136
ma’lumotlardan to’la foydalanish hisobotning xususiyatlaridan biri bo’lib
hisoblanadi. Korxonalarning hisoboti oldiga yuqorida aytilgan xususiyatlariga mos
xolda bir necha muxim talablar qo’yilgan. Birinchi talab, Buxgalteriya
hisobotining xamma kurslari to’g’ri ma’lumotlarga asoslangan bo’lishi shart.
Demak, hisobot tuzilgan vaqtda korxonaning moliyaviy axvolini to’g’ri aks
ettirishi, xo’jalik faoliyati natijalarini aniq ko’rsatishi zarur. Joriy buxgalteriya
hisobi
ma’lumotlari bilan hisobot ma’lumotlar solishtirib ko’rilganda
ko’rsatkichlar mos kelishi shart. Korxonaning xo’jalik faoliyatiga operativ
raxbarlik o’rnatish uchun buxgalteriya hisobotining, oldiga qo’yilgan ikkinchi
muxim talab uning belgilangan vaqtda tuzilib, talab qilingan idoralarga
topshirilishidir. Buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlari odatda bu hisobot;
foydalanuvchilarning talablariga qarab uyushtirilishi kerak. Bu hisobotlarning
foydalanuvchilari bo’lib, bozor iqtisodi sharoitida, investarlar, kreditorlar, mol
etkazib beruvchilar korxonaning xodimlari, korxona joylashgan mamlakatning
hukumati, axoli va boshqalar hisoblanadi. Mamlakatda xamma korxonalar (qaysi
mulkchilikka asoslanganligidan kat’iy nazar) buxgalteriya hisobotini davri,
soliq
inspektsiyasiga topshiradi, davlat korxonalari esa yana o’zining yuqori davlat
idorasiga topshiradi.
Shu o’rinda aytish kerakki, "Kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan
soddalashtirilgan tartibda hisob yuritish va hisobotlar tuzish to’g’sida"gi standart
O’zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to’g’sida"gi qonuni 5-
moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan.
(O’R AV 11.07.2006 y. 879-2-son bilan
ro’yxatga olingan O’zR MV Buyrug’i taxriridagi band) o’zgartirish kiritilgan.
Jamoat mulkchiligiga asoslangan korxonalar shu korxonaning mulkini
egalariga xamda kredit shartnomasiga ko’ra korxonaga kreditlar bergan bank
muassasalariga xam buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti topshiriladi. Uchinchi talab
buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarining reja ko’rsatkichlari bilan bog’liqligini
ta’minlashdir. Agar ko’rsatkichlar bir-biriga bog’langan bo’lmasa, unda joriy
rejaning bajarilishi to’g’risidagi va shunga mos xolda kelgusi davrda tuziladigan
reja ko’rsatkichlari to’g’ri sida xam haqiqatga to’g’ri kelmaydigan ma’lumotlar
kelib chiqadi. To’rtinchi talab bir nechta bir xil soxadagi korxonalar xisobotlari
ko’rsatkichlarining iqtisodiy mazmuni va shaklining bir xilda bo’lishidir. Bu talab
bir xil tarmoqlari korxonalari xo’jalik faoliyatini iqtisodiy taxlil qilish uning
natijalarini aniqlash va yuqori tashkilotning yig’ma hisobotini tuzishni
engillashtirishga erishishini ta’minlaydi. Beshinchi talab korxonalarning hisoboti
qisqa va faqat zarur ko’rsatkichlarnigina o’zida gavdalashtirishdan iborat. Bu narsa
o’z navbatida ustama xarajatlarni kamaytirish, hisobotini tuzishni tezlashtirish va
keraksiz ma’lumotlar bilan hisob ishlarini qiyinlashtirmaslikni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: