Adsorbtsiya. Virusni hujayraga kirishini birinchi stadiyasi uni hujayra yuzasiga birikishi bo’lib, uni adsorbtsiya deyiladi. Aniqlanishicha ma’lum viruslar ayrim tip hujayralargagina adsorbtsiyalanar yekan. M., poliomielit virusi faqat primatlarning ba’zi to’qimalari hujayrasiga adsorbtsiyalanadi. Ba’zi faglar mutant bakteriyalarga ѐki yerkak (F+ jinsiy faktorli) ѐki faqat aѐl hujayralarga adsorbtsiyalanadi. Demak, adsorbtsiya o’ta spetsifik jaraѐndir.
Adsorbtsiyaga bir qancha tashqi faktorlar ta’sir etadi, birinchi navbatda muhit tarkibi, m., faglar distillangan suvdan adsorbtsiyalanmaydi ѐki nordon ѐki ishqoriy tuzli muhitdan, ѐki o’ta ishqoriy muhitda ham adsorbtsiyalanmaydi. Ion kuchlarini adsorbtsiyaga ta’sirini o’rganish, adsorbtsiyalanishdagi asosiy kuch bu virus va hujayra o’rtasidagi yelektrostatik munosabat yekanligi aniqlandi.
Temperaturaning virus adsorbtsiyasiga ta’siri kam bo’lib, ammo u keyingi hujayraga kirish jaraѐnida sezilarli rol o’ynaydi.
Har bir hujayra ma’lum qism fagni adsorbtsiyalashi mumkin, m., ichak tayѐqchasiga 300 tagacha T-juft faglarni adsorbtsiyalashi mumkin. Natijada hisoblashlar ko’rsatishicha, bakteriyani sirti fag bilan to’la qoplangan bo’lar yekan. Odam to’qimasi kulturasi HeLa ga 500 tagacha pikornaviruslar adsorbtsiyalanishi aniqlangan. Avvalo virusni hujayraga ѐpishishi ularni bir-biri bilan tasodifan to’qnashishi orqali yuz beradi. Ko’pincha avval virus hujayraga qaytadigan bo’lib adsorbtsiyalanadi, ya’ni virus-hujayra kompleksidan intakt virus qaytadan ajratib olinishi mumkin. Keyinchalik adsorbtsiya qaytmas holatga o’tadi, ya’ni virusda ham, hujayra sathida ham o’zgarishlar (modifikatsiya) ro’y beradi. Ba’zi sistemalarda virus o’z-o’zidan biror tashqi ta’sirsiz hujayradan ajralib ketishi mumkin. Bu holatga yelyutsiya deyiladi. Elyutsiya miksoviruslarda uchraydi. Elyutsiyaning mexanizmi shundan iboratki bu hujayraning ba’zi komponentlarini virusning neyraminidaza fermenti yeritib yuborishi natijasida bo’lishi mumkin. Taxmin qilinishicha virus hujayrani ba’zi komponentlari bilan birga o’z-o’zidan ajralib tushib ketishi mumkin. Bu albatta virusning yuqumlilik xususiyatini yo’qolishiga olib keladi.
Virus va hujayra retseptorlari. T-juft faglarni hujayraga adsorbtsiyalanishini o’rganishlar shuni ko’rsatdiki, virus dum qismi bilan hujayraga adsorbtsiyalanadi. Xuddi shu kabi faglarni DNK siz po’st qismi ham adsorbtsiyalanadi. Bu hususiyat faglarni dum qismiga va fibrillariga ham xosdir. Ammo faglarni DNK si va uning bosh qismi adsorbtsiyalanish xususiyatiga yega yemas. Demak fibrillari yo’qotilgan fag hujayraga adsorbtsiyalanmaydi. Yuqoridagilardan ma’lum bo’ladiki fag fibrillari qandaydir adsorbtsiyalanishni ta’minlaydigan strukturaga yega. Fag fibrillardagi qandaydir strukturalar ularni hujayra bilan adsorbtsiyalanishni ta’minlaydi. Bunday hujayra bilan birinchi muloqatda bo’ladigan strukturalar virus retseptorlari nomini oldi. Bu tushunchani boshqa viruslarga ham tatbiq qilinadigan bo’lsa masalan, sferik viruslarda retseptor vazifasini ular sathidagi ma’lum kimѐviy guruhlar bajarishi mumkin. Bu retseptorlar hujayra sathidagi ularga mos guruhlar bilan munosabatda bo’ladilar. Bunday virus retseptorlarining kimѐviy strukturalari hali yaxshi o’rganilmagan. Ammo, virus po’sti oqsilidagi ma’lum guruhlarni (sulfgidril) blokirovka qilib qo’yish, aminkislotalardagi ainogruppalarni dezaminirlash adsortsiyalanish xususiyatini yo’qotishiga olib keladi. Ba’zan fag zarralarini mutatsiya natijasida ham adsorbtsiyalanishi yo’qoladi, bu o’z navbatida virus yuqumliligi ham yo’qolishiga olib keladi.
Hujayra retseptorlari. Hujayraning sathi ham viruslarni bog’lanishiga javobgar ma’lum hujayra retseptorlariga yega. Ular hujayraning ba’zi morfologik strukturalarida joylashgan. M., Batsillus subtilis ning faglari faqat ho’jayin-hujayraning hivchinlariga, RNK tutuvchi faglar E.tsoli ni F jinsiy faktoriga yega hujayralariga, to’g’rirog’i F-pili larga adsorbtsiyalanadi. E.tsoli ni retseptorlari ancha chuqurroq o’rganilgan bo’lib, fagni adsorbtsiya qiladigan struktura hujayra devorida joylashgan. Hujayra devori uch qavatdan tuzilgan - tashqi – lipoproteid va lipopolisaxarid va ichki mukopeptid polimeri. T-3, T-4 va T-7 faglar faqat liopolisaxarid qavatga (uni ham maxsus L-gala-D-mannogeptozasi bo’lsa), T-2 va T-6 faglar ichak taѐqchasini lipoproteid qavatiga ѐpishadi. T-5 fagi esa hujayradan gomogen preparat qilib ajratib olingan o’lchami 30 nm lik hujayra strukturasiga ѐpishadi. Bu zarrachalar markaziy lipopolisaxarid va lipoproteid qavatlardan iborat. T-1 fagi uchun retseptorlar ajratish imkoni bo’lgani yo’q. Ammo bu fag faqat tirik hujayralargagina ѐpishadi.
Hayvon hujayralari bilan olib borilgan tajribalar shuni ko’rsatdiki, ulardan ba’zi retseptorlarni ajratib olish imkoni bo’ldi, ya’ni poliomielit virusini hujayra membranasidagi lipoproteid strukturalariga, ba’zi gerpes va arboviruslarning retseptorlari ham lipoproteid strukturaga yega yekanligi aniqlandi. Gemagglyutinatsiya qiluvchi yenteroviruslarni odam yeritrotsitlaridagi retseptorlari oqsil, lipid va uglevodli qismlardan tuzilgan. Miksoviruslarni va ѐpishtiradigan hujayra retseptorlari ancha yaxshi o’rganilgan bo’lib, ular N – atsetilneyramin kislotadir:
Hujayra retseptorlari ham virus retseptorlari kabi kimѐviy ta’sir natijasida, mutatsiya natijasida o’zgirishi va yuqumliligini yo’qotishi mumkin. Natijada virusga chidamli hujayralar hosil bo’ladi.
O’simliklarning hujayra retseptorlari juda kam o’rganilgan. Masalan, tamaki nekrozi virusini o’simlik bargiga yuqtirish uchun kutikulani jarohatlash kerak bo’ladi. Jarohatlash natijasida o’simlik hujayrasidagi virusga sezgir retseptorlar ochilishi mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, virus va hujayra orasidagi birinchi munosabat bu virus retseptorlari va hujayra orasidagi reaktsiyadir. O’simlik viruslari retseptorlari ham deyarli o’rganilmagan. Ko’pincha hujayra kutikulasining jarohatlanishi natijasida maxsus sezgir qismlar ochilib, virus bilan bog’lanadi va virus hujayraga o’tadi. O’sha "sezgir" qismlar mikroorganizm va hayvon hujayralaridagi retseptorlarga o’xshasa kerak, degan fikrlar va uni tasdiqlovchi dalillar mavjud.
Ammo oxirgi vaqtdagi tadqiqodlar o’simlik viruslarini hujayraga kirishida quyidagi ma’lumotlarni berdi. Virus ѐki uning RNK si o’simlikning bitta hujayrasiga tushadi va unda ko’payadi. Kasallangan o’simlik hujayrasida yangi RNK va oqsillar sintezlanadi; so’ngra oqsillar RNK bilan birlashadilar. Hosil bo’lgan kompleks qo’shni hujayralarga o’tadi va ularni ham kasallantiradi. Qo’shni hujayralarga virus RNK si ikki hujayrani birlashtiruvchi plazmodesmalar orqali o’tadi. Virus RNK sining qo’shni hujayraga o’tishi uchun u avvalo, maxsus oqsil - transport oqsili (TO) bilan kompleks hosil qiladi.
Virus aktivlashishi va uni birinchi kasallangan o’simlik hujayrasidan sog’ hujayraga o’tishi uchun virusning transport oqsili xo’jayin-o’simlik retseptoriga mos bo’lishi kerak yekan. Bu virusga yaxshi xo’jayin-o’simlikga tushgani haqida ishonch hosil qiladi degan taxmin qilinadi. Bu vaziyatda virusga sharoit optimal bo’ladi, u bemalol ko’payaoladi.
Virus retseptorlari va hujayra retseptorlarini mos kelishi va ular orasida komplementar uchastkalarni bo’lishi virusni yuqumliligini, kasallantiradigan hujayra spektrlarini belgilaydi, boshqacha aytganda virus tropizmiga bog’liq bo’ladi. Ammo ba’zan virus va hujayra orasida retseptorlar adekvat bo’lmagan taqdirda ham ma’lum sharoitda virus bilan hujayrani kasallantirish imkoniyatini yaratish mumkin. Bu usul virus nuklein kislotasi bilan yuqtirish orqali amalga oshiriladi. M., primatlar avlodidan bo’lmagan hujayralarni poliomielit virusi kasallantirmaydi, masalan quѐnni. Ammo poliomielit virusini nuklein kislotasi bilan kasallantirilsa nuklein kislota hujayraga kirishi va bir sikl mazkur hujayrada ko’payishi mumkin. Ammo hosil bo’lgan yetilgan virus zarralari yangitdan quѐnni kasallantirmaydi.
Yana bir misol, bakteriyani intakt hujayrasini nuklein kislota bilan ham kasallantirib bo’lmaydi. Bu holda bakteriya hujayrasini lizotsim bilan ishlov berib hujayra devorini parchalab uni protoplastini fag DNK si bilan kasallantirish mumkin. Hujayra retseptor bar’erini (to’sig’ini) gibrid virus bilan kasallantirib ham amalga oshirish mumkin. Bunda virus oqsilini (retseptori virus yuqadigan hujayraga mos bo’lgan virusdan olinadi).
M., poliomielit virusining RNK asi va Koksaki virusini oqsilidan tashkil topgan gibrid virus zarrasi bilan kasallantirib poliomielit virusi hujayra bar’eridan o’taolmaydi, ammo bu vazifani Koksaki virusining oqsili retseptorlari orqali amalga oshirish mumkin. Yaltirbosh mozaikasi virusini RNK sini tamaki mozaikasi virusining oqsili bilan rekonstruktsiyalab yaltirbosh mozaikasi virusi kasallantira lmaydigan tamakiga TMV oqsili ѐrdamida yuqtirildi. Albatta bu virus tamakida bir siklgina ko’payishi mumkin, unda hosil bo’lgan viruslar albatta yaltirbosh mozaikasi virusi zarralari edi. Ular shu holatida tamakini kasallantira olmadilar, chunki ularda tamaki o’simligiga komplementar retseptorlar yo’q edi.
Yuqorida keltirilgan tajribalar natijalaridan ko’rinadiki virus hujayraga kirib kasallantirishi uchun uning retseptorlari va hujaraniki bilan mos bo’lishi talab yetiladi.