24. Dengiz bo’yidan balandlikka ko’tariladigan bo’lsa, har 100 m ko’tarilganda barometrdagi simob necha mm ga pasayadi? Javob: 10 mm 25. Toshkent dengiz sathidan necha metr balandda joylashgan? Javob: 400 m
23-MAVZU: Amaliy mashg’ulot 24-MAVZU: Shamol 1.Havoning gorizontal harakatiga nima deyiladi? Javob: Shamol 2. Shamol vujudga kelishining asosiy sababi nima? Javob: Yer yuzasidagi turli joylardagi havo bosimida farq bo’lishidir 3. Bir kecha kunduzda o’z yo’nalishini ikki marta o’zgartirib turadigan shamolga nima deyiladi? Javob: Briz shamoli 4. Briz so’zining ma’nosi nima? Javob: fransuzcha ,, brise ‘’ –shabada 5. Bir yilda o’z yo’nalishini ikki marta o’zgartiradigan shamollar nima deyiladi? Javob: Musson shamollari 6. Musson so’zining ma’nosi nima? Javob: Arabcha mavsum 7. Musson shamollari qaysi mintaqalarda kuchli bo’ladi? Javob: Sharqiy va Janubiy Osiyoda 8. Qaysi faslda musson shamollari dengiz ustidan sernam havo keltirgani uchun yog’in ko’p yog’adi? Javob: Yoz 9. Ekvator atroflarida nima sababdan yil bo’yi havo bosimi past bo’ladi? Javob: Bu hududlar Quyoshdan eng ko’p issiqlik oladi 10. 30 gradus shimoliy va janubiy kengliklardan ekvatorga qarab esuvchi doimiy shamollarga nima deyiladi? Javob: Passat shamollari 11. Yer aylanganligi sababli passat shamollari ekvator yaqinida qaysi tomonga burilib ketadi? Javob: G’arb 12. O’rta kengliklarda Shimoliy yarimsharda ham , Janubiy yarimsharda ham doim g’arb tomondan esib turuvchi shamollarga nima deyiladi? Javob: G’arbiy shamollar 13. Bizning mamlakatimiz – O’zbekistonga yog’inlarni qaysi shamollar olib keladi? Javob: G’arbiy shamollar