36.Elektrostatika masalalarini yechishning maxsus usullari.
Javob: Furye metodi. Zaryadlar taqsimoti berilgan bo‘lsa, elektrostatik maydon potensiali tegishli chegaraviy shartlarni qanoatlantiruvchi Puasson yoki Laplas tenglamalarining yechimi bilan aniqlanadi.Bu tenglamalarni yechishning bir qator metodlari mavjud. Zaryadlarning taqsimoti simmetriyasiga qarab Puasson va Laplas tenglamalarini bevosita yechish bilan mikroskopik elektrodinamikaning elektrostatika bo‘limida tanishib chiqqan edik. Hozir Puasson tenglamasini yechishning yana bir metodi - Furye metodi bilan tanishamiz.Bu metod bilan masala yechilganda, zaryad zichligi va maydon potensiali butun fazoda integrallanuvchi funksiyalar bo‘lishi kerak, ya’ni
Do'stlaringiz bilan baham: |