizimda
foydalanishlarni
boshqarishning
yana
bir
muhim
prinsiplaridan biri bu vazifalarni taqsimlashdir. Firibgarlikni oldini olish
uchun bir shaxs tomonidan ko‘plab vazifalarni bajarib bo‘lmaydigan holatlar
amalda yetarli mavjud. To‘lovni yaratish va uni tasdiqlash bunga misoldir.
Shubhasiz bu amallarni bir shaxs bajara olmaydi.
Rollarga asoslangan usul
esa ushbu muammoni maksimal darajada osonlik bilan hal qilishga yordam
beradi.