28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


ASOSIY  VOSITALARNING  HARAKATI  TO’G’RISIDA HISOBOT



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/283
Sana02.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#310711
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   283
Bog'liq
buxgalteriya hisobi fanidan

ASOSIY  VOSITALARNING  HARAKATI  TO’G’RISIDA HISOBOT 
(3-SON  SHAKL) 
 
92.  Asosiy  vositalarning  xarakati  to’g’risida  hisobotda  korxona  asosiy 
vositalarining mavjudligi va xarakati ko’rsatiladi. 
 
93. 3-ustun va 6-ustunda  korxonaning  balansida kayd  etilgan  barcha asosiy 
vositalari qiymati (tegishlicha hisobot davrining boshi va oxiridagi holat bo’yicha), 
shu  jumladan  ijaraga  topshirilgan,  bepul  taqdim  etilgan  yoki  ishlatilmayotgan 
(konservatsiya, zaxirada bo’lgan vaxokazo) asosiy vositalar ayrim turlari xam aks 
ettiriladi. Ma’lumotlar dastlabki qiymat bo’yicha keltiriladi. 
 
94.  4-ustunda  hisobot  davrida  asosiy  vositalarning  umumiy  xolati  barcha 
manbalar bo’yicha aks ettiriladi, shu jumladan: qushimcha baholash, ilgari hisobga 
olinmagan,  xaq  evaziga  xarid  qilingan  vositalar,  oborotdagi  vositalardan  asosiy 
vositalarga  o’tish,  boshqa  korxonalar  va  tashkilotlardan  bepul  tushumlar  (agar 
balans  yil  boshida  o’zgargan  bo’lsa),  shuningdek  hisobot  yilida  moliyalashning 
barcha  manbalari bo’yicha  ishga  tushirilgan  yangi  asosiy  vositalar,  shu  jumladan 
bank kreditlari hisobiga kirim qilingan vositalar. 


 
166 
 
95.  5-ustun  hisobot  yilida  asosiy  vositalarning  umumiy  chiqib  ketishi  aks 
ettiriladi, shu jumladan: narxni tushirish, ortiqcha va ishlatilmaydigan mol-mulkni 
sotish tartibida, pulga sotilgan asosiy vositalar, asosiy vositalardan oborot vositalar 
sirasiga o’tqazish, boshqa korxona va tashkilotlarga bepul berilganlari, shuningdek 
hisobot yilida tuzilishi va eskirishi, tabiiy ofatlar va avariyalar oqibatida, tamirlash 
va  yangi  kurilish  sababli  va  boshqa  sabablarga  ko’ra  tugatilgan  asosiy 
vositalarning to’liq qiymati (eskirishni chegirmasdan). 
 
96. 7-ustun va 10-ustunda yil boshidagi va hisobot oxiridagi xolat bo’yicha 
asosiy vositalar turlariga doir jamlangan eskirish summasi aks ettiriladi. 
 
97. 8-ustunda hisobot davrida barcha manbalar bo’yicha asosiy vositalarning 
hisoblab  yozilgan  eskirish  summasi,  shu  jumladan  qo’shimcha  baxolash  chog’ida 
eskirishni  qo’shimcha  hisoblash,  ilgari  hisobga  olinmagan  eskirish,  ilgari 
foydalanishda bo’lgan asosiy vositalar bo’yicha eskirish aks ettiriladi. 
 
98.  9-  ustunda  asosiy  vositalarni  tugatish,  sotish  va  ularning  boshqacha 
chiqib  ketishi  jarayonida  chiqib  ketgan  vositalar  bo’yicha  hisoblab  yozilgan 
eskirish aks ettiriladi. 
 
99.  11-ustunda  asosiy  vositalarning  yil  boshida  3-ustun  va  7-ustun 
malumotlari  o’rtasidagi  ayig’ma  natijasi  sifatida  olingan  qoldiq  qiymati  aks 
ettiriladi. 
 
100.  12-ustunda  asosiy  vositalarning  hisobot  davri  oxirida  6-ustun  va  10-
ustun  ma’lumotlari  o’rtasidagi  ayrim  natijasi  sifatida  olingan  qoldiq  qiymati  aks 
ettiriladi. 
 
101. «Jami asosiy vositalar» moddasi bo’yicha ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarish asosiy vositalarining xarakati aloxida satrlar bo’yicha ko’rsatiladi. 
 
Ishlab  chiqarish  asosiy  vositalariga  sanoat  maxsulotini  ishlab  chiqarish, 
qurilish,  qishloq  xo’jaligi,  savdo  va  umumiy  ovqatlanish,  qishloq  xo’jaligi 
maxsulotlarini  tayyorlash  va  moddiy  ishlab  chiqarish  soxasiga  talluqli  boshqa 
faoliyat turlari bilan bog’liq vositalar kiradi. 
 
Noishlab chiqarish asosiy vositalariga uy-joy va kommunal xo’jalik, soliqni 
saqlash, jismoniy tarbiya, ijtimoiy taminot, xalq talimi, madaniyatga oid va hokazo 
vositalar kiradi. 
 
102. «To’lanmagan qurilish» moddasi bo’yicha (140-satr) pudrat va xo’jalik 
usuli bilan bajariladigan obhektlar qurilishiga, shuningdek asosiy vositalarni xarid 
qilishga doir korxona xarajatlarining xarakati aks ettiriladi. 
 
Kichiq  bo’limning  4-ustunida  obhektlar  kurilishi  (pudrat  tashkilotlarining 
to’lashga qabul qilingan va  to’langan to’lovnomalari) va asosiy vositalarni xarid 
qilishga doir korxona qilgan xarajatlar ko’rsatiladi. 
 
Kichiq bo’limning 5-ustunida foydalanishga topshirgan qurilish obektlari va 
xarid  qilingan  asosiy  vositalarning,  shuningdek  asosiy  vositalar  qiymatini 
ko’paytirmaydigan hisobdan chiqarilgan xarajatlarning qiymati ko’rsatiladi. 
 
103. «Malumot uchun» kichiq bo’limida ko’rsatiladi: 
 
a)  150-satr  bo’yicha-  yil  davomida  xarid  qilingan  asosiy  vositalarning 
qiymati: 


 
167 
 
b)  151-153-satrlar  bo’yicha-korxona  tomonidan  yil  davomida  obhektlar 
qurilishini  moliyalashga  va  manbalar  guruxlari  bo’yicha  asosiy  vositalarni  xarid 
qilishga ishlatilgan mablag’’larni ochib berish: 
 
v)  160-satr  bo’yicha-boshqa  korxonalarga  ijaraga  berilgan  korxona  asosiy 
vositalari  aloxida  turlarining  qiymati  (ma’lumotlar  asosiy  vositalar  qanday  aks 
ettirilgan bo’lsa, barcha ustunlar bo’yicha keltirilishi kerak): 
 
g)  170-satr  bo’yicha-ijaradagi  korxona  tarkibida  qayd  etilgan,  ijaraga 
olingan aloxida turlardagi va umuman asosiy vositalar qiymati (ma’lumotlar asosiy 
vositalar qanday aks ettirilgan bo’lsa, barcha ustunlar bo’yicha keltirilishi kerak). 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish