Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qaroridan kelib chiqadigan vazifalar uzluksiz ta’im tizimida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini ortirish maqsadida keng ko’lamli izlanishlar olib borishning taqazo etadi shunga ko’ra, amaliyotda qo’llanib kelingan bilim, ko’nikma, malakalarga asoslangan davlat ta’lim standartini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirildi. Shunga ko’ra o’qitish sifati va samaradorligini oshirish muxim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim- tarbiya jarayonini kompetensiyaviy yondashuv talablari asosida tashkil etish davr talabidir. Ta’lim-tarbiya jarayonida kimyo fani mazmunini hozirgi ijtimoiy hayot, fan-texnika va texnologiyalar taraqqiyoti bilan bog‘lash, buyuk allomalar va kimyogar olimlarning kimyo fani rivojiga qo‘shgan hissalari bilan tanishtirish va kimyoviy ishlab chiqarishning ekologiyaga ta’siri haqidagi bilim, ko‘nikma, malakalar va kompetensiyaviy bilimlarini shakllantirishga yo‘naltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |