28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


Hisobotning turlari va uning mizmuni



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/283
Sana02.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#310711
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   283
Bog'liq
buxgalteriya hisobi fanidan

 
Hisobotning turlari va uning mizmuni 
 
Hisob  turlariga  mos  xolda  hisobotning  xam  uch  turi,  ya’ni  operativ-texnika, 
statistika  va  buxgalteriya  hisobotlari  mavjud.  Buxgalteriya  hisoboti  korxonaning 


 
137 
ishlab  chiqarish-xo’jalik  va  moliyaviy  faoliyatiga  to’g’risida  tavsifnoma  bera 
oladigan  buxgalteriya  balansi  va  bir  necha  jadvallardan  iborat  bo’ladi. 
Mamlakatdagi  korxonalarning  buxgalteriya  hisoboti  buxgalteriya  balansi, 
moliyaviy  natijalar  va  ularni  ishlatish  xaqida
 
  hisobot,  korxona  mulkining  xolati 
haqida  hisobot,  korxonaning  bor  mablag’’lari  va  ularning  xarakati  haqida 
hisobotdan  iboratdir.  Buxgalteriya  hisobotlari  ma’lumotlarni  yig’ish  darajasiga 
qarab  boshlang’ich  va  yig’ma  hisobotlarga  bo’linadi.  Boshlang’ich  buxgalteriya 
hisoboti  deb  muayyan  korxona  yoki  uning  qismlarining  xo’jalik  va  moliyaviy 
faoliyatini  aks  ettiruvchi  ma’lumotlarga  ega  bo’lgan  buxgalteriya  balansi  va  bir 
necha  hisobot  jadvallari  yig’indisiga  aytiladi.  Ko’pgina  korxonalarning  ba’zi  bir 
qismlari  aloxida  balansga  o’tkazilgan  bo’lib,  ular  tomonidan  xam  buxgalteriya 
balansi  va  tegishli  hisobot  jadvallari  tuziladi.  Yig’ma  buxgalteriya  hisoboti 
boshlang’ich  hisobotlar  ma’lumotlarini  yig’ish  asosida  tuzilgan  bo’ladi.  Bu 
hisobotda  bir  xil  soxadagi  bir  necha  korxonalarning  ishlab  chiqarish-xo’jalik  va 
moliyaviy  faoliyatlari  mahlum  hisobot  shakllariga  yig’ilgan  xolda  aks  ettiriladi. 
SHu  asosda  tuzilgan  hisobot  shakllari  yigindisiga  yig’ma  hisobot  deyiladi.  Katta 
korxonalarni  o’zlarnning  ba’zi  bir  bo’limlarini  aloxida  balans  tuzishga  o’tkazib 
qo’yishlari  mumkin.  Bu  korxonalarda  davriy  va  yillik  hisobot  tuzish  paytida  ana 
shu  aloxida  balans  to’zadigan  bo’limlarning  ma’lumotlari  xam  qo’shilgan  xolda 
yig’ma balans tuziladi. Buxgalteriya hisobotlari qaysi davrga tuzilishiga qarab ikki 
turga,  ya’ni  davriy  va  yillik  buxgalteriya  hisobotlariga  bo’linadi.  Davriy 
buxgalteriya  hisoboti  xo’jalik  yilining  ma’lum  sanasiga  joriy  buxgalteriya  hisobi 
ma’lumotlari  asosida  tuziladi.  Davriy  buxgalteriya  hisoboti  qaysi  muddatga 
tuzilishiga  qarab  oylik  va  choraklik  buxgalteriya  hisobotlariga  bo’linadi. 
Korxonalar  birinchi  chorak  yakuni,  yarim  yillik  va  to’qqiz  oylik  yakuni  bo’yicha  
buxgalteriya  hisoboti  «Buxgalteriya  balansi»  bilan  «Moliyaviy  natijalar va  ularni 
ishlatish  haqida  hisobot»  dan  iborat  bo’ladi.  Yillik  buxgalteriya  hisoboti  joriy 
yilning  oxirida  tuzilada.  Bu  hisobot  korxonaning  bir  yillik  ishlab  chiqarish  — 
xo’jalik  va  moliyaviy  faoliyatini  aks  ettiruvchi  ma’lumot,  keltirilgan  bir  qancha 
shakllardan  iborat.  Korxonalar  yillik  buxgalteriya  hisoboti  quyidagilar,  iborat 
bo’ladi: 
Buxgalteriya balansi;  
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot 
Asosiy vositalar xarakati tugrisidagi  hisobot 
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot; 
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot 
Kichik 
va  xususiy  tadbirkorlik  sub’ektlarining  moliyaviy  hisoboti 
soddalashtirilgan shaklda tuzilidi. 
 Yillik buxgalteriya hisobotiga zarurat to’g’ilganda tushuntirish va izoxlar xam 
beriladi.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  korxonalar  tashkil    moliya  hisobotdan 
tashqari ichki buxgalteriya hisobotini xam tuziladi. Ichki buxgalteriya hisobotidan 
korxona ichida ishlab chiqarish xarajatlari va maxsulotlar tannarxi ustidan nazorat 
o’rnatish,  ularni  boshqarish,  korxonaga  baho  berish  va  uning  bo’limlari  xo’jalik 
faoliyatiga baxo berish xo’jalik faoliyati ustidan nazorat qilish va taftish o’tkazish 
uchun  foydalaniladi.  Hozirgi  vaqtda  ichki  buxgalteriya  hisobotining  tuzilishi  va 


 
138 
mazmuni  qanday    bo’lishligini  korxonani  boshqarish  tadbirlarini  hisobga  olgan 
xolda  nazariy  jixatidan  ishlab  chiqish  kun  tartibida  turibdi.  Korxonaning  ichki 
buxgalteriya hisobotida ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, tayyor maxsulotlarni 
sotish  bilan  bor  xarajatlar,  moddiy  zaxiralarning  xajmi,  tayyor  maxsulotni 
sotishning borishi, pul mablag’’larining xolati va xarakati debitorlik va kreditorlik 
qarzlariga doir ma’lumotlar berishi kerak. Ichki buxgalteriya hisoboti korxonaning 
raxbari  va  uning  xamma  bo’linmalarini  boshqarish  uchun  kerakli  bolgan
 
axborot 
bilan  ta’minlaydi.  Ichki  buxgalteriya  hisoboti  tizimini  yaratishda  buxgalteriya 
hisobining  zamonaviy  electron  hisoblash  mashinalaridan  keng  foydalanishga 
asoslangan shaklini qo’llash juda qo’l keladi. 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish