23-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasining soliq solishga oid xalqaro shartnomalarining qo‘llanilishi Reja


Soliqqa tortish munosabatlarida xalqaro hamkorlik



Download 23,79 Kb.
bet2/2
Sana26.04.2022
Hajmi23,79 Kb.
#582896
1   2
Bog'liq
23-mavzu

Soliqqa tortish munosabatlarida xalqaro hamkorlik
O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to’g’risida»gi qonuniga asosan O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq tajriba almashish, soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish usullarini o’rganish va joriy etish, kadrlarni o’qitish maqsadida hamda boshqa masalalar bo’yicha xorijiy davlatlarning soliq va boshqa organlari bilan aloqalar o’rnatishi mumkin.
Shu bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi bilan soliq munosabatlariga doir xalqaro shartnomalar imzolagan davlatlar o’zaro ikki yoqlama soliqqa tortishni oldini olishda hamkorlik qiladi. Ya’ni O’zbekiston Respublikasi fuqarolari va jismoniy shaxslarining chet davlatlarda olgan daromadlari va ushbu daromadlaridan to’lagan soliqlari jami daromadlarini soliqqa tortish jarayonida hisobga olinadi. Ammo shartnomalarda belgilangan me’yorlardan oshgan qismi qayta soliqqa tortilishi belgilab qo’yilgan.

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 4-moddasi (Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalar)ga ko’ra agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.




Nazorat uchun savollar
1. Soliqqa tortish munosabatlarida xalqaro hamkorlik deganda nimani tushunasiz?
2. Soliqqa tortishda reziden so'zining ma'nosi nima?
3.Norezident tushunchasiga ta’rif bering?
4. Ikkiyoqlama soliqqa tortish deganda nimani tushinchasi?
5. Xalqaro shartnomalardagi soliqqa solishdagi huquqlar?


Mustaqil ish mavzusi:


