Morfologik metod. Virus va hujayra orasidagi munosabatni o’rganganda yirik viruslarni (m., faglarni va hayvon viruslarini) yelektron mikroskop ѐrdamida ham o’rgansa bo’ladi.
Radioaktiv metod. Viruslarni qaysi qismi hujayraga kirishi 1952 yilda Xershi va Cheyz tomonidan o’rganilgan. Ular T2 fagini o’rganishadi. Ichak taѐqchasini radioaktiv R32 ѐki S35lik oziqa muhitida o’stirishadi. Nishonlangan fosforli oziqa muhitida o’stirilganda fagning nuklein kislotasi, radioaktiv oltingugurtli muhitda o’stirilganda – oltingugurt tutuvchi aminokislotali oqsil nishonlanadi.
Nishonlangan fag ichak taѐqchasining suspenziyasi bilan aralashtiriladi. Adsorbtsiyalangan fagli hujayralarni kichik aylanish tezligida sentrifugalab ajratib olinadi, so’ngra bu hujayralarni radioaktiv bo’lmagan oziqa muhiti bilan suyultiriladi va ma’lum vaqtdan so’ng Uoring blendorida (gomogenizatorida) kuchli tezlikda chayqatib aralashtiriladi, bu holatda hujayraga kirib ulgurmagan fagning qismlari ajralib chiqadi. So’ngra hujayralar yana sentrifugalab ajratib olinadi va ularni blyashka hosil qilishi aniqlanadi. Eng asosiysi cho’kmausti suyuqligida va hujayrada ayrim nishonlangan fosforni va ayrim nishonlangan oltingugurtni aniqlanadi. Blendorda kuchli aralashtirilishiga qaramasdan barcha hujayralar fag bilan kasallanadi va ularni fag reproduktsiya qilish qobiliyati saqlanib qoldi. Oltingugurtni 75-80 % cho’kma usti suyuqligida yekanligi aniqlandi. Bundan ko’rinadiki, fag oqsilining asosiy massasi hujayraga kirmaydi va infektsion jaraѐnning rivojlanishiga kerak yemas yekan. Ammo radioaktiv fosfornining asosiy massasi hujayradan ajralmaydi, demak, DNKning asosiy massasi hujayraga kirar yekan. Shunday qilib, DNK ning asosiy qismi yangi fag zarralari avlodini hosil bo’lishini induktsiya qiladi. Hozirgi kunda fag bakteriyaga yuqtirilganda hujayraga asosan DNK va yehtimol ichki oqsil nomini olgan oqsil ham kiradi deb qabul qilingan. Fag oqsilini asosiy qismi hujayra devorining tashqi tomonida qoladi.
Xershi va Cheyzlar ishining asosiy mohiyati shundan iboratki, ular viruslarni hujaraga kirish mexanizmlarini aniqladilar, ikkinchidan esa birinchi marta virusning yuqumliligini boshlanishiga ma’sul nuklein kislota yekanligi aniqlandi. Ularning bu ishlari Shramm, Frenkel-Konrat va ularni hamkasabalari tomonidan TMV ning toza preparatlaridan nuklein kislotalarini ajratib olishadi va RNK ni o’simlikga yuqtirilganda o’simlikda xuddi virus hosil qilgan simptomlarni hosil bo’lishi kuzatildi. Xershi i Cheyz metodi bilan nuklein kislotani genetik informatsiyani tutishi va u hujayralarni kasallantirishida asosiy rol o’ynashi konuniyatni tasdiqlanadi, ammo uni universal yemasligi aniqlanadi. M, ipsimon fd bakteriofagini hujayra ichiga ham nuklein kislotasi, ham oqsili kirishi hamda Senday virusining ichki nukleoprteidi hujayraga kirishi isbotlanadi. Elektron mikroskop ѐrdamida ba’zi yirik hayvon viruslari morfologiyasi o’zgarmagan holda kirishi isbotlandi.
Shunday qilib kasallangan hujayraga albatta nuklein kislota kiradi. Ba’zi holatlarda oqsildan xoli bo’lgan nuklein kislota kirsa, boshqa holatlarda hujayraga nuklein kislota bilan birga oqsilni asosiy qismi, yana boshqa holatlarda virus zarrasini qisman o’zgargan ѐki butunlay o’zgarmagan holatda kirishi isbotlanadi.