28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


   Hisobotning  mohiyati,   ahamiyati   va tarkibi



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/283
Sana02.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#310711
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   283
Bog'liq
buxgalteriya hisobi fanidan

1.   Hisobotning  mohiyati,   ahamiyati   va tarkibi 
 
Ho’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z faoliyati ustidan kundalik nazoratni hujjatlar 
va  hisobot  registrlariga  asosan  olib  boradilar.  Lekin  uzoq  vaqt  (oy,  chorak,  yil) 
davomida ho’jalik faoliyatining yakunini bilish uchun bu ma’lumotlar yetarli emas. 
Ularni  umumlashtirish  va  tizimga  keltirish  zarur.  Bunga  hisobot  tuzish  yo’li  bilan 
erishiladi. 
Demak, hisobot ho’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’tgan vaqt ichidagi ishlari 
natijalari  va  sharoitlari  to’g’risidagi  ma’lumotlar  majmui  bo’lib,  undan  faoliyatini 
tahlil,  nazorat  qilish  va  boshqarish  maqsadida  foydalaniladi.  Hisobot  axborotlari 
sotilgan  mahsulot,  ish  va  xizmatlar,  ularni  ishlab  chiqarish  xarajatlari,  ho’jalik 
mablag’’lari  va  ularni  tashkil  bo’lish  manbalari,  ishlarning  moliyaviy  natijalari, 
soliqqa tortish va dividendlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. 
Hisobotning  asosiy  vazifasi  mahsulotning  sifati  va  assortimentini  oshirish, 
«Nou    Xau»  va  boshqa  tadbirlar  ishlab  chiqish  hisobiga  korxona  faoliyatining 
o’sishi  hamda  rivojlanish  rezervlarini  qidirib  topish,  korxonaning  bozordagi 
barqarorligini ta’minlash bo’lib hisoblanadi. Hisobot ma’lumotlari bo’yicha korxona 
rahbari  mulkdorlar,  tahsischilar,  nazorat  tizimi  tashkilotlari  (banklar,  moliyaviy 
organlar), hukumatning rasmiy va yuqori boshqaruv organlari oldida hisobot beradi. 
Birinchi  navbatda  shuni  aytish  joizki,  korxonalar  (xorijiy  investitsiyali 
korustunlardan tashqari) majburiy tartibda quyidagi foydalanuvchilarga choraklik va 
yillik hisobotini topshiradi: 
-  tahsis  hujjatlariga  binoan  mulkdorlar  (mulkni  boshqarish  bo’yicha  vakolatli 
organlar, tahsischilar); 
-   davlat soliq inspektsiyasiga (bir nusxa); 


 
143 
-  O’zbekiston  Respublikasi  qonunchiligiga  binoan  korxona  faoliyatining 
ayrim  tomonlarini  tekshirish  va  tegishli  hisobotni  olish  vazifalari  yuklatilgan 
boshqa davlat organlariga. 
«Buxgalteriya  hisobi  to’g’risida»gi  O’zbekiston  Respublikasi  Qonuniga 
binoan: 
1.
 
Barcha  korxona  va  muassasalar  uchun  hisobot  yili  1  yanvardan  31 
dekabrgacha bo’lgan davr hisoblanadi. 
2.
 
YAngi tashkil  etilgan  korxona va  muassasalar uchun birinchi  hisobot  yili 
bo’lib,  ular  yuridik  huquqga  ega  bo’lgan  sanadan  shu  yilning  31 
dekabrigachabo’lgandavrhisoblanadi. 1 oktyabrdan keyin tashkil etilgan (tugatilgan, 
haytadan 
tashkil 
etilgan) 
korxonalar 
 
 
(ularning 
strukturaviy 
bo’linmalari 
asosida 
tashkil 
etilganlardan 
tashqari 
korxonalar)  uchunularning  goridik  huquqga  ega  bo’ltan  sanadan  keyin 
gi yilning 31 dekabrigacha bo’lgan davrni birinchi hisobot yshsh davri hisoblashga 
ruxsat beriladi. 
3.
 
Korxonalar  choraklik  va  yillik  buxgalteriya  hisobotlarini  O’zbekiston 
Respublikasi  Moliya  vazirligi  tomonidan  belgilangan  muddatlarda  topshirishadilar. 
Hisobot  rahbar,  bosh  buxgalter,  basharti  korxonaning  buxgalteriya  hisoboti 
shartnoma  asosida  ixtisoslashgan  tashkilot  yoki  mutaxassis  tomonidan  yuritilsa, 
hisob yurituvchi shaxs tomonidan imzolanadi. .    SHuni ham eslatib o’tish kerakki, 
korxonaning ho’jalik faoliyati natih jalari, mulkiy va moliyaviy holati to’g’risidagi 
yillik  buxgalteriya  hisoboti  foydalanuvchilar  (birja,  xaridorh  mol  yurituvchi  va 
boshqalar)  uchun  ochiq  bo’lib  nashr  etilishi  mumkin.  Nashr  etilgan  hisobotning 
to’g’riligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi. 
Korxonaning  yillik  buxgalteriya  hisoboti  tegishli  organlarga  topshirilishidan 
oldin  tahsis  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  ko’rib  chiqiladi  va  tasdiqlanadi. 
O’zbekiston  Respublikasining  «Buxgalteriya  hisobi  to’g’risida»gi  Qonuni  (16  
modda) bilan yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan: 
1
 
 «Korxona balansi»; 
2
 
 «Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot»; 
3
 
 «Asosiy 
vositalar 
harakati 
to’g’risida 
hisobot»; 
4 «Pul oqimlari to’g’risida hisobot»; 
5  «Xususiy kapital to’g’risida hisobot». 
YUqoridagi hisobot shakllariga izohlar, hisob  kitoblar va tushuntirishlar ilova 
qilinadi. 
Balans  chorak  va  yillik  hisobot  tarkibiga  kiritiladi.  Bu  «netto»  nomli  balans 
bo’lib, foydalanuvchilarga korxonaning sof qiymatining hajmi  to’g’risida axborot 
beradi.  CHunki  mulkning  qiymati  jami  ko’rsatkichga  quyidagi  moddalar  bo’yicha 
eskirishni  chiqarib  tashlab  ko’rsatiladi.  Asosiy  vositalar,  nomodtsiy  aktivlar  va 
boshqalar,  foyda  summasi  esa  jamiga  faqat  hisobot  davrida  tasdshhyaanmagan  fovda 
xajmigina qo’shiladi. Lekin ho’jalik faoliyatini taxlil etish maqsadida balansda huyidagi 
ko’rsatkichlar  saqlanib  kelgan:  dastlabki  qiymat  va  ularning  eskirishi,  olingan  foyda. 
SHo’hba  korxonalari
?
  filiallar  va  vakilliklariga  ega  bo’lgan  korxonalar 
konsolidallashgan (birlashgan) moliyaviy hisobot tuzadi. 


 
144 
SHo’hba  korxonalarga  qo’yilgan  qo’yilmalar  bosh  korxonaning  moliyaviy 
hisobotida  uning  moliyaviy  ho’yilmalari  sifatida  aks  ettiriladi.  YUridik  shaxslar 
o’zlarining  filiallari,  vakilliklari  va  boshqa  strukturaviy  bo’linmalarini  mustaqil 
balansga  ajratishi  mumkin,  lekin  ularning  balansi  va  boshqa  hisobot  shakllari 
tegishli goridik shaxsining konsolidatsiyalashgan hisobotiga, albatta, qo’shiladi. 
Konsolidallashgan  hisobotga  bosh  korxonaning  moliyaviy  hisoboti  ilova 
qilinadi. Konsolvdallashgan hisobot 8milliy buxgalteriya hisobi standarti (BHMS)ga 
binoan  tuziladi.  Lekin  vazirliklar,  idoralar  va  byudjet  tashkilotlari  bo’yicha 
tuziladigan  yig’ma  moliyaviy  hisobotlar  buddan  mustasno.  Moliyaviy  hisobot  yil 
boshidan yig’ilib boruvchi jami bilan xar chorakdan tekshiriladi. 
Byudjet  muassasalari  chorak  va  yillik  hisobotlarini 
yuqori 
organ  O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradi. 
Ayrim ho’jalik yurituvchi subhektlar uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Maxkamasi  tomonidan  moliyaviy  hisobotni  topshirish  bo’yicha  boshqa  muddatlar 
belgilanishi mumkin. 
Ho’jalik  yurituvchi  subhektlarning  yillik  moliyaviy  hisoboti  qiziquvchi 
banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun ochiq hisoblanadi. 
Ochiq turdagi aktsioner jamiyatlari, sug’urta kompaniyalari, banklar, jamg’arma 
va  tovar  birjalari,  investitsiya  jamg’armalari  va  boshqa  moliyaviy  muassasalar, 
hisobotda  keltirilgan  ma’lumotlar  to’g’riligini  auditorlar  tomonidan  tasdiqlagandan 
so’ng  yillik  moliyaviy  zhisobotni  hisobot  yshshdan  keyingi  yilning  birinchi 
mayigacha, albatta, nashr etishlari kerak. 
Ho’jalik yurituvchi subhekt tugatilganda xotima moliyaviy hisobot tuziladi. 
Korxonani  tugatish  bo’yicha  muomolaning  buxgalteriya  hisobi,  tugatish 
balansi  va  hisobotini  tuzish,  aktivlar  qiymatini  anihlash  ishlari  tugatish 
komissiyasiga yuklatiladi. 
Umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga qo’shiladi. 
Tugatish balansida majburiyatlar ularning haytarish vaqtiga hisoblangan foizlar 
bilan birga aks ettiriladi.  

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish