6.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari faqat Buxgalteriya balansi-1-son shakl va
Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot-2-son shakldan iborat bo’lgan choraklik va
moliyaviy hisobotlarni taqdim etadilar. Yillik moliyaviy hisobotga mazkur
Ko’rsatmalar 3-bandida nazarda tutilgan holatlar va tartibda tushuntirish xati va
auditorlik xulosasi ilova qilinadi.
7.
Moliyaviy hisobot shakllarida barcha nazarda tutilgan ko’rsatgichlar
keltiriladi. Korxonada tegishli aktivlar, passivlar, operatsiyalar yo’qligi sababli u
yoki bu modda (satr, ustun) to’ldirilmagan taqdirda ushbu modda (satr, ustun)
chizib qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |