O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi
Vazirligi
Sayxunobod tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etsh bo’limiga qarashli
15-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Begimova Nargizaning
“Til-millatning ko’zgusi” mavzusi ostida o’tkazilayotgan tadbir
SENARIYSI
2017-2018-o’quv yili
21-OKTABR “ O’zbek tiliga davlat tili ma’qomi berilgan kun”
Assalomu-aleykum,aziz mehmonlar mustaqil yurtning barkamol yoshlari, aziz ustozlar bugungi til bayramiga xush kelibsizlar!
Tadbirni ochishdan oldin navbatni O’z Res.ning Madhiyasiga beramiz. Marhamat madhiyaga hurmat!
Bu dam madhin kuylay iftixor bilan
Ko’ksimda barq urgan navbahor bilan
Bayram munosabati ila barchangizning o’qish va ishlaringizda ulkan muvofaqiyatlar tilaymiz. Inson go’zalligi, ma’naviyati, buyuk merosi, hatto olam barqarorligining asosi ham bu tildir. Shu sabab, onadek aziz o’z ona tilimizni avaylab-asrash, e’zozlash barchamizning muqaddas burchimizdir
Bugungi tadbirimizni ochib berish uchun so’z navbatini maktabimiz direktori Abdullyeva Mohira Musulmonqulovnaga beramiz. Marhamat!
O’z Res.sining birinchi prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek:”Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir. O’z tilini yo’qotgan har qanday millat o’zligidan judo bo’lishi muqarrar”
Shu o’rinda bir asosiy sa’nani aytib o’tishni lozim topdim. Biz bilamiz mana bu yil O’z Res.da Davlat tili qonunining qabul qilinganiga 27 yil bo’libdi. Hammamizga ma’lumki 1989-yil 21-oktabrda o’zbek tiliga Davlat tili ma’qomi berildi. Shu kunni cheksiz quvonch va iftixor bilan qarshi olishga haqlimiz. Keling, mana shu bugun sizlar bilan o’zbek tiliga bag’ishlangan she’rlardan bahramand bo’lsak!
Davraga 4A sinf o’quvchilarini taklif etamiz!
Ming yildirki bulbul kalomi
O’zgarmaydi yaxlit hamisha
Ammo sho’rlik to’tining xoli
O’zgalarga taqlid hamisha
Ona tilim, sen borsan shaksiz
Bulbul kuyin she’rga solaman
Sen yo’qolgan kuni shubhasiz
Men ham to’ti bo’lib qolaman
Endilikda navbat 4B sinf o’quvchilarining tayyorlab kelgan she’rlariga
Я славлю жемчуг слова!
Ведь оно жемчужницею сердцо рождено.
Четыре перла мирозданья- в нём
Всех звёзд семи небес блистанье- в нём
Hozirgi navbat 5-sinf o’quvchilariga. Marhamat davraga taklif etamiz!
Ona tili-ezgu fazilatlar, yuksak tuyg’ular mabai. Chunki onalarimiz shu tilda bizga alla aytadi, inson uchun hayotiy zarur bilim va tshunchalar mana shu til vositasida ong-u shuurimizga singadi, odob-u axloqimiz, fe’l atvorimiz mana shu tilda berilgan o’g’it va nasihatlar asosida shakllanadi. Shu sabab ota-bobolarimiz til insonni hayvondan farqlab turadigan ne’mat ekanligini ta’riflashgan.
Ona tilimiz haqidagi ma’lumotni yanada yoritib berish uchun so’z navbatini maktabimiz ona tili va adabiyot fan o’qituvchisi Begimqulova Nargiza ustozga beramiz Marhamat!
Tong otar fayzini naynavosini,
Dalalar shukuhin ob-havosini,
Visol chog’larini dil sadosini
Odamning jamiki muddaosini
Barini-barini kuylamoq mumkin
Shu qadar serma’no, ona tilimsan
Tarjimon eng dono, ona tilimsan.
Endi navbatni 6-sinf tayyorlab kelgan she’r va raqslariga beramiz!
Yana qayta tug’ilgansan
Baxt iqbolga yo’g’rilgansan
O’lkamizga nur bo’lgansan
Ona tilim- a’lo tilim
Quvonchimdan so’zim o’ynoq
Qayta kiyding atlas ko’ylak
Ozod yurtda o’zing bayroq
Ona tilim- a’lo tilim
Hozirgi navbat 8-sinf o’quvchilari tayyorlab kelgan sahna ko’rinishiga
Do'stlaringiz bilan baham: |