Qazib olingan bо‘shliqni saqlab turish usullari Rudani magazinlashtirib qazib olish bо‘shlig‘ini saqlab turish. Rudani magazinlashtirish – bu massivdan ajratilgan rudani qazib olish bо‘shlig‘ida vaqtincha tо‘plab turishdir (100-rasm). Qazib olish bо‘shlig‘ining yon tomonlarini massivdan ajratilgan sochiluvchi ruda massasining tasiri tirgak vazifasini bajarib saqlab turadi. Rudaning о‘z–о‘zidan yonishi va yopishqoqlikka moyilligi magazinlashtirib qazib olishni chegaralovchi omillardir.
100-rasm. Qazib olish bо‘shlig‘ini rudani magazinlashtirish bilan saqlab turish.
Mustahkamlagich о‘rnatib qazib olish bо‘shlig‘ini saqlab turish kо‘pincha qalinligi kichik bо‘lgan ruda tanalarini qazib olishda qо‘llaniladi. О‘rtacha qalinlikdan yuqori bо‘lgan ruda tanalarini qazib olishda bо‘shliqni mustaxkamlash bilan birgalikda tо‘ldirish orqali saqlab turish amalga oshiriladi. Mustahlamlagich bilan asosan qazib olish joyi atrofidagi bо‘shliq saqlab turiladi.
Mustahkamlagich turlari:
Tirgak – о‘rnatilishiga kо‘ra qazib olish joyi shipi va asosi oralig‘iga (vertikal yо‘nalishda) о‘rnatilsa ustun, ruda tanasining osiq va qiya tomonlari oralig‘iga (gorizontal yо‘nalishda) о‘rnatilsa tо‘sin (rastrel) hisoblanadi (101-rasm).
Kastyor (yog‘ochli devor)– devorlari yog‘ochdan bо‘lgan tо‘rtburchak shakldagi quduq kо‘rinishida bо‘lib ichi tog‘ jinsi bо‘laklari bilan tо‘ldirilishi mumkin (101v-rasm).
Romli – qazib olish joyi yon devori va ustun oralig‘iga hamda qazib olish joyi shipi va tо‘sin oralig‘iga zatyajka о‘rnatilishi mumkin.
Panjarali – ustun va tо‘sinlar bir vaqtda uch yо‘nalishi bо‘yicha tirgaklanadi (102-rasm).
g‘aramlash, tashish va qazib olish bо‘shlig‘iga joylashtirish kabi ish jarayonlari majmui. Rudann qazib olish natijasida hosil bо‘lgan bо‘shliqni tо‘ldirish ishlari tog‘ bosimini boshqarish, ruda yо‘qotilishini kamaytirish, yer ostida о‘pirilishlarni kamaytirish, yer osti kon ishlari ta’sirida yer usti inshootlarini shikastlanishidan saqlash, lahimlarni о‘tishda massivdan ajratilgan puch tog‘ jinslarini yer ostida qoldirish va kon ishlari xavfsizligini oshirish maqsadida bajariladi.
Ruda va uni qamrab olgan tog‘ jinslari turg‘un bо‘lgan konlardagi bloklar tо‘ldirish texnologiyasi asosida qazib olinadi va keyinchalik tо‘ldiriladi. Rudani qamrab olgan tog‘ jinslari yoki ayrim holatlarda ruda ham noturg‘un bо‘lganda esa blokdagi ruda zaxirasini qazib olish jarayoni bilan bir vaqtda bо‘shliqni tо‘ldirish texnologiyasi qо‘llaniladi. Hosil bо‘lgan bо‘shliqni tо‘ldirish holati bо‘yicha tо‘liq yoki qisman bо‘lishi mumkin.
Tо‘lg‘azma materiallarini tashish va u material bilan tо‘lg‘azma massivini shakllantirish bо‘yicha tо‘ldirishning quyidagi usullari mavjd: о‘zi oqib tushish, mexanik, gidravlik va pnevmatik.
О‘zi oqib tushish usulida tо‘ldirish. Tо‘ldirishning bu usulida tо‘lg‘azma material qazib olish bо‘shlig‘iga keltirilishi va u yerda materialning taqsimlanishi gravitatsiya kuchlari ta’sirida amalga oshiriladi. Tо‘lg‘azmamassivi avvalo yuqoridan tushayotgan tog‘ jinsi bо‘laklarining kinetik energiyasi, keyinchalik esa massiv yuqori qatlami og‘irligi va tog‘ bosimi hisobiga zichlanadi. Tо‘lg‘azma materiallari yer yuzasidan klet yoki skvajina orqali tushiriladi va yer osti lahimlari bо‘ylab yon tomonidan tо‘kadigan vaganetkalar bilan tashiladi. О‘zi oqib tushish usuli bilan qazib olish bо‘shlig‘ini tо‘ldirish yuqorilovchi lahimda joylashtirilgan nov yoki quvurlar yordamida bajariladi. Tо‘ldirishning bu usuli qolganlariga nisbatan arzon bо‘lib, lekin kamchilliklari (tо‘lg‘azma massivining zichligi kamligi va yuqori darajada chо‘kishi, chо‘kish darajasi matreal bо‘laklarining katta-kichikligiga bog‘liq holda 20 % dan 50 % gacha bо‘lishi mumkin) sabab keng qо‘llanilmaydi.
Mexanik usulda tо‘ldirish. Bu usulda tо‘lg‘azma materiali qazib olish bо‘shlig‘iga konveyer yoki uloqtiruvchi mashinalar bilan joylashtiriladi. Bu usulning quyidagi kamchiliklar mavjud: tо‘lg‘azma materialini qazib olish joyi oldi bо‘shlig‘iga tashish va tо‘ldirish ishlarini tashkil qilish murakkabligi, qо‘llanilgan jihozlarning besо‘naqoyligi, uloqtirish masofasining kamligi, tо‘ldirilgan massiv bir tekis zich emasligi, katta hajmda changishi. Shuning uchun mehanik usul mustaqil usul sifatida keng qо‘llanilmaydi.