Xalqaro soliq munosabatlari va ikkiyoqlama soliq munosabatlari.
Xalqaro ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf etishning asosiy mexanizmlaridan biri ikki tomonlama soliq kelishuvlaridir. Soliq kelishuvlarining asosiy maqsadi — hamkor mamlakatlar o’rtasida yuzaga kelishi mumkin bulgan ikki yoqlama soliqqa tortishning barcha kurinishlariga barham berishdan iborat. Ushbu kelishuvlar ma’lum qoida va tadbirlar ketma- ketligini qat’iy tartibda amalga oshirishni ko’zda tutadi.
Soliq kelishuvlari ikki yoqlama soliqqa tortishga barham berishning uch pog’onali tizimini qo’llashni ko’zda tutadi. Birinchi bosqichda, hamkor mamlakatlarda «rezident» va «daromad manbasi» qoidalaridan kelib chikadigan ikki yoqlama soliqqa tortishga barham beriladi. Ushbu maqsadlarda kelishuvda ikki yoqlama rezidentlik va «moddiy» moddalar bo’yicha tortishuvlarni yechishga qaratilgan qismlar mavjud bo’lib, ular tomonlardan biriga daromadlarning aniq turlari bo’yicha ma’lum soliqqa tortishda mutloq huquq beradi.
Ikkinchi bosqichda, «rezident» va «daromad manbasi» moddalar bo’yicha barcha munozaralar hal etilgandan so’ng, qolgan ikki yoqlama soliqqa tortishga barham beriladi. Bunday barham berish har bir mamlakatning ichki me’yorlari asosida ta’minlanadi. Yangi soliq kelishuvida esa, ushbu me’yorlarning mavjudligi yoki mavjud emasligi ko’rib chiqiladi.
Oxirgi holatda, ikki yoqlama soliqqa barham berish bo’yicha yangi tartib, kelishuv asosida joriy etilishi mumkin. Odatda, quyidagi usullardan biri kullaniladi: «ozod qilish» usuli yoki «soliq krediti» usuli.
Soliq kelishuvi tuzilayotgan paytda tomonlar ushbu ikki usuldan birini tanlashi, yoki ularni ikkalasidan ham zaruriy paytlarda foydalanishi mumkin. Ammo, shuni alohida ta’kidlash lozimki, soliq kelishuvlarida «soliq krediti» usulidan ko’prok foydalaniladi. Bu holatni xattoki, ichki soliqqa tortish tizimida ko’prok «ozod qilish» usulidan foydalanadigan mamlakatlarda ham kuzatish mumkin. Buning asosiy sabablaridan biri — «soliq krediti» usulida soliqlarni tulashda xalqaro chetga chiqish imkoniyatlarining ancha pastligidir.
Uchinchi bosqichda, hamkor mamlakatlarda soliqqa tortiladigan daromadlarni turlicha aniqlash sababli kelib chiqadigan ikki yoqlama soliqqa tortishga barham beriladi. Bunday ikki yoqlama soliqqa tortish, odatda, soliq organlarining o’z vakolatlari doirasida soliqlarni undirish uchun soliq to’lovchilar daromadlarini qayta taqsimlash bo’yicha xarakatlaridan kelib chiqadi. Aksariyat mamlakatlarda soliq organlariga bunday huquq ichki konunchilikda ko’zda to’tilgan bo’lib, tadbirkorlik daromadlari, foiz va royalti to’g’risidagi kelishuv moddalari bilan tasdiqlanadi.
Ammo, o’z-o’zidan ma’lumki, agar biror mamlakat mahalliy korxonalarga nisbatan soliqqa tortiladigan daromadni yoki biror shaxsni, xorijiy shaxs foydasiga o’tkazgan va xarajat sifatida aks ettirilgan summasini «tiklasa», unda ushbu summani oluvchi xorijiy shaxs daromadlari bo’yicha kerakli o’zgarishlar amalga oshiriladi. Aks xolda, birinchi mamlakat soliq organlarining bunday kvalifikatsiyani inobatga olmasligiga qaramasdan, xorijiy shaxs tomonidan olingan ushbu summa, xorijiy shaxsning daromadi sifatida qaytadan soliqqa tortilishi mumkin.
Soliq kelishuvlari mavjud bulmagan sharoitda, birinchi mamlakatning soliq organlari, soliq to’lovchining bunday daromadlari, ikkinchi davlat xukumati tomonidan daromad sifatida tan olinmaydi va ushbu daromadlarni soliqqa tortish bazasidan chiqarish zarurligi bo’yicha iltimosnomasini ko’pchilik xollarda, kondirmaydi.
Soliq kelishuvlari, ikki yoqlama soliqqa tortishga barham berish maqsadlaridan tashkari, muhim maqsad — soliq tulashdan chetga chiqish holatlariga qarshi kurashni ko’zlaydi. Ushbu soxada soliq kelishuvlari orqali soliq organlari hamkorligining asosi va tartibi belgilab olinadi. SHuning uchun ham, soliq kelishuvlarida daromadlarni yashirishga qarshi, chet elga daromadni yashirin tarzda o’tkazishga qarshi soliq organlarining birgalikdagi kurashi bo’yicha bir kator qoidalar kiritiladi. Bu «doimiy faoliyat yurituvchi tashkilot»ning daromadlarini tartibga solish bo’yicha qoida assotsiatsiyalashgan korxonalar to’g’risidagi modda (bosh kompaniya va filiallar o’rtasida daromadlarni taqsimlash bo’yicha tuzatishlar kiritishga imkon beradigan), alohida munosabatlar tufayli hamkorlar o’rtasida foiz to’lovlari va royalti bo’yicha soliqqa tortiladigan daromadlardagi «xatolarni» to’g’rilash bo’yicha shartlar va boshqalar.
Rezident bilan norezidentning soliqqa tortish yuzasidan farqi shundaki, rezidentlar faqat tegishli davlat rezidenti sanalib, ushbu davlat soliq qonunchiligida belgilangan barcha soliq va boshqa majburiy to’lovni to’laydilar, norezidentlar esa xalqaro miqyosda tadbirkorlik faoliyati yuritishishi natijasida olgan daromadlari bo’yicha ikki marotaba, ya’ni rezident bo’lib hisoblanadigan davlatda va norezident bo’lib hisoblanadigan davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Misol uchun, xorijiy kompaniya O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini olib borishi natijasida O’zbekiston Respublikasidan olgan daromadidan soliq to’lab, kompaniya ro’yhatdan o’tgan mamlakatda ham soliqqa tortiladi. Xuddi shuningdek, O’zbekiston Respublikasi korxonasi boshqa mamlakatda soliqqa tortilishi mumkin.
SHu jihatlarni hisobga olgan holda davlatlar iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va ikki yoqlama soliqqa tortishni oldini olish maqsadida xalqaro shartnomalarni imzolaydilar. Ushbu xalqaro shartnomalarga muvofiq, mazkur ikki davlat korxonalari yoki jismoniy shaxslari soliqqa tortiladi, ya’ni bir davlat boshqa davlat korxonasining olgan daromadlarini xalqaro shartnoma shartlariga muvofiq soliqdan ozod qiladi yoki qisman to’latadi, boshqa davlat esa ushbu to’langan yoki to’lanmagan soliqni hisobga olib o’z mamlakatining soliq qonunchiligiga asosan soliqqa tortadi.
Xozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi ikki yoqlama soliqqa tortishni oldini olish bo’yicha bir qancha mamlakat bilan shartnoma imzolangan. Masalan: (Avstriya, Ozerbayjon, Belarusiya, Belgiya, Bolgariya, Vengriya, Vetnam, Germaniya, Gretsiya, Gruziya, Misr, Isroil, Hindiston, Indoneziya, Eron, Italiya, Qozog’iston, Kanada, Xitoy, Koreya, Quvayt, Qirg’izston, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malayziya, Moldova, Niderlandiya, BAA, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi, Ruminiya, Slovakiya, Buyuk Britaniya, Tailand, Turkmaniston, Turkiya, Ukraina, Finlyandiya, Frantsiya, CHexiya, SHveytsariya, Yaponiya va h.k)
Yuqoridagi xalqaro shartnomalarni joriy etish maqsadida, soliq qonunchiligida O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda to’tilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llanilish qoidasi kiritilgan.
Ushbu ikki yoqlama soliqqa tortishni oldini olish bo’yicha xalqaro shartnomalar faqatgina shartnomada belgilangan soliqlarga (odatda daromad solig’i) joriy etiladi hamda shartnoma shartlariga va tartibiga asosan soliqqa tortiladi.
Bundan tashqari, soliq qonunchiligiga rioya etish masalalarida hamkorlik qilish va o’zaro yordam ko’rsatish maqsadida xalqaro bitimlar qabul qilinadi.
Ushbu bitimlar doirasida soliq idoralari orqali soliq qonunchiligining zarur darajada bajarilishini ta’minlash maqsadida, bir-birlariga quyidagi masalalarda o’zaro ko’mak ko’rsatishi belgilangan:
soliq qonunchiligi buzilishining oldini olish va uni bartaraf etishda;

  • ko’maklashish to’g’risidagi so’rov bo’yicha yoki tashabbus ko’rsatish tartibida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan axborotlarni taqdim etishda;

  • milliy soliq tizimlari va soliq qonunchiligidagi joriy o’zgarishlar to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etishda;

  • soliq idoralari ishini ta’minlovchi kompyuter tizimlarini yaratish va ishlatishda;

  • soliq to’lovchilar va soliq idoralari bilan ishlarni tashkil etish, jumladan soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash bo’yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda;

  • kadrlarni o’qitish va mutaxassislarni ayirboshlash sohasida;

  • birgalikdagi harakatlarni talab etuvchi boshqa masalalar bo’yicha.




1 O'zbekiston Respublikaining 2021 yil 29 dekabrdagi 741-sonl Qonuni

Download 23,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish