22-mavzu Viruslar diagnostikasi Reja


Pinotsitoz va va unga o’xshash mexanizmlar



Download 90,79 Kb.
bet4/8
Sana14.06.2022
Hajmi90,79 Kb.
#668524
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
22-mavzu

Pinotsitoz va va unga o’xshash mexanizmlar.
Hayvon hujayralarida ayrim o’ziga xos mexanizm bo’lib virusni hujayraga kirishida katta rol o’ynaydi. Bu pinotsitoz bo’lib, hujayra atrofi muhitidagi zarralarni zabt etadi (―yutadi‖). Bunda hujayra membranasi hujayra ichiga botib kiraboshlaydi. Virus hujayra membranasiga adsorbtsiyalangan ѐki hujayra atorofida yerkin xolda bo’lsa pinotsitoz natijasida hujara ichiga kirib qoladi. Pinotsitoz vakuolasi hujayra ichida harakatlanib yadrogacha yetib borishi mumkin. Virusni bunday hujayraga kirishini viropeksis ham deb ataladi.
16-rasm. Pinotsitoz jaraѐnining ketma-ketligi sxemasi(Ag,1970)
Virus zarrasini modifikatsiyasi. Virus zarrasi hujayra ustida ѐki pinotsitoz vakuolasida bo’lishi bilan virus zarrasini o’zgarishi boshlanadi – virusning tashqi qobig’i o’zgaraboshlaydi. Faglarda uning dum qismidagi struktura o’zgara boshlasa, boshqalarida hujayra fermentlari ta’sirida virus zarrasini hamma qismi o’zgaradi. Bu virus zarrasi strukturasini orqaga qaytmas modifikatsiyasi (o’zgarishi) bo’lib, infektsion jaraѐnning yeklips davrini boshlanishi bildiradi. Birqancha muddat intakt virus zarrasini hujayradan ajratib olib bo’lmaydi. M., poliomielit virusi o’z antigen strukturasini o’zgartiradi va yuqumliligini yo’qotadi. Bu vaqtda virus zarrasi o’z shaklini saqlagan bo’ladi va nuklein kislotasini tutadi. Bunday modifikatsiyalangan virus zarrasidan fenol ѐrdamida virus nuklein kislotasini ajratib olish mumkin. Oqsil va lipidlardan tashkil topgan chechak viruslarini tashqi qobig’ini hujayraning gidrolitik fermentlari (proteaza va lipaza) parchalaydi.
Virus zarrasini modifikatsiyasi asosiy stadiyalardan hisoblanadi. Bu davrda bo’ladigan o’zgarishlar keyingi stadiyaga virus nuklein kislotasini ajralishiga tayѐrlanish bo’ladi.
Nuklein kislotaning ajralishi. Virusning yuqumlilik xususiyati namoѐn bo’lishi uchun albatta virus nuklein kislotasining oqsil qavatidan ajralib chiqishi zarur. Infektsiya jaraѐnining ma’lum bir stadiyasida virus nuklein kislotasi oqsil qavatidan to’la ozod holda bo’ladi.
Bu fikrni bildirishga asos bo’lib quyidagi tajribalar natijasini aytish mumkin, ya’ni virus bilan kasallangan hujayradagi virusni infektsion jaraen siklining ma’lum stadiyasida ma’lum vaqtdan so’ng olingan yekstraktda yekstraktidagi ona nuklein kislota nukleazalarning gidrolitik ta’siriga sezgir bo’ladi (aslida esa virus nukleoproteidi tarkibidagi nuklein kislota odatda nukleazaning ta’siriga rezistent bo’ladi). Virus nuklein kislotasini nukleazaga sezgir yerkin nuklein kislota holatiga o’tishi infektsion jaraѐnning eng yerta stadiyasida sodir bo’ladi. Boshqa vaqtlarda esa bu holat ancha kechga cho’ziladi. Virus nuklein kislotasini yerkin holatga o’tishi, virus nukleoprteidini deproteinizatsiyasi hali yaxshi o’rganilmagan. Ammo ba’zi bu jaraѐn mexanizmlari har xilligi ancha oydinlashgan. Ba’zi faglarda DNK ning hujayraga kirish mexanizmlari murakkabligi ma’lum. Hujayraga kirgan virus nukleoproteidini hujayra fermentlari ѐrdamida oqsilini yemirilishi mumkin. Bu fermentlar virus genomida ѐki hujayra genomida kodlangan bo’lishi mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, infektsion jaraenning boshlanishi uch asosiy bosqichdan - hujayraga virusni adsorbtsiyasi, virus zarrasining modifikatsiyasi va virus nuklein kislotasini ajralib chiqishidan iborat. Ikkita oxirgi stadiyada yeklips stadiyasi namoѐn bo’ladi.
v) Gerpes (uchuq) virusi guruhlari. Bu viruslarni hujayraga kirish mexanizmi ancha kam o’rganilgan. Ba’zi olimlar bu virus guruhi viruslarini hujayraga kirishini besh bosqichga bo’lishadi. Birinchi bosqichda virusni hujayraga ѐpishishi ro’y beradi. Ikkinchi bosqichda virusni hujayraga tegib turgan membrana qismini parchalanishi kuzatiladi. Uchinchi bosqichda virus tegib turgan hujayra membranasi parchalanadi. To’rtinchi bosqichda virus nukleoproteidi hujayra membranasida hosil bo’lgan ѐriqdan (bresh) sitoplazmaga o’tadi. Aytib o’tish joyiz bo’lsa kerak, bu usulda virus o’tganda o’lchami katta bo’lgan uchuq virusi avval pinotsitoz bo’lmasdan ham hujayraga o’tadi. Beshinchi bosqichda virus nukleoproteidini parchalanishi va DNK ni ozod bo’lishi kuzatiladi. Bu jaraѐn kasallanmagan hujayradagi fermentlar ѐrdamida amalga oshadi.
Viruslarni hujayradan hujayraga o’tishi. Viruslarni zararlangan hujayradan yangi hujayraga o’tishi o’simlik viruslarida plazmodesmalar – hujayralararo ko’prikchalar vositasida o’tishi mumkin. Hayvon viruslarida muhitda antivirus zardobi bo’lishiga qaramasdan virus bir hujayradan boshqa hujayraga o’taveradi. Bunday o’tishlar gerpes (uchuq), respirator va boshqa viruslarda bo’ladi.
Ayrim ajratilgan nuklein kislotalarni hujayraga kirishi. Nuklein kislotalarni hujayraga kirishi yaxshi o’rganilmagan. Polioviruslarni nuklein kislotalari hujayraga avval juda tez adsorbtsiyalanadi va bu jaraѐn boshqa tashqi faktorlarga bog’liq yemas. Bu stadiyada RNK RNK-azaga sezgirligini to’la saqlagan bo’ladi. So’ngra virus nuklein kislotasini hujayraga kirishi boshlanadi. Va nuklein kislotani RNK-azaga sezgirligi yo’qoladi. Bu jaraѐn tashqi muxitga (temperatura,rN, osmotik bosim va h.) o’ta sezgir bo’ladi.

Download 90,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish