24-§. MEHNATGA НАQ TO‘LASH VA INTIZOM MEHNAT HAQI MIQDORINI BELGILASH - Ish haqi — xodimga bajarilgan ish uchun mukofot sifatida muntazam to‘lanadigan, mehnat shartnomasida kelishilgan pul summasidir. O‘zbekiston Respublikasida mehnatga haq to‘lashning ikki asosiy shakli qo‘llanadi — vaqtbay va ishbay.
- Vaqtbay tizimdan ko‘pincha ish haqi ishlagan vaqtidan kelib chiqib va lavozim maoshiga binoan yoziladigan xizmatchilar mehnatini baholashda foydalaniladi. Ishbay tizimda ishchilar mehnatini baholashda har bir tayyorlangan mahsulot birligining sifatiga binoan to‘lanadigan haq tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |