25
Tayanch iboralar:
Sintetik, analitik, umumlashgan, aniqlashtirilgan,
pul, natura va mehnat o’lchovi ko’rsatkichlari, sintetik va analitik
schyotlarning bog’lanishi.
Buxgalteriya hisobining schyotlar tizimi usuli yordamida korxonalar
xo’jalik mablag’’larining holati, shu mablag’’larning paydo bo’lish
manbalari, shuningdek, xo’jalik mablag’’larining xo’jalik jarayonidagi
xarakatlari tezlikda umumlashtirilib hisobga olib
boriladi.
YUqorida
keltirilgan misollardan ko’rinib
turibdiki, xo’jalik operatsiyalari schyotlarda
umumlashgan xolda pul ko’rsatkichida aks
ettiriladi. Masalan, “ Materiallar” schyotida
korxonadagi jami xom ashyo va materiallarning
harakati, “Asosiy ishlab chiqarish” schyotida hamma xarajatlar va olingan
mahsulotlarning harakati, shuningdek, “Xodimlar bilan mexnatga xaq
to’lash bo’yicha hisob-kitoblar” schyotida korxonadagi xamma ishchi va
xizmatchilarga ish xaqi yuzasidan qilinadigan hisob -kitolar harakati va
hokazolar umumlashtirilib aks ettirilganligi aniqlandi.Lekin korxonalarning
mablag’’larini but holida saqlashni ta’minotlash va samarali foydalanish
ustidan nazorat o’rnatish uchun ularning har bir turi to’g’risida batafsil
maolumotlar ham bo’lishi zarurdir. CHunki “Asosiy ishlab chiqarish”
schyotida umuman sarflangan harajatlar vaolingan mahsulotlar haqidagi
maolumotlar bilan birga maolum bir vaqtga xarajatlarning har bir turi
(masalan, ish haqi, material, amortizatsiya va hokazolar), shu bilan birga
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning har biri bo’yicha (masalan,
mashinasozlik zavodida bo’lsa ayrim turdagi stanoklar, mashinalar va
hokazolarning) xarajatlar summasi va turlari bo’yicha tafsilot bilan
aniqlangan ko’rsatkichlar ham bo’lishi kerak. “Xodimlar bilan mehnatga haq
to’lash bo’yicha hisob-kitoblar” schyotida korxonaning maolum bir davrga
ishchi va xizmatchilardan bo’lgan umumiy qarz summasi ko’rinib turishi
bilan birga har bir ishchi va xizmatchinig qarz summasi yuzasidan
qilinadigan hisob-kitoblar maolumoti ham bo’lishi kerak. SHuningdek,
“Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar” schyotining
debet va kredit oboroti umumiy summasi to’g’risidagi maolumot bilan birga
har bir ishchi va xizmatchiga qancha summa hisoblanagan va shundan
qnchasi berilganligi to’g’risidagi maolumot ham zarurdir.
SHunga o’xshash hamma schyotlarda ham umumiy ko’rsatkichlar
bilan birga tafsiloti bilan aniqlangan ko’rsatkichlar bo’lishi lozimdir.
SHuning uchun ham buxgalteriya hisobida oboektlar bo’yicha va ayrim
turlari bo’yicha maolumotlarni hisobga oladigan schyotlardan foydalanishga
zaruriyat tug’iladi. SHunga mos holda ikki hildagi schyot, yaoni sintetik va
analitik schyotlar buxgalteriya hisobida qo’llaniladi.
Xo’jalik mablag’’lari va ular manbaalarining harakatini hisobga
oladigan xo’jalik operatsiyalari haqida umumlashgan maolumotlarni faqat
pul ko’rsatkichida hisobga oladigan schyotlar sintetik (birinchi tartibli)
Do'stlaringiz bilan baham: