29 январь — антон павлович чехов туғилган кун



Download 124,41 Kb.
bet11/14
Sana01.07.2022
Hajmi124,41 Kb.
#727756
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
CHEXOV.A.P

Soʻnggi soʻzlar
Bora-bora Chexovda sil kasalligi kuchayib, tuzalish uchun doimiy ravishda Yalta boʻyidagi uyda yashadi. 1901 yilning noyabrida u rafiqasiga shunday maktub bitdi: “Mening xonamda oddiy harorat +12 boʻlib, kamdan-kam holatda +13 ga koʻtariladi. Kaminga oʻt yoqib boʻlmaydi, chunki kamindan koʻzim ogʻriydi. 12 gradusda esa ishlash qiyin”.
Er-xotin bir necha oylab koʻrishmasdilar. Olga Leonardovna teatrda band boʻlar, Chexov esa vrachlar koʻrsatmasiga koʻra, Yaltada yashashga majbur edi. Ayriliq har ikkalasi uchun ham azob boʻldi. “Biz birga emas ekanmiz, bunga men va sen emas, balki menga bakteriya joylagan, senga esa sanʼatga muhabbatni jo qilgan shayton aybdor”, — deb xat yozdi Chexov rafiqasiga.
Klinikada adibning kasallik tarixini yuritgan davolovchi vrach Maksim Maslov yozib qoldirishicha, Chexov gimnaziyada oʻqigan davrida va talabaligida silning qorin pardasi yalligʻlanishi bilan kasallangan, biroq “koʻkrak suyagi toraygani”ni 10 yoshida his qilgan. 1884 yildan boshlab chap oʻpkadan qon ketishidan aziyat cheka boshlagan.
Ayrim tadqiqotchilar aytishlariga koʻra, yozuvchining hayotida Saxalinga sayohati hal qiluvchi rol oʻynagan. Oʻshanda loygarchilik boʻlib, nam kiyim va ivigan kigiz etik bilan otda minglab chaqirim yoʻl bosishga toʻgʻri kelgan. Chexovning oʻzi va yaqinlari ham kasallikni safar bilan bogʻlashgan. Sil kasalligi kuchayganining boshqa sababi esa adibning Yaltadan Moskvaga salomatlik uchun ob-havo nobop paytlarda borgani bilan izohlandi.
1904 yilning yozida Chexov Germaniyadagi kurortga yoʻl oldi. Ammo sogʻayib ketmadi, kasallik birdaniga zabtiga oldi.
Xotini Olga Leonardovnaning guvohlik berishicha, 1 iyuldan 2 iyulga oʻtar kechasi Chexov uyqudan uygʻonib, umrida birinchi marta shifokorga odam yuborishni soʻragan. Soʻng shampan keltirishlarini buyurgan. “Anton Pavlovich oʻtirdi va baland ovozda shifokorga nemis tilida “Ich strebe” dedi (u nemischani kam bilardi)”. Keyin esa talaba yoki xotiniga tushunarli boʻlishi uchun takrorladi: “Men oʻlyapman”. Shundan soʻng qadahni koʻtardi, rafiqasiga yuzlandi va hayratomuz tabassum bilan dedi: “Anchadan buyon shampan ichmagandim”. Chexov xotirjam alfozda shampanni oxirigacha sipqordi, chap yonboshi bilan yotdi va bir umrga mangu uyquga ketdi.

Download 124,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish