Element modellarni hosil qilishda formal bo’lmagan metodlardan foydalnish, ko’pgina loyihalash protseduralarining avtomatlashtirish darajasi kamaytiradi deb o’ylash to’g’ri bo’lmaydi. CHunki aniq mo’ljallangan tizimlardagi element turlari soni, elementlar sonidan ancha kam bo’lib, bu element turlari ko’pgina loyihalanilaѐtgantizimlarda takroran foydalaniladi. Bundan tashqari har bir element turi uchun aniqligi, iqtisodliligi, unversalligi ko’rsatkichlari bilan farqlanadigan bir qancha modellar yaratish imkoniyati ham tug’iladi.
ALT larda hamma unifitsirlashtirilgan element tiplari modellari elementlar modellari kutubxonasiga kiritib qo’yiladi. ALT lardan foydalanishda har doim yechish kerak bo’ladigan masala bo’lib, tizim modellarini yaratish va anliz qilish hisoblanadi.
Ikkinchi guruh metodlariga, elementlarining berilgan modellaridan tizimning to’la matematik modellini hosil qilish metodlari kiradi. Bu metod bilan tizim modelini hosil qilish metodlari kiradi. Bu metod bilan tizim modelini hosil qilish protsedurasi to’lalagicha formallashtirilgan bo’lishi mumkin. Ikkinchi guruh metodlari hisoblanadi. Bunday metodlarga misol qilib, elektrotexnikadagi zanjir potentsiallari farqi usullarini, mexanikada o’rin almashish, avtomatik boshqarish tizimlarida funktsional modellashtirish kabilarni keltirishimiz mumkin. Ikkinchi guruh metodlari asosini quyidagi ikki qarashdan biri tashkil qiladi. Birinchi qarash elementlarda tashqi ta’sirlarning tarqalishi bir yo’nalishliya’ni kirishdan – chiqishga qarab bo’lishligiga yo’l qo’yishga asoslangan. Boshqacha qilib aytganimizda, elnmentning holatini o’zgarishida yuklanish, manba elementiga ta’sirlarni to’g’ri tarqatuvchi, bog’lovchi shoxlar orqali uzatilmaydi. Bu qarash hisoblash qurilmalarini mantiqiy sxemalarini hosil qilishda, avtomatik boshqarish tizimini modellashtirishda va turli ommaviy xizmat ko’rsatuvchi ko’rsatuvchi tizimlarda ya’ni metadarajada matematik modellar tashkil qilishda keng tarqalgan. Ikkinchi qarshi birinchi qarashdagi qabul qilingan yo’l qo’yishlar bilan bog’lamagan ya’ni modellashtirilaѐtgan ob’ekt elementlarida tashqi bog’lanishlarni kirish va chiqish bog’lanishlariga ajratish shart emas, undan tashqari modellarining bir yo’nalishiga bo’lgan cheklanish olib tashlanadi. Bu qarash qarash ishlatish ancha murakkab hisoblanadi. Ularning invariantligi, fizik tizimlarda analoglar borligiga asoslangan, shuning uchun bu metodlar to’g’ri analogiyaga asoslangan modellashtirish metodlari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |