21-mavzu. Texnologik jihozlarning turlanishi avtomobil transporti sohasida ishlatiladigan jihozlarning umumiy turlari



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana23.04.2022
Hajmi0,63 Mb.
#577343
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-маъруза

guruhcha
. Avtomobilning harakat xavfsizligini ta’minlovchi diagnostikalash jihozlari: - 
yengil avtomobillarning tormozlanish xususiyatini diagnostika qiluvchi qurilmalar; yuk avtomobillari 
va avtobuslarning tormozlash xususiyatini diagnostika qilish jihozlari; avtopoezdlarning tormozlash 
qobiliyatini diagnostika qilish qurilmalari; faralarni nazorat qiluvchi qurilmalar; rul boshqarmasini 
nazorat qiluvchi qurilmalar; oqimli qatordagi 1-diagnostika kompleks posti. 
II-
guruhcha
. Avtomobillarni tortish-tejamkorlik sifatini diagnostikalash jihozlari: 
yengil avtomobillarning tortish sifatini diagnostikalash qurilmalari; yuk avtomobillari va avtobusning 
tortish sifatini diagnostikalash qurilmalari; yonilg’i sarfini o’lchagichlar; ta’minot tizimi asboblarini 
diagnostikalash jihozlari; chiqindi gazlar zaharliligini diagnostikalash jihozlari; krivoship-shatun va 
gaz taqsimlash mexanizmlarini diagnostikalash jihozlari; dvigatel, uzel va birikmalarning texnik 
holatini vibroakustik usul bilan diagnostikalash jihozlari. 
III-
guruhcha
. Elektr asboblarini diagnostikalash jihozlari: akkumulyator batareyasini 
zaryadka qilish va tekshirish jihozlari; generator va starterlarni tekshirish jihozlari; elektr 
qurilmasining ba’zi asboblarini tekshirish va texnik xizmat ko’rsatish jihozlari; dvigatel analizatorlari; 
motor-testerlar. 
IV-
guruhcha
. Avtomobillarning yurish qismi va transmissiyasining agregatlarini 
diagnostikalash jihozlari: boshqariladigan g’ildiraklarning o’rnatish burchagini diagnostikalash 
qurilmalari; avtomobil osmasini diagnostikalash qurilmalari; uzatmalar qutisi, ilashish muftasi, 
gidromexanik uzatma (GMU), kardan uzatmasi va orqa ko’prikni diagnostikalash jihoz va asboblari; 
avtomobil g’ildiraklarini muvozanatlovchi jihozlar. 
V-
guruhcha
. Ba’zi agregatlarni tuzatilgandan so’ng texnik nazoratdan o’tkazish va 
sinash jihozlari: dvigatellarni sinash jihozlari; uzatmalar qutisi, GMU va tabaqalash qutisini sinash 
jihozlari; avtomobil ko’priklarini sinash jihozlari; amortizator, ressora va osmani sinash jihozlari; 
ko’tarish mexanizmini sinash jihozlari; rul mexanizmlarini sinash jihozlari. 
Zamonaviy avtomobillar o’zini-o’zi nazorat qiluvchi va boshqarib boruvchi asboblar bilan 
butlangan bo’lib, agregat va tizimlarning texnik holati haqida xabarlar berib boradi. Ushbu 


avtomobilni o’ziga o’rnatilgan asboblar texnik xizmat ko’rsatish muddatlarini belgilashda ham 
ishlatiladi. 
1.1-rasm. Avtomobil transportida ishlatiladigan jihozlarning turlari
Tashqi o’lchov asboblari texnik xizmat ko’rsatish yoki ta’mirlashga kelgan avtomobilni 
diagnostikalash, nosozliklarini aniqlash va ta’mirlash sifatini tekshirish uchun qo’l keladi. Bular 
avtomobilning tarkibiy va funkstional parametrlarini hisoblash, o’lchash va nazorat qilish bilan 
birgalikda, jarayonning diagnostik parametri bo’lgan qiymatlarni ham o’lchaydi. Masalan skanerlar, 
kompyuterli diagnostika, kompressometrlar, ostsillograflar, motor- testerlar va boshqalar. 
Avtomobil transporti sohasidagi o’lchov va nazorat asboblariga lyuft o’lchagichlar, maxsus 
lineykalar, dinamometrik kalitlar, shablonlar va boshqalar kiradi. 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish