450-500mm /zangori/ ; 500-550mm /yashil/. 540-590nm /sariq/ ; 590-610mm /to‘q sariq/ . 610-780mm /qizil/ Ko‘rish analizatori ma’lum spektr sezgirligiga ega. Ko‘zimiz, kunduzi ko‘proq sariq ranglarni, kechqurun va kechasi yashil-zangori ranglarni sezadi. Ko‘rgan narsamiz ma’lum bir vaqtgacha o‘zi yo‘q bo‘lsa ham saqlanadi. Bu ko‘rish inersiyasi turli tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra 0,1-0,3 s davom etadi.
Ob’ekt yo‘qolgandan keyin ham uni his qilish izchil obraz deyiladi. Ob’ektga qisqa, juda katta yorqinlik berilsa, u qorong‘idan bir necha marta, tez izchillikda ajralib chiqadi.Uncha katta bo‘lmagan yorqinliklarda esa 0,5-1,5s lar orasida teskari izchil obraz seziladi, ya’ni uning oq joylari qora, qora joylari oq bo‘lib ko‘rinadi. YOrug‘likning lipillab turishi ham ko‘zga salbiy ta’sir qiladi. SHuning uchun yorug‘lik oqimi lipillashining opti-mal qiymati 3-10 Gs bo‘lgani maquldir. Ko‘rish inersiyasi stroboskopik effekt paydo qiladi. Bunda harakat illyuziyasi kuzatiladi. Ikki va uch o‘l-chamli fazoda ko‘rish maydoni va ko‘rish chuqurligi tushunchalari kiritiladi. Ko‘rish chuqurligi fazoni sezish bilan bog‘liq. Uzoqlikni sezishda 30 m gacha bo‘lgan oralikda ko‘zning xatosi o‘rta hisobda 12 % gachadir.
Operatorning funksional holati va mehnat xavfsizligi. OFH - ish faoliyatini bevosita yoki bilvosita belgilaydigan sifat va funksional holatning o‘zgarishi. Operatorning ish jarayonida ishchanlik-ning o‘zgarishi quyidagi bir necha fazalarda kechadi:
1. Safarbarlik holati. Markaziy asab sistemasining tonusi oshadi va qator a’zo va sistemalarning funksional aktivligi ortadi. Bu holat kelgusi ishni o‘ylash va fikrlash bilan jamlanishda ifodalanadi.
2. Dastlabki reaksiya fazasi deyarli barcha funksional holatlarni biroz pasayishi bilan xarakterlanadi. Bir necha minut davom etadi. Bunday holat markaziy asab sistemasiga kelayotgan ta’sirlarning (qitiqlovchilarning) harakteri o‘zgarishi natijasida tashqi tormozlanish tufayli bo‘ladi.
3. Giperkompensatsiya fazasi-bu birinchi fazaning davomi. Bu fazada kishi topshirilgan konkret vazifaning eng qisqa va qulay rejimiga ko‘nikma hosil bo‘ladi.
4. Kompensatsiya fazasi-bu fazada organizm barcha azolari va sistemalari-ning eng maqbul rejimi o‘rnatiladi, ko‘rsatkichlar barqarorlashadi.Ishning bu davrida samaradorlik maksimal qiymatga erishadi. Ushbu fazani maksi-mal darajada cho‘zishga harakat qilish kerak.
5. Subkompensatsiya fazasi ishning ma’lum jadalligi va davomiyligida fiziologik reaksiyalarining yuqori sathi biroz pasayadi, funksional holat ko‘rsatkichlari yomonlashadi.
6. Dekompensatsiya fazasi. Bu fazada organizmning funksional holati tez yomonlashadi. Eng muhimi, ish uchun eng zarur funksiya bo‘lmish-koordinatsiya aniqligi o‘zgaradi.
7. Muvaffaqiyatsizlik fazasi - boshqaruvchi mexanizmlarning ishi ancha buzilishi kuzatiladi.Subkompensatsiya fazasidan boshlab charchashning o‘ziga xos holati kuzatiladi. CHarchashning rivoj olishiga xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari hamda mehnat va dam olish rejimining buzilishi kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Foydalanuvchining grafik interfeysi(graphicaluserinterface, GUI): Monitorning elementlarini taqdim etuvchi dasturiy funksiya; Dialogli interfeys;
Yagona tilli interfeys: foydalanuvchi dastur bilan uning ona tilisida “gaplasha oladi”.