3. Inversiya metodi. Ba’zi hollarda elektrostatikaning bir masalasining yechimi yordamida boshqasining yechimini topish mumkin. Laplas tenglamasining ma’lum bir almashtirishlarga nisbatan invariantligi bunga asos bo‘ladi. Shunday almashtirishlarga inversiya (akslantirish) misol bo‘ladi. Laplas tenglamasini sferik koordinatalarda (A.117) asosan yozamiz:
37.Dielektrik va o‘tkazgichlar tashqi maydonda
Javob: Dielektrik yoki zaryadlanmagan o‘tkazgichlar tashqi elektrostatik
maydonga kiritilganda jism ichida va uning yaqinida maydon taqsimoti
umuman olganda o‘zgaradi. Bu holatni bir jinsli maydon E0
uchun bir necha misollarda ko‘rib chiqamiz.
1. O‘qi tashqi maydon yo‘nalishi bo‘yucha joylashgan yetarlicha
uzun (h R) dielektrik silindr uchun masalani ko‘rib chiqamiz. Dielektrikning qutblanishi natijasida hosil bo‘ladigan maydon silindr yetarlicha uzun bo‘lganligi uchin juda kichik bo‘ladi, ya’ni silindr ichida va atrofida maydonni buzmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |