125-modda. Ish vaqtidan tashqari ishlarning eng ko‘p muddati
Ish vaqtidan tashqari ishning muddati har bir xodim uchun surunkasiga ikki kun davomida to‘rt soatdan (mehnat sharoiti og‘ir va zararli ishlarda — bir kunda ikki soatdan) va yiliga bir yuz yigirma soatdan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Ish beruvchi har bir xodimning haqiqatda ishlagan ish vaqtini, shu jumladan ish vaqtidan tashqari ishlagan vaqtini o‘z vaqtida aniq hisobga olib borishi shart.
Ish haqi quyidagi hollarda ikki hissa miqdorida to‘lanadi: — ish vaqtidan tashqari; — dam olish kunlari; — bayram kunlari; — yoki boshqa dam olish kunini (otgul) berish bilan qoplanishi mumkin.
Intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlanganidan keyin, ammo bu harakat aniqlangan kundan boshlab uzog‘i bilan 1 oy ichida qo‘llanadi. Moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijalariga binoan — sodir etilgan kundan boshlab ikki yildan kechikmasligi lozim
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasi Mehnat intizomini buzgandagi jazo turlari: — xayfsan; — jarima — o‘rtacha oylik ish haqining 30% idan ortiq bo‘lmagan miqdorda (ichki tartib qoidalariga muvofiq bundan ham katta jarima nazarda tutilishi mumkin, lekin u o‘rtacha oylik ish haqining 50% idan oshmasligi shart); — mehnat shartnomasini bekor qilish.
— Jazoning amal qilish muddati — 1 yil (bir yil o‘tganidan keyin o‘z-o‘zidan olib tashlanadi); — jazoni muddatidan oldin olib tashlash ham mumkin; — jazo mehnat daftarchasiga hamda xodimning shaxsiy kartochkasiga kiritilmaydi; — har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun nojo‘ya xatti-harakat aniqlanganidan keyin uzog‘i bilan bir oy ichida faqat bitta intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin; — intizomiy jazo qo‘llangani to‘g‘risidagi buyruq xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi.
Xodim quyidagi hollarda ish beruvchiga unga bevosita yetkazgan zararlarni to‘liq miqdorda qoplashga majbur: — maxsus yozma shartnoma asosida unga ishonib topshirilgan qimmatbaho buyumlar saqlanishini ta’minlamaganligi uchun; — bir gallik hujjat asosida olingan qimmatbaho buyumlarning saqlanishini ta’minlamaganligi uchun; — qasddan zarar yetkazilganda; — alkogolli ichimliklar yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida zarar yetkazganda; — xodimning sud hukmi bilan aniqlangan jinoiy harakatlari natijasida zarar yetkazilganda;
«Shuhrat» medali bilan respublika iqtisodiyoti, fani va madaniyatini rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik hamda milliy istiqlol va ijtimoiy taraqqiyot g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishida o‘zining halol mehnati bilan katta yutuqlarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar mukofotlanadilar. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 1994-yil 5-may «Mehnat shuhrati» ordeni bilan O‘zbekistonda iqtisodiyot va madaniyat yuksalishiga, xalq farovonligi oshishiga, tinchlik va barqarorlik saqlanishiga xizmat qiladigan ulkan ishlari uchun mukafotlanaditar. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 1995-yil 30-avgust