21.1-jadval.
XVFning O’zbekistondagi texnik ko’maklashish missiyasi2
STA
|
Milliy hisob-varaqlar, narxlar va hisob-varaqlar balansi statistikasi
|
May 2007
|
LEG
|
AML/CFT
|
Yanvar, Mart/Aprel 2009
|
FAD
|
Davlat byudjeti boshqaruvi
|
Fevral 2010
|
FAD
|
Inspektsiya
|
Iyun 2007, Oktyabr 2008, Noyabr/Dekabr 2009, Iyun, Sentyabr 2011
|
STA
|
Pul-kredit va moliya statistikasi
|
Fevral 2011
|
MCM
|
Bank nazorati
|
May/Aprel, Oktyabr 2012, Fevral 2013
|
STA
|
Umumiy ma’lumotlarni ommalashtirish tizimi
|
Mart 2013
|
STA
|
Pul-kredit va moliya statistikasi
|
May 2013
|
FAD
|
Soliq muassasasi
|
Mart, Oktyabr 2013
|
STA
|
Davlat moliya statistikasi
|
Sentyabr/Oktyabr 2013
|
MCM
|
Tijorat banklardagi korporativ boshqaruv
|
Aprel/May 2014
|
O’zbekiston Respublikasi va Jahon banki o’rtasidagi hamkorlik
1992 yil sentyabr oyida O’zbekiston Respublikasi Jahon bankiga to’la huquqli a’zo bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Ozerbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, Polsha, Serbiya, Shveytsariya, Tojikiston hamda Turkmaniston davlatlari bilan bir qatorda Jahon bankining Shveytsariya a’zo-mamlakatlar guruhiga kiradi.
Jahon bankining O’zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligidir.
1992 yil sentyabr oyida Toshkentda Jahon bankining vakolatxonasi ochildi.
2014 yil dekabrdan boshlab vakolatxonaga Junxun Cho rahbarlik qilib kelmoqda.
21.2-jadval.
Jahon banki tuzilmasidagi aktsiyalar va ovozlar soni3
Tashkilot
|
A’zo bo’lgan sana
|
Aktsiyalar soni
|
Ovozlar soni
|
XTTB
|
1992 yil 21 sentyabr
|
249,3 mln.dollar (0,12%.)
|
3149 (0,14%)
|
XMK
|
1993 yil 30 sentyabr
|
3,873 ming. dollar (0,15%)
|
4693 (0,17%)
|
XTA
|
1992 yil 24 sentyabr
|
|
73 936 (0,29%)
|
KIKA
|
1993 yil 4 sentyabr
|
|
401 (0,18%)
|
O’zbekistonning Jahon banki bilan hamkorligi «Davlatga ko’maklashuv strategiyasi» hujjatida aks etgan yondashuvlarga asoslangan. Har uch yilda ishlab chiqiladigan strategiyada mamlakat iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari, mamlakat iqtisodiyotining samaradorlik ko’rsatkichlari va Jahon banki tomonidan kreditlash, tahlil, texnik ko’mak berishning ustuvor yo’nalishlari belgilab olinadi.
O’zbekiston Respublikasi va Jahon bankining 2016-2020 yillardagi hamkorlik strategiyasi umumiy qiymati 5,78 mlrd. AQSh dollarga teng bo’lgan 31 ta investitsion loyiha amalga oshirilishini ko’za tutgan, jumladan Jahon banki tomonidan beriladigan kredit miqdori 3,5 mlrd. AQSh dollariga teng bo’lib, shundan elektroenergetikani modernizatsiyalash va sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirishga (1668 mln. dollar), transport infratuzilmasini (457 mln. AQSh dollar) va sug’orish va kollektor-drenaj tarmoqlarini modernizatsiyalashga (211 mln. AQSh dollar), kommunal infratuzilmani rivojlantirishga (507 mln. AQSh dollar), neft va gaz sanoatini rivojlantirishga (225 mln. AQSh dollar), ta’lim va sog’liqni saqlash sohalarini rivojlantirishga (95 mln. AQSh dollar), axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga (20 mln. AQSh dollar) va tijorat banklariga (320 mln. AQSh dollar) kredit liniyalarini ajratish rejalashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |