Xatolardan keyingi qayta tiklanish
Kompyuterning texnik qurilmalarining to’g’ri hamkorlikda ishlashi turli xil texnologiyalar yordamida tashkil qilinadi. Masalan, ko’plab kompyuterlarning asosiy xotirasida xatolarni nazorat qilish kodi bor bo’lib, u saqlangan ma’lumotlardagi xatoliklarni aniqlaydi. Agar xato sodir bo’lsa, boshqaruvchi sxema uni aniqlaydi va uzilish yordamida bu haqda MP ni ogohlantiradi.
MP qandaydir nostandart holat yuzaga kelganda yoki dastur komandalarini bajarishda xatoliklar kuzatilganda dasturning bajarilishi uzishi mumkin. Masalan, komandadagi kodning amali mavjud komandalarning hech birida bajarila olmasa, yoki, nolga bo’lish amali sodir bo’lsa, va shu kabi boshqa holatlar.
Agar bunday xatoliklar yuzaga kelganda xatoliklarni qayta ishlash faollashsa, MP uzilishni bajargan holatni bajaradi. U dasturni bajarilishini to’xtatadi va istisnolarni qayta ishlash dasturini ishga tushiradi. Bu dastur xatolikdan keyin dasturni qayta tiklashga urinib ko’radi, agar imkoni bo’lmasa foydalanuvchini bu haqda ogohlantiradi. Kiritish/chiqarish dagi uzilishlarda MP dasturning ishini tox’tatib, keyin uzilishni qayta ishlab boshlaydi. Agar uzilish xatolik sababli bo’lsa, bu komandani bajarish mumkin emas, shu sababdan MP istisnolarni qayta ishlash dasturini zudlik bilan ishga tushiradi.
Interfeys sxemalar.
Kiritish/chiqarish qurilmasi interfeysi qurilmani kompyuter shinasi bilan bog’lovchi sxemadir. Bu sxemaning bir tarafida ma’lumot, adres, komanda shina signallari, ikkinchi tarafida (port deyiladigan tarafi) ma’lumot va boshqaruv signallarini uzatish liniyalari mavjud. Port parallel yoki ketma-ket bo’lishi mumkin. Parallel port u yoki bu yo’nalishda bir vaqtda 8 yoki 16 bit uzata oladi. Ketma-ket port esa bir vaqtda bir bit uzatadi. Har ikki xolatda ham shina bilan hamkorlik bir xil uslubda tashkil qilinadi, parallel yoki ketnma-ket kelgan axborotni qayta ishlash esa interfes sxemaning ichki jarayonida bajariladi.
Parallel port orqali ulanish hosil qilinganda ko’pkontaktli razyom va shunga mos kabel ishlatiladi. Kabel uchlaridagi sxemalar sodda, chunki parallel va/yoki ketma-ket signallar formatlarini qayta ishlashga ehtiyoj yo’q. Bunday ulanish kompyuterga juda yaqin masofada joylashgan qurilmalarga mo’ljallanadi. Agar masofa uzoqlashsa, ko’chirish signali halal berishi natijasida ma’lumot uzatish tezligi keskin kamayib ketadi. Shu sababdan kompyuter va qurilma orasidagi masofa uzoq bo’lganda ketma-ket portni ishlatgan ma’qul.
Umuman olganda, kiritish/chiqarish interfeysi quyidagi amallarni bajaradi:
Ma’lumotlarni saqlash buferini taqdim etadi
MP ga holat bayrog’ini namoyish qiladi, MP buferning to’lanligi (ma’lumot kiritishda) yoki bo’shligi (ma’lumot chiqarishda) ni aniqlaydi va shunga mos komandalarni bajaradi
Qurilma qachon MP tomonidan adreslanishini aniqlovchi adresni dekodlash sxemasiga ega
Shinani boshqarish sxemalarini ishlashi uchun takt signallari hosil qiladi
Ma’lumot almashishda, zarur xollarda parallel formatni ketma-ketga o’zgartirishni bajaradi
Do'stlaringiz bilan baham: |