29 январь — антон павлович чехов туғилган кун


Anton ChЕXOV SARLAVHASIZ



Download 124,41 Kb.
bet12/14
Sana01.07.2022
Hajmi124,41 Kb.
#727756
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
CHEXOV.A.P

Anton ChЕXOV
SARLAVHASIZ

V asrda ham hozirgidek har kuni ertalab quyosh chiqar va kechqurun uxlagani yotar edi. Ertalab quyoshning dastlabki nurlari shudring bilan oʻpishganda yer jonlanar, havo quvonch, shodlik va umid tovushlariga toʻlar, kechqurun esa shu yer tek qolar va shafqatsiz qorongʻulikka choʻmardi.
Kun-kunga, tun-tunga oʻxshaydi. Har zamon koʻkda qora bulutlar paydo boʻlib, jahl bilan momaqaldiroq qaldirardi yoki yulduz uchardi, yo boʻlmasa rangi oʻchgan monax zohidlarning oldiga yugurib kelib, monastirga yaqin bir yerda yoʻlbars koʻrganini aytardi, vassalom, soʻngra yana kun-kunga, tun-tunga oʻxshardi.
Monaxlar ishlar va ibodat qilar, ularning boshliqlari boʻlgan chol organ chalar, lotincha sheʼrlar hamda notalar yozardi. Bu ajoyib chol favqulodda qobiliyat egasi edi. U organni shunday ustalik bilan chalar ediki, hatto umrining oxirida musiqiy zavqi bir tarziroq boʻlib qolgan eng qari monaxlar ham, uning hujrasidan organ tovushi kelganda oʻzlarini yigʻidan toʻxtatolmasdilar. U hatto eng oddiy narsalar toʻgʻrisida, masalan, daraxt, yirtqich hayvonlar yoki dengiz haqida soʻzlaganda ham kishi yo kular, yo koʻziga yosh olar, xuddi uning qalbida organ torlariday torlar sado berayotganday tuyulardi. Uning achchigʻi kelsa yoki juda quvonib ketsa, yo boʻlmasa biron dahshatli narsa toʻgʻrisida gapirsa, ehtirosli ilhomga tolar, chaqnab turgan koʻzlari yoshlanar, yuzi qizarar, tovushi momaqaldiroqday guldirar edi. Monaxlar, uning soʻziga quloq berar ekanlar, uning ilhomi oʻz qalblarini band qilayotganini sezar edilar. Mana shunday soz va ajoyib lahzalarda uning hukmronligi cheksiz boʻlar, agar u zohidlariga daryoga oʻzlarini tashlashni buyursa, hammasi xursandlik bilan bu amrni ijro etgani shoshilardi.
Uning musiqasi, tovushi, xudo, yer va osmonni madh etgan sheʼrlari monaxlarga doimiy xursandlik manbai edi. Umrguzaronlik bir xilda boʻlavergandan keyin baʼzan daraxt, gullar, bahor, kuz ularning meʼdasiga tegar, dengizning shovullashi toliqtirar, qushlarning sayrashi yoqmas, ammo cholning talanti ularga nondek har kuni kerak edi.
Oʻn yil oʻtdi, hamon kun-kunga, tun-tunga oʻxshardi. Monastir atrofida yovvoyi qush va yirtqich hayvonlardan boʻlak jon egasi koʻrinmas edi. Odam turadigan eng yaqin yer monastirga yuz chaqirim kelar va yuz chaqirim yoʻl nuqul choʻldan borardi. Bu choʻldan oʻtishga faqat hayotga tahqir koʻzi bilan qarovchi, hayotni tark etib, monastirga kirishni qabirga kirish, deb biluvchi kishilargina jurʼat qila olardi.
Shuning uchun bir kuni kechasi birov monastirning eshigini taqillatganda monaxlar juda hayron qolishdi. Eshikni taqillatgan kishi shaharlik bir odam boʻlib, hayotni sevguvchi oddiy bir osiy ummat ekan. Bu odam monaxlar boshligʻi duosini olish va ibodat qilish oʻrniga avval vino bilan ovqat talab qildi. Nima boʻlib choʻlga chiqib qolganligini soʻralganda u, uzundan-uzoq soʻzlab, ovga chiqqani, koʻproq ichib qoʻyib, adashganini aytdi. Monastirga kirib, qiyomatning gʻamini yegin, degan taklifga, kulib: ”Men sizlarga oʻrtoq emasman”, deb javob berdi.
Yeb, ichib toʻyganidan soʻng, xizmatini qilib turgan monaxlarga bir-bir qaradi-da, bosh chayqab taʼna bilan dedi:
– Bekor oʻtirasizlar, monaxlar. Yeyish-ichishdan boshqani bilmaysizlar. Qiyomatni gʻamini shu xilda yeydimi kishi? Oʻylab koʻringlar: sizlar bu yerda tinchgina yeb-ichib saodat xayolida oʻtirgan chogʻlarda, yaqin kishilaring halok boʻlib, jonlari doʻzaxga ketmoqda! Bir qaranglar-chi, shaharda nimalar boʻlmoqda. Biri ochdan oʻlmoqda, boshqasi oʻz oltinini qayerga koʻmishini bilmasdan buzuqlikka gʻarq boʻlmoqda va asalga botgan pashshaday halok boʻlmoqda. Kishilarning qalbida na imon bor, na haqiqat. Bularni qutqarish kimning ishi, axir? Vaʼz-nasihatni kim qiladi? Ertadan kechgacha mast boʻlib yuradigan odam men qilaymi? Nahot xudo, ezgu ruh, sevguvchi qalb va imonni sizlarga toʻrt devor orasida oʻtirish uchun bergan boʻlsa?
Shaharlikning mastlik bilan aytgan soʻzlari qattiq va odob doirasidan tashqari edi, ammo nima balo boʻldiki, cholga taʼsir qildi. Chol hamma monaxlar bilan bir-bir koʻz urishtirib, rangi oqardi va dedi:
– Birodarlar, bu toʻgʻri aytadi! Chindan ham bechoralar oʻzlarining nodonliklari va tadbirsizliklari orqasida gunohkor va dinsiz halok boʻladilar, biz esa joyimizdan qimirlamaymiz, goʻyo buning bizga dahli yoʻq. Shaharga borib oʻz paygʻambarlarini unutgan ummatlarning esiga Iso alayhisalomni solsam boʻlmaydimi?
Shaharlikning soʻzlari cholni qiziqtirdi: ertasiga u asosini qoʻliga oldi, zohidlar bilan xayrlashdi va shaharga qarab ketdi. Monaxlar uning musiqasidan, soʻzlaridan va sheʼrlaridan mahrum boʻldilar.
Bir, ikki oyni ular cholni sogʻinib oʻtkazdilar, chol kelmadi. Oqibat uchinchi oyning oxirida hammaga maʼlum boʻlgan aso tovushi eshitildi. Monaxlar yugurib uning istiqboliga chiqdilar va unga benihoyat koʻp savollar berdilar, ammo chol, ularni koʻrib sevinish oʻrniga kuyinib yigʻladi va bir ogʻiz ham soʻz aytmadi. Monaxlar uning juda qariganini va ozganini payqadilar; uning yuzidan charchaganlik va chuqur qaygʻu aks etar edi, yigʻlaganida esa tahqirlangan kishiga oʻxshar edi.
Monaxlar ham yigʻladilar va undan nimaga yigʻlayotganini, nima uchun xafa ekanini soʻradilar. Biroq, u bir ogʻiz ham soʻz aytmadi va hujrasiga kirib, eshikni beklab oldi. U yetti kun uyidan chiqmadi, tuz totmadi. Organ chalmadi, nuqul yigʻladi. Monaxlar eshigini taqillatsalar, chiqib biz bilan dardlash deb iltimos qilsalar ham, churq etmadi.
Oxir tashqariga chiqdi va monaxlarni toʻplab,yoshli koʻz, chuqur qaygʻu va gʻazab bilan soʻnggi uch oy ichida boshidan kechirganlarini aytib berdi.
U monastirdan shahargacha bosgan yoʻlini tasvirlab berganda koʻzlarida tabassum, tovushida osoyishtalik aks etar edi. Aytishicha, yoʻlida unga qushlar sayrab bergan, uning uchun ariqlar shildirab oqqan, qalbini shirin, yosh umidlar hayajonga keltirgan: u yoʻlda borar ekan, oʻzini jangga ketayotgan va gʻalaba qozonishiga amin boʻlgan soldatday sezgan, sheʼrlar va naʼtlar aytib shaharga yetganini bilmay qolgan.
Biroq, shahar va u yerdagi odamlar toʻgʻrisida gapira boshlaganida tutaqib ketdi, koʻzlari chaqnadi. U shaharga kirib koʻrganlarini umrida koʻrgan emas, hatto shunday boʻlishini tasavvur qilishga ham jurʼat etgan emas.
Shayton naqadar qudratli, yovuzlik qanchalik goʻzal ekanini, kishilarning na daraja yuraksiz va gʻarib ekanliklarini u umrida birinchi dafʼa keksaygan chogʻida koʻrdi va angladi. Baxtsiz tasodif boʻlib, birinchi qadam bosgani uy buzuqlik makoni boʻlib chiqdi. Ellik chamasi puldor kishilar ovqat yer va vinoni koʻp ichar edi. Vino ichib mast boʻlgan odamlar kuylaydilar va xudojoʻy kishi aytgani botinolmaydigan yaramas soʻzlarni hech ibosiz aytadilar. Cheksiz erkin, tetik, baxtiyor bu odamlar na xudodan qoʻrqadilar, na shaytondan va na oʻlimdan, nimani xohlasalar shuni aytadilar, shuni qiladilar, koʻngillari qayerni tilasa, oʻsha yerga boradilar. Vino esa haqiqday sof, haddan tashqari shirin va xushboʻy boʻlsa kerpk, chunki ichgan kishi rohatlanib kuladi va yana ichgisi keladi. Kishi kulganda vino ham kulganday boʻladi, ichilganda quvonch sochib, uchqun oladi, goʻyo oʻz shirinligida qanday shaytoniy latofat berkitib turganini oʻzi biladi.
Chol gʻazabdan borgan sayin tutaqib, yigʻlab, koʻrganlarini hikoya qilib beraverdi. Bazm qurib oʻtirganlar orasida, – dedi, – stolningustida yarimi yalangʻoch bir buzuq xotin turar edi. Tabiatda bundan koʻra goʻzal va jozibali narsani topish qiyin. Yosh, uzun sochli, doʻndiq, qorakoʻz, durdoq labli hayosiz va sharmanda, bu palid sadafday tishlarini koʻrsatib iljayib, xuddi “Koʻrdilaringmi, men qanday sharmanda va chiroylik” demoqchiday edi. Shohi kimxoblar burma-burma boʻlib, uning yelkasini qoplagan, ammo goʻzallik kiyim ostiga berkinishni istamas, bahori sabzi qoʻpib turgan yerni yorib chiqqanday, tashqariga chiqqani intilar edi. Sharmanda xotin vino ichar, ashula aytar va kim xohlasa oʻshanga oʻzini taqdim etar edi.
Undan soʻng chol titrab-qaqshab ot oʻyini boʻladigan maydon, hoʻkiz urishtirish, teatrlar, loydan yalangʻoch xotinning suratini yasaydigan rassomlar korxonasi toʻgʻrisida soʻzlab ketdi. u ilhom bilan, chiroyli va tiniq tovush bilan, xuddi koʻzga koʻrinmaydigan bir torni chertayotganday soʻzlar, monaxlar esa uning atrofini qurshab, diqqat va ishtiyoq bilan soʻziga quloq solar va xursandlikdan entikar edilar… Shaytonning barcha jozibasi, yovuzlikning goʻzalligi va jirkanch xotin badanining maftun qiluvchi latofatini tasvir qilib boʻlganidan soʻng chol shaytonni laʼnatladi. Burilib hujrasiga kirib ketdi…
Ertasiga ertalab hujrasidan chiqib qarasa monastirda bitta ham monax qolmapti. Hammasi shaharga ketib qolipti.

Download 124,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish