Zig’ir tola yigirish sistemasi
Lub sanoati to’qimachilik sanoatining muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Uning ahamiyatini zig’ir va lub tolalari ipidan ishlab Chiqarilgan matolarga bo’lgan istemol talablariga qarab bilish mumkin. Bu matolar yuqori Chidamlilikka, gigroskopiklikka ega, yuvishda va dazmollashda yuqori haroratlarga Chidamli, gigienali, yoqimli ko’rinishga va oppoqlikka ega. Issiq havoda zig’ir tolalaridan tayyorlangan kiyimda salqinroq. Lub, ayniqsa zig’ir tolali matolar xo’jalik, texnika va meditsinada keng qo’llaniladi.
Lub sanoatida xom ashyo sifatida tabiiy o’simlik va kimyoviy tolalar ishlatiladi. Lub tolalariga zig’ir tolalari, penka, jut, kanop, kanatnik, manilla, sizal, rami va boshqalar kiradi. Lub tolalari bilan birga quyidagi kimyoviy tolalar ishlatiladi: viskoza, lavsan, nitron, kapron va boshqalar.
BarCha lub tolalari iChida zig’ir tolasi yuqori yigirilish xususiyati bilan ajralib turadi. Undan nam va quruq yigirish usullarida anCha ingiChka ip ishlab Chiqariladi (16,6 dan 300 teks gaCha). Zig’ir tolasi zig’irning mexanik qayta ishlanishiga ko’ra uzun zig’irni savash va g’ijimlash yo’li bilan olingan uzun savalgan tola, va kalta poyali zig’irni va savash Chiqindilarini qayta ishlanganda olinadigan kalta tolalarga bo’linadi.
Savalgan zig’ir tola sifatiga ko’ra 19 navga bo’linadi: 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 1b, 16, 18, 20, 22, 24, 26, 28, 30 va 32. Kalta zig’ir tola nomerlar bilan belgilanadigan 7 navga bo’linadi: 2, 3, 4, 6, 8, 10, 12.
Fabrika va korxonalarga yigirish uchun keltirilgan savalgan zig’ir tolasi bir turli bo’lmagan tolalar bo’ladi. SHuning uchun, zig’ir yigirish fabrikalarida oldin Chiziqiy zichlik, tolasining uzunligi va rangiga ko’ra saralanadi. Tolalarning Chiziqiy zichlik bo’yicha saralanishi ularning ip ishlab Chiqarishda to’g’ri va maqsadga muvofiq ishlatish uchun zarurdir. Tolalarni uzunligi bo’yicha zig’ir tarash va boshqa mashinalarning texnologik parametrlarini to’g’ri tanlash uchun saralanadi. Zig’ir tolasi uzunligi bo’yicha 5 guruhga bo’linadi: 1 – 450 mm dan kalta; 2 – 450 dan 550 mm gaCha; 3 – 550 dan 650 mm gaCha; 4 – 650 dan 750 mm gaCha; 5 – 750 mm dan uzun.
Rangiga ko’ra tolalarni saralash rangi bo’yicha bir xil bo’lgan ip tayyorlash uchun va kimyoviy ishlov berishda aralashmadagai turli komponetnlarning pishiqligini ortiqCha yo’qotmaslik uchun kerak, bunda nam usulda yigirilgan zig’ir ipga ishlov beriladi. Rangiga ko’ra zig’ir 4 guruhga bo’linadi: oCh-kulrang va oCh-tamaki ran, qora va tamaki rang, sariq, qoramtir va yashil rang.
Savalgan zig’ir va kalta zig’ir tolasi uCh yigirish sistemasida ishlatiladi: karda tarashsiz qayta tarash (zig’irli); karda (tarandili) yigirish sistemasi va karda tarash bilan qayta tarash
Савалган зиғир
Зиғирни саралаш
Эмульсирлаш
Қисмларга бўлиш ва қоплаш
Зиғиртараш машинаси
Таранди
Калта тола
Таралган зигир
Толани тарашга тайёрловчи агрегат
Автомат тақсимловчи машина
Карда тараш машинаси
Пилталаш ҳайдаш машина
Пилталаш машинаси
(3-4 ўтимларда)
Пилталаш машинаси
вовничная машина
бовничная машина
аовничная машина
Нам усулда йигириш машинаси
Қуруқ усулда йигириш машинаси
Пиликлаш машинаси
Пиликлаш машинаси
Пиликлаш машинаси
Қуруқ усулда йигириш машинаси
Нам усулда йигириш машинаси
Нам усулда йигириш машинаси
Қуруқ усулда йигириш машинаси
Пилталаш машинаси
(2-3 ўтимларда)
Пилталаш машинаси
(3-4 ўтимларда)
Қайта тараш машинаси
Do'stlaringiz bilan baham: |