2,3-Ma`ruza Mavzu AutoCad 2010 dasturidan foydalanish.
REJA:
Loyihalash ishlarini avtomatlashtirish.
AutoCAD 2020 dasturini o’rnatish uchun shaxsiy kompyuter sistemasiga qo’yiladigan talablar:
Operatsion sistema.
Web – brauzer
OZU (operativ xotira)
Video
Qattiq disk (vinchester)
Ko’rsatish qurilmasi
AutoCAD 2020 dasturini shaxsiy kompyuterga o’rnatish va yuklash.
Loyihalash ishlarini avtomatlashtirish.
Autodesk kompaniyasining AutoCAD tizimi hozirgi davrda avtomatik loyihalashning halqaro standarti hisoblanadi. AutoCAD dasturining yaratilganligiga 20 yildan oshgan bo’lsa-da, avtomatik loyihalash dasturlari orasida hozirgacha mashhurligicha qolmoqda. Chunki AutoCAD dasturi mukammal va ommabop dastur bo’lib, u har qanday turdagi sxema va chizmalarni yuqori aniqlikda va sifatli yaratadi, hamda mazkur dasturdan foydalanuvchilarning ijodiy imkoniyatlarini to’la amalga oshirishga yordam beradi. Shu sababli, millionlab mutahassislarning (olimlar, muhandis-tehniklar, talabalar) avtomatik loyihalash sohalarida AutoCAD tizimidan foydalanishlari odatiy holga aylanmoqda.
AutoCAD dasturi 1982 yilda yaratilgan bo’lib, u dastlab faqat MS DOS tizimi uchun ishlab chiqilgan edi. 2000 yildan boshlab grafik yasashlarni avtomatlashtirish asosida loyihalash dasturlari mukammal yaratila boshlandi va hozirgi vaqtda Autodesk kompaniyasi AutoCAD tizimini faqat Misrosoft Windows uchun ishlab chiqmoqda. Loyihalash ishlarini avtomatlashtirish deganda nimani tushunish kerak? Avvalo grafik yasashlarni grafik dasturlarning imkoniyatlari asosida avtomatik aniq bajarish tushuniladi. Zamonaviy AutoCAD (Auto Computer-Aided Design – kompyuter yordamida avtomatik loyihalash) tizimi interfeysi kompyuterning eng zamonaviy vositalari va texnologiyalarining imkoniyatlarini hisobga olgan holda yaratilganligi bois chizma va sxemalarni, loyihalash masalalarini yuqori sifatda bajarilishini kafolatlaydi.
“Kompyuterda loyihalash dasturlari” fani birinchi navbatda informatika fani bilan bog’liqdir. Kompyuterda oddiy operatsiyalar majmuasini bilmasdan turib kompyuter grafikasini o’zlashtirib bo’lmaydi. Demak ta’lim tizimida avval informatika fani talabalar tomonidan o’zlashtirilishi lozim ekan. Keyingi talab o’rganiladigan grafik dasturni talabidan kelib chiqadi. AutoCAD grafik dasturi chizma yaratish bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham chizmachilik, geometriya, chizmachilik fanining nazariyasi hisoblanmish chizma geometriya kabi aniq fanlarni bilishni talab etadi.
AutoCAD tizimida grafik dasturlarning elementlarini ularga mos bo’lgan tayor buyruqlar paketidan foydalanib berilgan o’lchamlarini kompyuterga kiritib, bevosita muloqotlar ketma-ketligi asosida tasvirlar bajariladi. Bunday buyruqlar tarkibiga loyihalash ishlarini avtomatlashtirish uchun qo’shimcha buyruqlar ham kiritiladi.
AutoCAD 2020 dasturini o’rnatish uchun shaxsiy kompyuter sistemasiga qo’yiladigan talablar
Do'stlaringiz bilan baham: |