Simfillar sinfi – Symphyla. Ancha mayda (8 mm gacha) turlarni o’z ichiga oluvchi, tuproqda, barg va toshlar ostida yashovchi hayvonlardir. Ularning og’iz organlari uch juft jag’lardan iborat. Boshida traxeya sistemasining 2 ta nafas teshigi bo’ladi. Ko’zlari rivojlanmagan. Tana bo’g’imlari 15 ta, yurish oyoqlari 12 juft. Markaziy Osiyo va Janubiy Yevropada keng tarqalgan turi skolopendrella (Scolopendrella immaculata) ning uzunligi 8 mm ga teng.
Pauropodalar sinfi – Pauropoda. Turlari ham juda mayda (1-2 mm) bo’lib, chiriyotgan o’simlik qoldiqlari va tuproqning ustki qatlamida yashaydi. Kenja sinfning 350 dan ortiq turi ma’lum. Kattaligi 1 mm keladigan va Yevropada keng tarqalgan turi Pauropus silvaticus.
Do'stlaringiz bilan baham: |