22-вариант Pulning mohiyatini namoyon bo’lish shakllari Oltinni demonetizatsiya qilinishi



Download 28,96 Kb.
Sana13.06.2022
Hajmi28,96 Kb.
#665153
Bog'liq
22-variant Mirhaydarov M


22-вариант
1. Pulning mohiyatini namoyon bo’lish shakllari
2. Oltinni demonetizatsiya qilinishi
3. Hujjatlashtiriligan akkreditivlarning turlari

1. Pulning mohiyatini namoyon bo’lish shakllari
Pul — bu umumiy ekvivalent sifatida qo‘llaniladigan universal
tovarning alohida turi bo‘lib, boshqa barcha tovarlarning qiymati u
orqali ifodalanadi. Pul ayirboshlash, to‘lov, qiymatni oMchash, boylikni
to ‘plash vositasi funksiyalarini bajaradigan noyob tovardir. Hozirgi
iqtisodiyotda pul muomalasi amalda tovarlarning hamma turlari
muomalasining o'zgarmas sharti hisoblanadi. Pul tufayli tovarlarni
qiyoslash, ayirboshlashda zarur bo'ladigan qiymatning yagona mezoniga
ega bo‘lish mumkin.
Pul — bu boshqa ne’matlarning qimmatini o‘lchash vositasi (umumiy
ekvivalent) yoki ayirboshlashda hisob-kitoblarni amalga oshirish
vositasi (ayirboshlash vositasi) funksiyalarini bajaruvchi n e ’matdir.
Pul — bu mutloq likvidlilikka ega bo'lgan ne ’matdir. Pul — bu
iqtisodiy kategoriya bo‘lib, odamlar o‘rtasidagi munosabatlar unda
namoyon b o ‘ladi va uning yordamida quriladi. Pulning maqsadi
bozorga oid o ‘zaro harakatlarning transaksion xarajatlarini tejashdan iborat.
Awalo, sotib olinadigan ne’matlarning turlari va miqdorini, bitimni
amalga oshirish vaqti hamda joyini, shuningdek, bitim b o ‘yicha
kontragentlarni tanlashdagi chiqimlarni tejashga pullar yordamida
erishiladi. Barterli (mavozali) iqtisodiyotda bunday chiqimlar shunchalik
ko‘p bo‘lishi mumkin ediki, bu amalda har qanday ayirboshlash
harakatlarini amalga oshirishni istisno qilib, mehnat taqsimoti eng
kam miqyos kasb etgan bo‘lardi va faoliyatning ko‘pgina turlari aslida
vujudga kelmas edi. Aks holda shunday bir iqtisodiyot tashkil topgan
bo‘lardiki, unda, masalan, sochini oldirmoqchi bo‘lgan iqtisodchi
iqtisodiyot bo‘yicha m a’ruza tinglamoqchi bo‘lgan sartaroshni izlashiga
to‘g‘ri kelardi. Aytaylik, yangi palto tiktirmoqchi bo‘lgan aktyor buning
uchun uning filmlarda o ‘ynagan rollari bilan qiziquvchi tikuvchini
topishi kerak bo‘lardi va hokazo. Pulllar potensial sheriklar xohishistaklarining
shu tarzda juftlik holdagi mos kelishi zaruratini bartaraf
etadi va bitimlarni amalga oshirish joyi hamda vaqtini, ayirboshlanadigan ne’matlar sifati va miqdorini, bitim bo‘yicha sheriklarni
qayishqoqlik bilan tanlashga imkon beradi va hokazo.
Ne ’matlar qimmatini oichashdagi chiqimlarning katta qismi pullar
