Kiritish/chiqarish interfeysi standartlari.
MP shinasi protsessor sxemalari kabi boshqariluvchi shinadir. Unga MP bilan ishlaganda yuqori tezlik talab etiladigan qurilmalar ulanadi, masalan asosiy xotira kabi. Platada MP shinasidan tashqari boshqa qurilamarni o’zaro bog’laydigan, kengaytirish shinasi deb nomlanadigan yana bir shina bo’lib, u MP shinasi bilan ko’prik deb ataluvchi maxsus sxema orqali ulanadi. Ko’prik ikki shinani bir-biriga moslashtiradi. MP ga ko’prik orqali ulangan qurilmalar MP ga bevosita shina orqali ulangandek qaraladi, faqat MP va qurilma orasidagi axb.almashishda ko’proq vaqt sarf bo’lishiga olib keladi.
MP shinasi uchun universal standart ishlab chiqish mumkin emas, chunki u MP arxitekturasi bilan chambarchas bog’langan. Shina strukturasi MP ning takt chastotasiga ham bog’liqdir. Bu cheklovlar kengaytirish shinasiga tegishli emas, shu sababdan bu shina uchun signallarning standart sxemasini qo’llash mumkin. Bu shina uchun bir qancha standartlar ishlab chiqilgan. Ba’zi standartlar tabiiy paydo bo’lgan deyish mumkin. Masalan IBM ning ISA (Industrial Standard Architecture) shinasi ilk shina bo’lganligi sababidan undan keyingi barcha shinalar ISA ga mos iahlab chiqilgan va bu o’ziga xos standart bo’lib qolgan. Ba’zi standartlar esa yirik korxonalarning hamkorligidan kelib chiqqan. Ularning ko’pchiligi IEEE (Institute of Electrical and Electronics Engineers), ANSI (American National Standards Institute), ISO (International Organization for Standartization) kabi tashkilotlar tomonidan ma’qullangan.
S layd
PCI (Perpherial Component Interconnect), SCSI (Small Computer Systems Interface), USB (Universal Serial Bus) top[li shinalar mavjud. 4.38-rasmda bu shinalarning oddiy kompyutyerda ishlatilishi ko’rsatilgan. PCI shinasi plataning kengaytirish shinasi bo’lsa, SCSI va USB qo’shimcha qurilmalarni nafaqat tashqi, balki ichki tomondan ham qo’shish imkonini beradi.
291 bet. PCI shinasi
Test
Ketma-ket portning asosiy vazifasi nimada ko’rinadi?
MP va kiritish/chiqarish qurilmalari orasida bitli almashinishga xizmat qiladi
Qo’shimcha qurilmalarni ulashda foydalaniladi
Ko’prik vazifasini bajaradi
Tashqi qurilmalarni o’zaro munosabatini tashkil qiluvchi port
Ko’prik nima?
Alohida funksional blok bo’lib, tashqi qurilmalarga murojaatni cheklaydi
Maxsus shina turi bo’lib, boshqarish buyruqlarini o’tkazishga mo’ljallangan
MP o’rnatiladigan uya
Maxsus sxema bo’lib, MP shinasi va kengaytirish shinasi deb nomlanadigan shinani o’zaro bog’laydi
Parallel portda axborot uzatish qanday shaklda bajariladi?
Faqat qurilmadan
Bitli tartibda
Baytli tartibda
Faqat shinadan
Xatolarni nazorat qilish kodi qayerda joylashgan bo’ladi?
Registrli xotirada
Asosiy xotirada
Kesh xotirada
Qattiq diskda
Kiritish/chiqarish interfeysi quyidagi qaysi amalni bajarmaydi:
Ma’lumotlarni saqlaydi
MP ga holat bayrog’ini namoyish qiladi, MP buferning to’lanligi (ma’lumot kiritishda) yoki bo’shligi (ma’lumot chiqarishda) ni aniqlaydi va shunga mos komandalarni bajaradi
Qurilma qachon MP tomonidan adreslanishini aniqlovchi adresni dekodlash sxemasiga ega
Shinani boshqarish sxemalarini ishlashi uchun takt signallari hosil qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |