24-mavzu. Biznes tsikllari.
Ma’ruzachi: Adashev Azimjon O’rinboyevich
1. Iqtisodiy tsikllarning mazmuni va asosiy turlari
2. Inqirozlarning mazmuni va turlari
Reja:
Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo’lishi va ularning iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo’lishi holati iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.
1. Iqtisodiy sikllarning mazmuni va asosiy turlari
Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o’tib, o’zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o’tgan davr tushuniladi.
Iqtisodiy sikl fazalari
inqiroz
turg’unlik
jonlanish
yuksalish
Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi sekin-asta o’sib boradi.
Inqirozdan keyin turg’unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi.
Iqtisodiy tsiklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi.
Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo’lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o’sishiga olib keladi.
Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy tsiklning 1380 dan ortiq turlari mavjudligi ta’kidlanadi.
Sikl turlari
|
Siklning davomiyligi
|
Asosiy xususiyatlari
|
Kitchin sikli
|
2–4 yil
|
Zahiralar miqdori YaMM, inflyatsiya, bandlikning tebranishi, tijorat tsikllari
|
Juglar sikli
|
7–12 yil
|
Investitsion tsikl YaMM, inflyatsiya va bandlikning tebranishi
|
Kuznes sikli
|
16-25 yil
|
Daromad immigratsiya uy-joy qurilishi yalpi talab daromad
|
Kondratev sikli
|
40-60 yil
|
Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o’zgarishlar
|
Forrester sikli
|
200 yil
|
Energiya va materiallar
|
Toffler sikli
|
1000-2000 yil
|
Sivilizatsiyalarning rivojlanishi
|
2. Inqirozlarning mazmuni va turlari
Siklli rivojlanishning dastlabki va asosiy fazasi inqiroz hisoblanadi. Inqiroz bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarar ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatida asosiy kapitalning ortiqcha jamg’arilishi uning hamma funktsional shakllarida namoyon bo’ladi
Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlilik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoyiliga berilmaydi. Bu fazaning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlilik o’zining eng past darajasiga tushib ketishi orqali tavsiflanadi. SHunga ko’ra, iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi
Inqirozlar turli-tuman tarzda ro’y bersada, ularni umumiy, o’xshash tomonlarini nazarda tutib, guruhlarga ajratish mumkin.
1. Xo’jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko’ra inqirozlarni umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlarga bo’lish mumkin. Umumiy inqirozlar butun milliy xo’jalikni qamrab olsa, ikkinchisi qisman, ya’ni ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro’y beradi.
Ayrim sohalardagi inqirozlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Pul-kredit sohasidagi inqiroz
Valyuta inqirozi
Birja inqirozi
Tarmoqlar inqirozi
Qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi.
Agrar inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:
Qishloq xo’jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda katta zahiralarining to’planishi;
Narxlarning pasayishi, daromadlar va foydalarning kamayishi;
Fermerlarning ommaviy ravishda xonavayron bo’lishi, ularning qarzlarining ortishi;
Qishloq aholisi o’rtasida ishsizlarning ko’payishi.
Iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini muntazam yoki aksincha tarzda yuz berishiga ko’ra:
nomuntazam
davriy
oraliq
ma’lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi
Davriy inqirozlar
to’liq tsikl buyicha yuz bermaydi. Siklning biron-bir fazasida to’xtatiladi. Ular nisbatan uncha chuqur bo’lmay, qisqa muddat davom etadi.
Oraliq inqirozlar
biron-bir alohida sabablarga ko’ra yuz beradi. Masalan, tabiiy ofat, sel, to’fon, qurg’oqchilik tufayli iqtisodiyotda tang ahvolga tushish mumkin.
Nomuntazam inqirozlar
Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko’ra inqirozlar ikkiga:
Ortiqcha ishlab chiqarish
Taqchil ishlab chiqarish
Inqirozlariga bo’linadi
Tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi turli naf keltiradigan ne’matlarni ko’p ishlab chiqarish, lekin ularni to’la sota olmaslikda namoyon bo’ladi.
Taqchil ishlab chiqarish inqirozi davrida muvozanat buzilib, yetishmovchilik natijasida tang ahvol kelib chiqadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Created by:…..
Thank me!
VIDEO
Do'stlaringiz bilan baham: |