yordamida tejaladi. Umumiy ekvivalent xususida kelishuvga erishilgan
iqtisodiyotda individlar ayirboshlanadigan proporsiyalarni osonlik bilan
tuzishi mumkin. Agar ikkita tovarning narxi ma’lum bo‘lsa, unda
ularning nisbiy qimmati ham aniq bo'ladi.
Shuni ta ’kidlash zarurki, tovar ayirboshlash munosabatlari ular
paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab bozorda umumiy ekvivalent bo‘la
oladigan, hamma uchun maqbul qulay tovarni izlashni obyektiv
ravishda taqozo etgan. Ma’lumki, turli davrlarda metallar — bronza,
temir, mis, kumush, oltin ana shunday ekvivalent bo'lgan. Oldiniga
ular taqinchoqlar, qurollar, mehnat quroPari va ko'pincha tasodifiy
shakldagi va miqdorlardagi kam ishlov berilgan metall parchalari
shaklida qo‘llanilgan. Ular baisoklar, novdalar, plastinalar va yombilardan
iborat bo'lgan. Yombilar bilan hisob-kitob qilish uchun ularni
tarozida tortishga to ‘g‘ri kelgan, lekin ko‘pincha yombilarni birmuncha
kichikroq boiaklarga bo'lish zarurati vujudga kelgan.
Universal hisob-kitob ekvivalentiga b o ‘lgan ehtiyoj eramizdan
oldingi VIII asrdayoq kafolatlangan vaznli va larkibli standartlashtirilgan
yombilar paydo bo‘lishiga olib keldi. Birmuncha keyingi
davrlardagi yombilarning ayrim turlari ularni bo‘laklarga bo‘lishda
qulay bo'lishi uchun belgili kertiklar bilan yasalgan. Biroq, bunday
takomillashtirishlar baribir savdogarlarni hisob-kitoblarni amalga
oshirishda yombilar va ularning boiaklarini tortib ko'rish zaruratidan
xalos etmagan.
Ma`lumki, pul tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning uzoq vaqt rivojlanishi natijasida vujudga keldi. R.Kruzo ta`kidlaganidek, faqat tovar ishlab chiqarish bor joyda pul kerak, yakka odamga pulni keragi yo`q. Pulni tovar ayirboshlashni o`zi yaratdi.
Birinchi yirik mehnat taqsimoti, ya`ni chorvachilikdan dehqonchilikni ajralib chiqishi va shu munosabat bilan tovar xo`jaligining rivojlanishi tufayli mahsulot qiymatining ifodasi bo`lmish pulni keltirib chiqardi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi, tovar turlarining ko`payishi almashuv jarayonining yanada rivojlanishini taqozo qildi. Almashuv jarayonida tovar egalari o`zaro muloqotda bo`lib, tovarning egasi o`z mahsulotini (mulkini) baholagan. Shu baholash jarayoni biror o`lchov birligi bo`lishini taqozo qilgan. Tovar muomilasining ekvivalent rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har xil tovarlar o`ynagan. Har bir jamoa o`z tovarini ekvivalent sifatida o`rtaga qo`ygan. Lekin jamiyat taraqqiyoti shu tovarlar ichidan pulni tovarlarning tovari deb e`tirof etgan.

  1. Pul – bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo`lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o`zida aks ettiradi va tovar xo`jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi.

  2. Bu ta`rif pulni quyidagi xususiyatlarini o`zida ifodalaydi:

  3. Pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi.

  4. Pul – bu umumiy ekvivalent – yagona tovar bo`lib qolgan tovarlar qiymatini o`zida ifoda qilishi.

  5. Pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat va boshqa xarajatlarni o`zida ifoda qilishi.

  6. Pulning har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda kishilar o`rtasidagi yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda qilishi va boshqalar (pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo`lishi).

Pulning muhim xususiyati shundaki, u ham boshqa tovarlar singari qiymatga va iste`mol qiymatga ega bo`lishi bilan birga boshqa barcha tovarlarga qarama-qarshi turadi. Bu bir tomonda pul, ikkinchi tomonda boshqa tovarlar.
Pulning iste`mol qiymati shuki u o`z funksiyasini bajarib iqtisodiyot mushkulini oson qiladi (vositachi sifatida). Pulning qiymati (qadr qiymati) deganda pul birligining xarid qilish qobiliyati, ya`ni unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish mumkinligi tushuniladi. Pulni qiymati metal pulni zabt etish yoki qog`oz pulni bosib chiqarish xarajatlarini bildirmaydi. Bu xarajatlar pul qiymati emas, balki pulni muomilaga kiritish sarflaridir. Pulni qiymati narxga bog`liq, narxlar ko`tarilib, ketsa, uni qiymati (qadri) pasayadi va aksincha. Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy, eng tushunarli bo`lib hisoblanadi. Insoniyatning butun yutuqlari ham, fojialari ham pul bilan bog`liqdir. Inson faoliyatini eng muhim xarakatga keltiruvchi kuchlardan biri pul bo`lib kelgan va shunday bo`lib qoladi.
Taniqli davlat arboblaridan biri ta`kidlaganidek, «Davlatni o`rni uni qancha soldati yoki pushkalarini qudrati bilan emas, balki milliy valyutaning mustahkamligi bilan belgilanadi». Bunga shuni qo`shimcha qilish mumkinki, korxonaning mavqi unda necha kishini ishlashi, ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori bilan emas, balki uning moliyaviy barqarorligi bilan belgilanadi. Yaxshi ishlayotgan pul tizimi jamiyatning barcha imkoniyatlaridan to`liq foydalanish imkoniyatini beradi, aksincha yomon ishlayotgan pul tizimi pul muomilasini izdan chiqarib ishlab chiqarish darajasidagi keskin pasayishlar, iqtisoddagi bandlikka va bahoga, pulni sotib olish qobiliyatini pasayishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Tarixiy manbalarga ko`ra birinchi qog`oz pullar XII – asrda Xitoyda chiqarilgan. Shuning bilan birga 700 yillarda kumush tangalar chiqarilgunga qadar Buxoro davlatida qog`ozdan pul sifatida foydalangan. Umuman tarixda birinchi tangalar VII – asrda kichik Osiyodagi Lidiya mamlakatida zabt etilgan.
Qog‘oz pullar — toiaqonli pullarni taqdim etuvchi pul belgilaridir.
Tarixiyjihatdan olganda, qog'oz pullar metall pullar muomalasi asosida
kelib chiqqan. Ular bundan oldin muomalada bo‘lgan kumush yoki
oltin tangalarining o ‘rniga tatbiq etilgan. Pullar tovarlarning ayirboshlanishida
vositachi b oiib hisoblanadigan voqelikning o ‘zi, pullarning
muomala vositasi sifatida faoliyat yuritishi obyektiv tarzda toiaqonli
pullar o'rniga chiqarilgan pul belgilarining muomalasi mumkin ekanligini
tasdiqladi. Kumush va oltin tangalar ishlatib kelingan ko‘p asrlik tarix
mobaynida siyqasi chiqqan va o ‘z shaklini yo'qotgan, ya’ni real
og‘irligi kamroq boigan tangalar muomalada toiaqonli tangalar bilan
bir qatorda amal qilishi va xuddi shunday qiymatni ifodalashi qayd
qilindi. Bu metall tangalarni amalda hech qanday qiymatga ega
boimagan qog‘oz pullar bilan almashtirish haqidagi fikrga olib keldi.
Ilk qog‘oz pullar eramizning XIT asrida Xitoyda, Yevropa va
Amerikada esa — faqat XVTI—XVIII asrlarda paydo boidi. Rossiyada
qog'oz pullar (assignatsiyalar) 1769-yilda joriy etilgan.
Qog‘oz pullarning mohiyati shundan iboratki, ular pul belgilari
hisoblanadi va, odatda, metallga ayirboshlanadi. Shuning uchun qog‘oz
pullar muomalada vakillik qiymatiga ega b o iad i va xarid qilish hamda
toiov vositasi rolini bajaradi. Qog‘oz pullarni kirn chiqarish huquqiga ega? Davlatning moliya muassasasi yoki markaziy banklar qog‘oz pullarning emitentlari
boiishadi. Davlatning moliya muassasasi qog‘oz pullarni chiqarishdan
bevosita o'z xarajatlarini qoplash uchun foydalanadi. Markaziy banklar
esa bu ishni bilvosita bajaradi, ya’ni ular almashtirilmaydigan banknotalarni
chiqaradi va ularni davlatga ssudaga taqdim etadi, davlat bunday banknotalarni o ‘zining budjet xarajatlari uchun yo‘naltiradi. Shuni qayd qilish zarurki, qog‘oz pullarning iqtisodiy tabiatiga ko‘ra ularga muomalaning beqarorligi va qadrsizlanish xosdir. og‘oz pullar emissiyasi miqdorlari, afsuski, tovar va to io v
aylanishlarining pullarga bo‘Igan ehtiyoji bilan bog‘liq emas. Ular, odatda, davlat xarajatlarini moliyalashtirish, budjet taqchilligini qoplash uchun chiqariladi. Bu shuni anglatadiki, pullarning aylanishiga doimiy ehtiyoj bo‘lganida yoki hatto u kamayganida ham davlatning pul mablagiariga boigan ehtiyojlari u yoki boshqa sababga ko‘ra o‘sishi mumkin. Bunday holda qog‘oz pullar massasining ko‘payishi qog'oz pullarning haddan ortiq chiqarilganligini bildiradiki, bu pullarning
qadrsizlanishiga olib keladi. Qog'oz pullarning haddan tashqari ko‘p
emissiyasi bilan b o g i iq b o ig a n bunday pullarning inflatsion qadrsizlanishi buning tipik ko‘rinishidir. Qog'oz pullarning qadrsizlanishi, to io v balansining yaxshi emasligi (mamlakat chet ellardan o'zi amalga oshirgan toiovlarga nisbatan kamroq toiovlarni oigan), illiy valuta kursining pasayishi bilan ham bogiiq boiishi mumkin. Buning oqibatida qog'oz pullarga ularning tabiatiga ko'ra beqarorlik
xos b o ia d i . Bunday sharoitda qog'oz pullar, shubhasiz, xazina funksiyasini bajarishga yaroqsiz boiadi. Qog'oz pullarga xos b o ig a n kamchiliklar kredit pullarning qoilanilishi tufayli birmuncha bartaraf etilishi mumkin.

2. Oltinni demonetizatsiya qilinishi


To‘rtinchi jahon valuta tizimi Yamayka davlatining Kingston
shahriida, 1976-yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan davlatlararo kelishuv
natijasida yuzaga keldi va 1978-yilning aprelida ratifikatsiya
qilindi.
To‘rtinchi jahon valuta tizimining muhim natijalari quyidagilardan
iborat:
- oltinni demonetizatsiya qilish rasman tugallandi;
- qat’iy belgilangan kurslar rejimi bekor qilindi; - oltin-deviz standard SDR standard bilan almashtirildi;
- XVFning valuta munosabatlarini erkinlashtirishga ko‘maklashishini
kuchaytirish belgilandi.
Jahon valuta tizimining elementlari:
- zaxira valutalar, xalqaro hisob birliklari — zaxira valutalar
sifatida AQSh dollari, yevro, Buyuk Britaniya funt sterlingi va Yaponiya
iyenasi tan olinadi. Xalqaro hisob birligi sifatida SDRni
ko'rsatish mumkin. SDR valuta savatida 2006-2010-yillarda AQSh
dollarining ulushi 44,0 %ni, yevroning ulushi 34,0 %ni, funt
sterlingning ulushi 11,0 %ni, iyenaning ulushi esa 11,0 %ni tashkil
etgani holda,ushbu tarkib 2011-2015-yillarda 41,9, 37,4, 11,3 va 9,4
nisabatda boiishi kutilmoqda (13.1 -jadval);
- valutalarni o‘zaro konvertatsiyalash shartlari — faqat ichki
konvertatsiyaga ega boigan valutalar, ichki va tashqi konvertatsiyaga
ega boigan valutalar;
- valuta paritetlarining umumlashtirilgan rejimlari - valuta paritetlari
milliy valutalarning xarid qobiliyatini yetakchi valutalardan
birining toiov qobiliyatiga nisbatan hisoblash keng qoilanmoqda;
- valuta kursi rejimlarini tartibga solish — qat’iy belgilangan
kurslar rejimi barham topdi va davlatlarga erkin suzish rejimidan foydalanish
tavsiya etildi;
- valutaviy cheklashlami davlatlararo tartibga solish - XVF jo riy
operatsiyalar bo‘yicha valuta cheklovlarini olib tashlashni talab
qiladi;
- xalqaro valuta likvidlikni davlatlararo tartibga solish — xalqaro
valutaviy likvidligi past boigan davlatlarga XVF imtiyozli kreditlar
bermaydi va ularga texnik yordam ko‘rsatadi;
- xalqaro kredit muomala vositalaridan foydalanishning umumlashtirilgan
tartibi — xalqaro Jeneva konvensiyalari, akkreditiv va inkassa
bo‘yicha umumlashtirilgan qoidalarda o ‘z ifodasini topgan;
- xalqaro hisob-kitob shaldlarini umumlashtirish — xalqaro
hisob-kitob shakllari ikki yirik guruhga bo‘linadi: sof to‘lovlar va
hujjatlashtirilgan to‘lovlar;
- xalqaro valuta va oltin bozorlarining rejimi — xalqaro
valutava oltin bozorlari valutaviy cheklashlar mavjud bo‘lmagan
davlatlarda joylashgan va ularda erkin savdo amalga oshiriladi;
-- valuta munosabatlarini tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlar
—XVF, Jahon banki guruhi, Xalqaro hisob-kitoblar banki bu sohada
nufuzli xalqaro moliya institutlari hisoblanadi.
Jahon valuta tizimida oltin uzoq vaqt mobaynida muhim o ‘rin
egallab kelgan. Zamonaviy jahon valuta tizimining muhim xususiyatlaridan
biri — bu oltinning to‘liq demonitarizatsiyasidir. Shunga
qaramasdan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida oltin
xalqaro valuta bozorlariga va valuta tizimlariga jiddiy ta ’sir
ko‘rsatmoqda.
Yamayka jahon valuta tizimida oltinni demonetizatsiya qilish jarayorii
nihoyasiga yetkazildi. Buning ma’nosi shuki oltindan xalqaro
to'lov vositasi sifatida to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanish taqiqlandi.
Oltinni jahon oltin bozorlarida sotish va undan tushgan valuta tushumi
hisobidan majburiyatlarni bajarishga ruxsat berildi.
Ammo bu bilan oltinga bo‘lgan talab yo‘qolmadi. Oltin o'zining
noyob metall va jozibador jamg‘arma vositasi sifatidagi ahamiyatini
saqlab qoldi. Oltin ijtimoiy boylikni moddiylashtirish vositasi bo‘lib
qolaverdi, jumladan, iqtisodiy inqirozlar sharoitida oltinga bo‘lgan
talab kuchayadi va oltin juda yirik miqdorda sotib olinadi. Oltinning
xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ahamiyatini tavsiflovchi muhim
jihatlardan yana biri — uning xalqaro kreditlar uchun yuqori likvidli
garov obyekti ekanligidir. Bundan tashqari oltin markaziy banklarning
asosiy aktivlaridan biri hisoblanadi va muomaladagi pul massasini
tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi.
Tahlillar, yetakchi rivojlangan mamlakatlarda oltinning rasmiy
mamlakat oltin-valuta zaxiralaridagi ulushi 70 %dan kam emasligini
ko‘rsatmoqda (13.2-jadval).
2000—2011 -yillarda oltin bahosining tebranish darajasi sezilarli
darajada yuqori bo‘lgan. Bu esa, oltindan xalqaro valuta munosabatlarida
foydalanishda sezilarli muammolarni keltirib chiqardi. Masalan,
oltindan xalqaro kredit berishda garov sifatida foydalanilganda,
oltinni sotishdan olingan tushum uning bahosi tushib ketishi natijasida,
kreditni va unga hisoblangan foizni qoplashga yetmasligi
murrkin.
Xulosa qilib aytganda, oltinni demonetizatsiya qilish jarayoni
tugallangan bo'lishiga qaramasdan, oltin xalqaro valuta munosabatlarini
rivojlantirishda muhim rol o ‘ynamoqda va o ‘zining ijtimoiy
boylikni moddiylashtirish obyekti sifatidagi jozibadorligini saqlab
qoldi.
3. Hujjatlashtiriligan akkreditivlarning turlari

Dunyo miqyosida xalqaro valyuta-kredit munosabatlari sohasida jiddiy, olamshumul oʼzgarishlar yuz bermoqdaki, mazkur holat halqaro valyuta-kredit munosabatlariga bagʼishlangan yangi ilmiy tadqiqotlar olib borish, darsliklar va oʼquv qoʼllanmalar yozish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. Masalan, 1930 yildan buyon amal qilib kelayotgan Hujjatlashtirilgan akkreditivlar boʼyicha xalqaro umumlashtirilgan qoidalarning (UCP 500) oʼrniga yangi UCP 600 qoidasi yuzaga keldi. Bundan tashqari, yevroning muomalaga kiritilishi xalqaro valyuta munosabatlari tarkibida yangi tarkibiy oʼzgarishlarning paydo boʼlishiga sabab boʼldi. Shuningdek, 2008 yilda yuz bergan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi derivativlarning xalqaro miqyosdagi harakatini tartibga solish mexanizmini yaratish zaruriyatini yuzaga keltirdi.


Xalqaro valyuta qonunchiligining muhim tarkibiy qismi boʼlib, Xalqaro umumlashtirilgan qoidalar va konventsiyalar hisoblanadi.
Xalqaro umumlashtirilgan qoidalar:
* Hujjatlashtirilgan akkreditivlar boʼyicha xalqaro umumlashtirilgan qoidalar (UCP 500; UCP 600)
*Inkasso boʼyicha umumlashtirilgan qoidalar
*Shartnomaviy kafolatlar boʼyicha umumlashtirilgan qoidalar
Xalqaro konventsiyalar:
*Xalqaro oddiy va oʼtkazma veksellar muomalasi boʼyicha xalqaro konventsiya
*BMTning yuklarni dengiz orqali tashish konventsiyasi
*Аrbitraj sudlari qarorlarini ijrosini taʼminlash boʼyicha xalqaro konventsiya
Oʼzbekiston 2003 yil 8 oktyabrida XVF kelishuvlar moddasining 8-moddasi boʼyicha majburiyatlarni qabul qildi. Ushbu majburiyatlar 2003 yil 15 oktyabrdan boshlab kuchga kirdi.
Oʼzbekiston Respublikasi hukumati Xalqaro Valyuta Fondi Nizomi VIII-moddasining 2 boʼlim a-bandi, 3 va 4-boʼlimlari boʼyicha belgilangan majburiyatlarni qabul qildi. Ushbu majburiyatlar soʼmni toʼlov balansining joriy operatsiyalari boʼyicha xorijiy valyutalarga erkin almashtirishni oʼz ichiga oladi. VIII-moddaning 2 boʼlim a-bandiga muvofiq, mamlakatimiz hukumati joriy operatsiyalar boʼyicha valyutaviy cheklashlarni joriy qilishga haqli emas. Ushbu moddaning 3-boʼlimiga muvofiq, Oʼzbekiston
hukumati diskriminatsion valyuta siyosatini amalga oshirishga haqli emas.
Nihoyat, VIII-moddaning 4-boʼlimiga muvofiq, boshqa davlatlar tomonidan
taqdim etilgan soʼmlar yo oʼsha mamlakatning milliy valyutasiga yoki SDRga
konvertatsiya qilib berilishi lozim. Аmmo 2003 yilning 15 oktyabriga qadar
olingan soʼmlar boʼyicha Oʼzbekiston hukumati VIII-moddaning 4-boʼlim
majburiyatlarini oʼz zimmasiga olmaydi. Bundan tashqari, xorijiy
davlatlarinng fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan ishlab topilgan
soʼmlar faqat joriy operatsiyalardan ishlab topilgan boʼlishi kerak.
Taʼminlanmagan hujjatlashtirilgan akkreditivlar vositasidagi xalkaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
Bu yerda:
1-tashqi savdo shartnomasini imzolash;
2-importyor oʼzining bankiga hujjatlashtirilgan akkreditiv ochish toʼgʼrisida ariza beradi;
3-importyorning banki eksportyorning bankiga, akkreditiv ochilganligi toʼgʼrisida xabardor qilish uchun, akkreditiv telegrammasini joʼnatadi;
4-eksportyorning banki eksportyorni akkreditiv ochilganligidan xabardor qiladi;
5-eksportyor tovarlarni importyorga joʼnatadi;
6-eksportyor tovarlar bilan bogʼliq barcha hujjatlarni oʼzining bankiga joʼnatadi;
7-eksportyorning banki hujjatlarni importyorning bankiga joʼnatish uchun qabul qilib oladi;
8- eksportyorning banki hujjatlarni importyorning bankiga toʼlov uchun joʼnatadi;
9-importyorning banki akkreditiv soʼmmasini deponentlangan mablagʼ hisobidan toʼlab beradi;
10-importyorning banki hujjatlarni importyorga beradi;
11-importyorning banki eksportyorning bankini 10-operatsiya bajarilganligi toʼgʼrisida yozma ravishda xabardor qiladi;
12-eksportyorning banki akkreditiv soʼmmasini eksportyorning joriy hisobraqamiga oʼtkazadi;
13-eksportyorning banki eksportyorning joriy hisobraqamidan koʼchirma beradi.
Yukoridagi shakldan kurinadiki, xujjatlashtirilgan akkreditivlarda tovarlar bilan boglik xujjatlar importyorga fakat tulov amalga oshirilgandan keyin beriladi. Bundan tashkari, importyorning banki tulov uchun kafil xisoblanadi. Shu sababli, taʼminlanmagan xujjatlashtirilgan akkreditivlar eksportyorlar uchun xalkaro xisob-kitoblarning kulay shakli xisoblanadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda xalkaro hisob-kitoblarning taʼminlangan akkreditiv shaklidan keng foydalanialdi. Buning sababi shundaki, ushbu davlatlar xalqaro Bazel qoʼmitasining ekspertlari va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori riskli zona sifatida eʼtirof etiladi. Shu sababli, ushbu mamlakatlar bilan boʼladigan xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ular toʼlovlar kafolatlangan va toʼlov kafolatini taʼminlash imkoniyati yuqori boʼlgan xalkaro hisob-kitob shakllarini qoʼllaydilar. Hujjatli akkreditiv xalkaro hisob-kitoblarning ana shunday xususiyatlarga ega boʼlgan shakli hisoblanadi.
Xujjatlashtirilgan akkreditivlarning taʼminlanganlik shaklida toʼlov soʼmmasi alohida hisobraqamda deponent qilinadi yoki oldindan eksportyorning bankiga yetkazib beriladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning bank amaliyotida esa, hujjatli akkreditivlarning taʼminlanmaganlik shaklidan keng koʼlamda foydalanilmoqda. Bunda akkreditiv soʼmmasi alohida balans hisobraqamida deponent qilinmaydi, toʼlov uchun kafillikni esa, importyorning banki oʼz zimmasiga oladi.
Download 28,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish