24-mavzu: O’qituvchining pedagogik mahorati. Peja



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana02.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#729683
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
24-mavzu O’qituvchining pedagogik mahorati. Peja

“jamoada 40 ta qobiliyatsiz o„qituvchi 
o„rniga 4 ta qobiliyatli tarbiyachi-o„qituvchi bo„lgani ma‟qul”
ligi haqida 
gapirgan edi. Bu bilan u qobiliyatsiz kishilar ta‟lim-tarbiya ishiga katta 
zarar etkazishi mumkinligini alohida uqtiradi. 
A.S.Makarenko o„z asarlarida o„qituvchining kasbiy fazilati to„g„risida 
quyidagi fikrlarini bayon qilgan: 
“Pedagog darsda ma‟lum bir o„ziga xos rolni 
o„ynamasligi mumkin emas. Sinf sahnasida rol o„ynashni bilmaydigan o„qituvchi 
kasbiy faoliyat olib borolmaydi. U ma‟lum ma‟noda aktyor. Bizning xulq-
atvorimiz, fe‟limiz, xarakterimiz biz uchun pedagogik qurol bo„lishi ham aslo 
mumkin emas. Bolalarni qalb va ko„ngil azoblari bilan, hijronli his-tuyg„ularimiz 
yordamida tarbiyalashga umuman yo„l qo„yib bo„lmaydi”. 
Pedagog yuksak 
baholab, 
“Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq yoki jahldor 
bo„lishni bilishi lozim, u o„zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati, 
yurish
-
turishi, kiyinishi bolalarni tarbiyalasin”
– deb yozgan edi.
Hozirgi zamon o„qituvchisi o„z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, 
pedagogik va psixologik bilimlarni, hamda turli fan yo„nalishlari bo„yicha maxsus 
bilimlarga ega bo„lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallagan, 
ta‟lim muassasalarida faoliyat ko„rsatuvchi shaxsdir. Ushbu nuqtai nazardan 
hozirgi kunda quyidagi burch va mas‟uliyatlar o„qituvchilardan talab qilinadi: 
1. O„qituvchi eng avvalo mas‟uliyatni his etuvchi tarbiyachi, tajribali notiq, 
madaniyat va ma‟rifat targ„ibotchisidir.
2. O„qituvchi tabiatan o„quvchilarni seva olishi, o„z mehrini, his-tuyg„ularini 
har lahzada o„quvchilar ichki dunyosi bilan bog„lay olishi, ularning ham mehriga, 
hurmatiga sazovor bo„lishi kerak. 
3. O„qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro„y berayotgan o„zgarishlar, olib 
borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab etishi va ularga 
xolisona baho berib, bu borada o„quvchilarga to„g„ri, asosli ma‟lumotlarni doimiy 
bera olishi lozim. 


4. Zamonaviy o„qituvchining ilm-fan, texnika va axborot-kommunikatsion 
texnologiyalari yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor bo„lib borishi talab 
etiladi. 
5. O„qituvchi o„z mutaxassisligi bo„yicha chuqur va puxta bilimga ega 
bo„lishi, barcha fanlar integratsiyasini o„zlashtirib borishi, bunda o„z ustida 
tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishi. 
6. O„qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, 
o„quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta‟lim-
tarbiya faoliyatini tashkil etishi kerak. 
7. O„qituvchi kasbiy pedagogik faoliyatida ta‟lim va tarbiyaning eng samarali 
zamonaviy shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega 
bo„lmog„i lozim. 
8. O„qituvchi ijodkor, ta‟lim-tarbiyaviy faoliyat tashabbuskori va yosh 
avlod kelajagi uchun javobgar shaxsdir. 
9. O„qituvchi kasbiy faoliyati jarayonida yuksak darajadagi pedagogik 
mahorat, kommunikativ layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo„l-oyoq va 
gavda harakatlari, mimika, pantomimika, takt) qoidalarini chuqur o„zlashtirib 
borishi shart.
10. O„qituvchi nutq madaniyatiga ega bo„lishi zarur, uning nutqi quyidagi 
xususiyatlarni o„zida aks ettirishi kerak: turli sheva so„zlardan holi bo„lib, faqat 
adabiy tilda ifoda etilishi; o„qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo„lishi; 
hikmatli so„zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko„chirma gaplardan o„rinli 
foydalana olishi lozim.
11. O„qituvchining kiyinish madaniyati o„ziga xos bo„lishi, ya‟ni sodda, 
ozoda, bejirim kiyinishi, ta‟lim-tarbiya jarayonida o„quvchining diqqatini tez jalb 
etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, 
yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq 
ravishda kiyinishi talab etiladi. 


12. O„qituvchi ta‟lim muassasasida sinf jamoasining asosiy tashkilotchisi 
va ta‟lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning eng faol ishtirokchisidir.
13. O„qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini 
unutmasligi shart.
14. O„qituvchi eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni 
to„g„ri baholay oladigan hamda mustaqil ravishda mavjud ziddiyatlarni bartaraf 
etishning uddasidan chiqa olishi kerak.
Hozirgi sharoitda zamonaviy maktab o„qituvchisi
qator vazifalarni bajaradi. 
O„qituvchi avvalo sinfdagi tarbiyaviy jarayonning tashkilotchisidir. O„qituvchi 
tarbiyachi sifatida quyidagi talablarni bilishi lozim: 
-
shaxsni ma‟naviy va ma‟rifiy jihatdan tarbiyalashda milliy uyg„onish 
mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi
bolalarni mustaqillik g„oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o„z 
Vataniga, tabiatga va oilasiga bo„lgan muxabbatni shakllantirishi; 
-
kasbiy bilimlarni puxta bilish bilan birga, turli bilimlardan xabardor 
bo„lishi; 
-
yosh pedagogik psixologiya, pedagogika va psixologiya, yoshlar 
fiziologiyasi,

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish