27-AMALIY ISH
Mavzu: Foydalanishni boshqarish siyosati.
Ishdan maqsad: Tashkilotda Xavf-xatarlarni boshqarish siyosati va ularni taxlil qilishda qo‘llaniladigan xalqaro standartlarni urganib chiqish ular xaqida malumotga ega bo‘lish va tashkilotda xavf-xatarlarni baxolash va taxlil qilish xaqida qisqa tushunchaga ega bo‘lish.
Nazariy qism: ISO 27002 standarti axborot xavfsizligini boshqarish tizimini (AXBT) ishlab chiqish, joriy etish, uning ishlashi, monitoringi, tahlili, unga xizmat ko‘rsatish va uni takomillashtirish modeli va talablaridan iborat. AXBT joriy etilishi tashkilotning strategik qarori bo‘lib qolishi kerak. AXBTni ishlab chiqish va joriy etishda xavfsizlikning ehtiyojlari, maqsadlari, foydalaniladigan jarayonlari, tashkilotning ko‘lami va strukturasi hisobga olinishi kerak. AXBT va uning yordamchi tizimlari vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi degan taxmin bor. Shuningdek, AXBTni kengaytirish masshtablari tashkilotning ehtiyojlariga bog‘liq bo‘ladi, masalan, oddiy vaziyat AXBT uchun oddiy yechimni talab qiladi.
Muvofiqlikni baholash uchun ushbu standartdan ichki va tashqi tomonlar foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |