28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


Muammo:  Xujjatlarni  mazmunan bila olish..   Esda tuting



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/283
Sana02.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#310711
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   283
Bog'liq
buxgalteriya hisobi fanidan

Muammo: 
Xujjatlarni 
mazmunan bila olish..
 
Esda tuting 
 
Har    qanday    xujjatda    uning    qanday    maqsad    belgilanganligidan    qat’iy    nazar  
quyidagi  rekvizitlar  bo’lishi  shart: 

 
xujjatning  nomi; 

 
xujjat  tuzilgan  vaqt ; 

 
operatsiyaning  mazmuni  va  asosi; 

 
operatsiya  o’lchovlari; 

 
operatsiyalarning    amalga    oshirilishi    va    ularni    rasmiylashtirishda    javobgar  
shaxslarning  imzosi. 
 


 
86 
 
Qolgan    rekvizitlar    xujjat    tuzilgan    operatsiyaning    xarakteri    bilan  
aniqlanadi. 
 
Korxona  xo’jalik  faoliyatida  yuz  beradigan  ko’p  sonli  operatsiyalarni  
xujjatlashtirish    uchun    turli    tuman    xujjatlar    qo’llaniladi.    Xo’jalik  
operatsiyalarini  to’g’ri  xujjatlashtirish  uchun  ularning  mazmuni  va  shakllarini  
to’la-to’kis    aks    ettirish    maqsadida,    buxgalteriya        hisobida    qo’llaniladigan  
xujjatlarni  turkumlash  zarurdir. Xujjatlar  quyidagi bir qancha belgilari bo’yicha 
turkumlanadi: 
Bajaradigan vazifasiga ko’ra: 
buyruq 
beruvchi, 
dalil 
bo’luvchi, 
buxgalteriya 
yo’li 
bilan 
rasmiylashtiriluvchi va aralash xujjatlar. 
Buyruq  beruvchi  xujjatlar  –  bu  bir  xo’jalik  operatsiyasini  bajarish    uchun  
farmoyish  qilish    yoki  topshiriq berish,  buyruq  qilish  xarakteriga  ega  bo’lgan  
xujjatlardir.     
 
Buyruq  beruvchi  xujjatlarda  avvalo  bajarilishi  lozim  bo’lgan  ishning 
mazmuni va muddati, tartibi, kim tomonidan ijro etilishi ko’rsatilgan bo’ladi. Ular 
xo’jalik  operatsiyasini  boshlash  uchun  zarur  vosita  hisoblanib,  bevosita  bu 
operatsiyaning  amalga  oshirilganligini  isbotlay  olmaydilar  va  shu  sababli  ham 
ko’pincha,  buyruq  kuchiga  ega  bo’lgan  xujjatlarga  asosan  operatsiyalarni 
haqiqatdan bajarilganligini isbotlovchi xujjatlar tuziladi. 
 
Buyruq  beruvchi  xujjatlar  turkumiga  ishchi  va  xizmatchilarni  ishga  qabul 
qilish, ishdan bo’shatish, ularni mukofotlash to’g’risidagi buyruqlar, tovar moddiy  
boyliklarni olish uchun berilgan ishonch qog’ozlari va boshqalar kiradi. 
 
Ushbu ishonch qog’ozi orqali korxona rahbariyati ekspiditorga xom-ashyoni 
ta’minototchidan  qabul  qilib  olish  uchun  buyruq  berayotganligini  tasdiqlaydi. 
Ishonch  qog’oziga  asosan  ekspiditor  ta’minototchidan  kerakli  xom-asheni  qabul 
qilib  oladi.  Xom-ashe  ta’minototchidan  ekspeditorga  o’tishligini  tasdiqlovchi 
xujjat  bo’lib,  schyot-faktura  yoki  tovar-transport  nakladnoyi  hisoblanadi.  Dalil 
bo’luvchi  xujjatlar  operatsiyalarni  amaldagi  isbotini  tasdiq  qiladilar.    Ular 
operatsiyalar  amalga  oshirilaetgan  paytda  tuziladi  va  uning  bajarilganligini 
ko’rsatadi.    Dalil  bo’luvchi  xujjatlar  xo’jalik  operatsiyalarining  buxgalteriyada 
dastlabki aks ettirilishi va uning ustidan nazorat qilish shaklini bildiradi. 
 
SHu  bilan  bir  vaqtda,  ijro  etuvchilar  uchun  ular  moddiy  boyliklar  va  pul 
mablag’’larining biror  miqdorda  sarf qilinganligini  yoki  qabul qilib  olinganligiga 
dalil bo’ladi. Dalil bo’luvchi  xujjatlar turkumiga kirim va chiqim nakladnoylari, 
hisobdor shaxslarning hisobotlari, schyot-faktura va tovar - transpot nakladnoylari 
va boshqalar kiradi.  
 
YUqoridagi misolimizni davomi sifatida, dalil bo’luvchi xujjatlarga schyot-
faktura  yoki  tovar-transport  nakladnoylarini  misol  qilib  olsa  bo’ladi.  Bu  erda 
korxona  ekspeditori  qabul  qilib  olgan  xom-ashe  uchun  to’ldirilgan  schyot-faktura 
ana  shu  operatsiyani  ijro  etilganligi  to’g’risida  dalillik  beryapti  va  xom-asheni 
ekspeditor  qabul  qilib  olganligini  tasdiqlayapti.  Dalil  bo’luvchi  xujjatlarni 
ahamiyati  buxgalteriya  hisobi  uchun  katta,  chunki  ular  ro’y  berayotgan  xo’jalik 
operatsiyalarining to’g’riligini, maqsadga muvofiqligini nazorat qilish bilan birga, 
kelajakda taftish o’tkazishga ham xizmat qiladi. 


 
87 
 
 
 
Aralash  (kombinatsiyalashgan)  xujjatlarga  yuqorida  keltirilgan  turli  xil 
(buyruq beruvchi, dalil bo’luvchi va buxgalteriya  yo’li bilan rasmiylashtiriluvchi) 
xujjatlarning  belgilarini  o’zida  mujassamlash  tirgan  xujjatlar  kiradi.  Ular  bir 
paytning  o’zida  xo’jalik  operatsiyasini  amalga  oshirish  uchun  buyruq  beruvchi, 
ham  uning  bajarilishini  isbotlovchi  dalil  va  buxgalteriya  yozuvini  aks  ettiruvchi 
xujjatlar bo’lib hisoblanadi. Aralash xujjatlar turkumiga kassa chiqim orderi, kassa 
kirim orderi, hisob - kitob to’lov vedmostlari va boshqalar kiradi. 
 
Buxgalteriya  xujjatlarida  aks  ettirilgan  xo’jalik  operatsiyalarini  schyotlar 
yordamida guruhlash uchun maxsus  shaklda  tuzilgan jadvallardan foydalaniladi. 
Bu jadvallar hisob registrlari deb ataladi. 
        Barcha  operatsiyalarni  xujjatlar  yordamida  to’g’ri  va  o’z    vaqtida 
rasmiylashtirishni ta’minotlash uchun  xujjatlarning  maolum  tartibda harakatini  
 
 
 
 
oldindan belgilab qo’yishi  kerak. Xujjatlarni  tuzish  yoki boshqa tashkilotlardan 
olish  paytidan  boshlab,  ularni  hisob    registrlariga  yozilgandan  keyin,  to  arxivga 
saqlash  uchun    topshirishgacha    bo’lgan  davrda,  ulardan  operativ  foydalanish  va  
buxgalteriyaning  ishlov jarayonidagi harakati xujjat oboroti deb ataladi.  Korxona  
xo’jalik  mablag’’lari  va  ularni  tashkil  topish  manbaalarining  holati  sodir  bo’lgan 
xo’jalik  operatsiyalar  natijasida  ularning  o’zgarishi  hamda    xo’jalik  jarayonlari 
to’g’risidagi maolumotlar  korxona  buxgalteriyasidan tashqari boshqa bo’limlarga 
ham zarur. Shuning uchun xo’jalik mablag’’lari ularning tashkil topish manbaalari 
va xo’jalik  jarayonlarini  aks etirgan boshlang’ich hamda yig’ma xujjatlar har bir 
bo’lim  uchun  zarur bo’lganligi operatsiyalarni rasmiylashtirishdagi qatoiy  tartibi,  
eng  avvalo  har  bir  xizmatchining  xujjatlarini  tuzish  va  ulardan    foydalanishda, 
ularning shaxsiy javobgarligini xujjatlarning barcha  instantsiyalaridan o’tishining 
aniq grafigini va muddatlarini ko’zda tutadi. 
   
Kitob  shaklidagi  (bapzan  bugalteriya  daftarlari  deb  ham  yuritiladi)  hisob 
registrlari deb  maxsus  ravishda grafalangan  varaqlarni    muqovalab  kitob  shakliga 
keltirilgan ko’rinishiga aytiladi.  
 
Xo’jalik operatsiyalarini qayd qilishdan oldin bugalteriya  daftarlarining har 
bir  sahifasi  nomerlanadi.  Oxirigi  sahifasining    orqasiga    nomerlangan  
sahifalarning  umumiy  soni  yozilib,  bosh  buxgalterning  imzosi  qo’yiladi  va  
korxona  muhri  bilan  muhrlanadi.  Daftarning  birinchi  muqovasiga    korxonaning 
nomi, qaysi schyot bo’yicha olib borilsa, uning nomi  va  registrning boshlangan 
sanasi yozib qo’yiladi. Buxgalteriya  daftari  xar yili 1 yanvardan boshlab ochiladi. 
Hozirgi  paytda  daftar    shaklidagi  buxgalteriya  hisobining  registrlari  barcha 
korxona va  tashkilotlarda eng ko’p qo’llaniladigan registrlardandir.   Kitob  

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish