26-sex «Ishonch guruhi» xodimlari mexnat muxofazasi bo’ycha YO’RIQHOMA.
Umumiy xavfsizlik talablari.
1. 18 yoshga to’lmagan shaxslar elektr qurilmalarida ishlash ruxsat etilmaydi. Elektr xodimlardan boshqa shaxslar, tegishli nazariy va amaliy mashg’ulotlardan so’ng , ularni bilim sinovidan o’tkaziladi va elektr qurilmalarida ishlash uchun guvohnoma va texnika havfsizlik taloni beriladi;
1.2. ishga qabul qilingan barcha xodimlar 12 oyda bir marta tibbiy ko’rikdan o‘tadilar.
Xodimlar bilan quyidagi yo’riqnoma o’tkaziladi:
Kirish- ishga yangi kelgan xodim bilan o’tkaziladi (mexnat sharoitlari, ichki mexnat tartibi va mexnatni muxofaza qilish bo’yicha umumiy qoidalari bilan tanishish). Yo’riqnoma SHCHITB tomonidano o’tkazilib, SCHG tasdiqlangan konspekt bo’yicha olib boradi.
Birlamchi- amaliy mashg’ulotlar bilan bevosita ish joyida, mustaqil ishga qabul qilishdan oldin, boshqa sexga yoki ishga o’tgazilganda amalga oshiriladi. Birlamchi yo’riqnomani maqsadi ish joyidagi muayyan ish muhiti va xavfsiz mexnat amaliyoti bilan tanishishdir. Birlamchi yo’riqnoma dasturi va №26-sex konspekti bo’yicha ShNS tomonidan o’tkazilib, № 1T, 5T buyruqlarga asosan yo’riqnoma kitobiga ro’yxatdan o’tkaziladi.
Joriy- yo’riqnoma ish kuni boshida o’tkazilib, to’g’ridan-to’g’ri temir yo’lda bajariladigan ishlar, poyezdlar yaqinida, 1000v gacha bo’lgan qurilmalarda, balandlikda. Ish jarao’ni o’zgarishiga qarab joriy yo’riqnoma qayta o’tkazladi. Davriy- yo’riqnoma malaka guruhi va ushbu kasbdagi ish stajidan qati nazar amalga oshiriladi. Xodimlar har chorakda bir marta(kamida 3 oyda bir marta) ishlarni xavfsiz bajarish bo’yicha ushbu yo’riqnoma o’tkaziladi. Yo’riqnoma dasturga muvofiq, amaliyotidan aniq misollarni batafsil taxlil qilgan xolda suxbat shaklida o’tkazililadi. Yo’riqnoma o’tkazish vaqtda biron bir sababga ko’ra (tatil, kasallik xizmat safari va h.k.) qatnashmagan xodimlar rejasiga muvofiq kanspek asosida ishga brogan kunida amalga oshiriladi.
Navbatdan tashqari - ish jarayonini o’zgartirish, qurulmalar almashtirish, sexda baxtsiz xodisa yoki avarya sodir bo’lganda, xavfsiz ishlash bo’yicha yangi qoidalar va ko’rsatmalar kiritilganda, ish intizomi bo’icha yo’riqnoma qoidalarning buzilishi aniqlanganda, ko’rilgan choralarga qaramasdan uzilishlar 30 kundan, boshqa ishlar uchun esa 60 kun oshmasligan yo’riqnoma o’tkaziladi . Mexnat muxofazasi o’quv -texnik tayorgarlik malaka oshirish jarayonida mexnatni muxofaza qilish bo’yicha o’qitish, mexnatni muxofaza qilish bo’yicha bilimlarni oshirish va ishda xavfsizlik ko’nikmalarni shakillantirish maqsadida amalga oshiriladi. Ishchilar ham muhandislar ham yangi ishga qabul qilingan xodimlarni o’qitish dasturiga muvofiq o’qitiladi.
Amaliy o’quv - yangi kelganlar, ishga qabul qilinganlar, boshqa ishga o’tkazilganlar, muxandislar, poyzdlar xarakati bilan bog’liq yoki kuchaytirilgan xafsizlik sharitidagi xodimlar bilan o’tkaziladi.Amaliy o’quydan vaqsad- ish joyida amaliy vazifalarni xavsiz bajarishni sinovdan o’tkazish. Amaliyot davomida xodim kata elektrchining nazorati ostida bo’ladi. Mexnat muxofazasi bo’yicha bilim sinovi - mexnatni muxofazasi, texnika xavfsizlik va elektr xavfsizligi bo’yicha bilimlarni sinovdan o’tkazish ‘’UTI’’ OAJ nizomiga muvofiq 12 oyda bir marta, sex katta mexanigi tomonidan tuzilgan jadvaliga muvofiq o’tkaziladi. Ishning boshlanish va tugash vaqti, dam olish va ovqatlanish uchun tanafus, ish vaqtining kunlik xisobibilan quyidagi vaqtga (maxalliy vaqt) belgilanadi. Ishning boshlanishi – 8-00, tanafus – 12-00 dan 13-00 gacha, ishning tugashi – 17-00.
Ish vaqti meo’rsiz. Ish vaqtidan tashqari ishlashga yo’l qo’yilmaydi. Ish vaqtida xodimlarni bevosita ishlaridan chalg’itish, jamoat vazifalarini bajarish yig’ilishlar chaqirish uchun ishdan chetlashtirish ish joida chekish, spirtli ichimliklar istemol qilish, ish joiga mast kelish taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |