87
Aralash (kombinatsiyalashgan) xujjatlarga yuqorida keltirilgan turli xil
(buyruq beruvchi, dalil bo’luvchi va buxgalteriya yo’li bilan rasmiylashtiriluvchi)
xujjatlarning belgilarini o’zida mujassamlash tirgan xujjatlar kiradi. Ular bir
paytning o’zida xo’jalik operatsiyasini amalga oshirish uchun buyruq beruvchi,
ham uning bajarilishini isbotlovchi dalil va buxgalteriya yozuvini aks ettiruvchi
xujjatlar bo’lib hisoblanadi. Aralash xujjatlar turkumiga kassa chiqim orderi, kassa
kirim orderi, hisob - kitob to’lov vedmostlari va boshqalar kiradi.
Buxgalteriya xujjatlarida aks ettirilgan xo’jalik operatsiyalarini schyotlar
yordamida guruhlash uchun maxsus shaklda tuzilgan jadvallardan foydalaniladi.
Bu jadvallar hisob registrlari deb ataladi.
Barcha operatsiyalarni xujjatlar yordamida to’g’ri va o’z vaqtida
rasmiylashtirishni ta’minotlash uchun xujjatlarning maolum tartibda harakatini
oldindan belgilab qo’yishi kerak. Xujjatlarni tuzish yoki boshqa tashkilotlardan
olish paytidan boshlab, ularni hisob registrlariga yozilgandan keyin, to arxivga
saqlash uchun topshirishgacha bo’lgan davrda, ulardan operativ foydalanish va
buxgalteriyaning ishlov jarayonidagi harakati xujjat oboroti deb ataladi. Korxona
xo’jalik mablag’’lari va ularni tashkil topish manbaalarining holati sodir bo’lgan
xo’jalik operatsiyalar natijasida ularning o’zgarishi hamda xo’jalik jarayonlari
to’g’risidagi maolumotlar korxona buxgalteriyasidan tashqari boshqa bo’limlarga
ham zarur. Shuning uchun xo’jalik mablag’’lari ularning tashkil topish manbaalari
va xo’jalik jarayonlarini aks etirgan boshlang’ich hamda yig’ma xujjatlar har bir
bo’lim uchun zarur bo’lganligi operatsiyalarni rasmiylashtirishdagi qatoiy tartibi,
eng avvalo har bir xizmatchining xujjatlarini tuzish va ulardan foydalanishda,
ularning shaxsiy javobgarligini xujjatlarning barcha instantsiyalaridan o’tishining
aniq grafigini va muddatlarini ko’zda tutadi.
Kitob shaklidagi (bapzan bugalteriya daftarlari deb ham yuritiladi) hisob
registrlari deb maxsus ravishda grafalangan varaqlarni muqovalab kitob shakliga
keltirilgan ko’rinishiga aytiladi.
Xo’jalik operatsiyalarini qayd qilishdan oldin bugalteriya daftarlarining har
bir sahifasi nomerlanadi. Oxirigi sahifasining orqasiga nomerlangan
sahifalarning umumiy soni yozilib, bosh buxgalterning imzosi qo’yiladi va
korxona muhri bilan muhrlanadi. Daftarning birinchi muqovasiga korxonaning
nomi, qaysi schyot bo’yicha olib borilsa, uning nomi va registrning boshlangan
sanasi yozib qo’yiladi. Buxgalteriya daftari xar yili 1 yanvardan boshlab ochiladi.
Hozirgi paytda daftar shaklidagi buxgalteriya hisobining registrlari barcha
korxona va tashkilotlarda eng ko’p qo’llaniladigan registrlardandir. Kitob
Do'stlaringiz bilan baham: