Reja:
21.1. Aholining turmush darajasi ko`rsatkichlari.
21.2. Aholi daromadlarining shakllanishi va uning tarkibi.
21.3. Aholi iste`moli. Iste`mol manbalari va uning tarkibi.
Tayanch iboralar: Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar, o`zgarish darajasi, uchrashish tezligi, to`plash, differentsiyalash, jamlovchi ko`rsatkichlar, aholi daromadlari, aholi xarajatlari va iste`moli, aholining pul jamg’armalari, yig’ilgan mulk va turarjoy, aholining ijtimoiy tabaqalanishi, aholining kam ta`minlangan qatlami.
21.1. Aholining turmush darajasi ko`rsatkichlari.
Turmush darajasi ijtimoiy kategoriyalarning muhimlaridan biri bo`lib, uni tor va keng ma`noda tushunish mumkin. Tor ma`nodagi turmush darajasi – bu aholining moddiy boyliklar va xizmatlarni iste`mol qilishdagi erishilgan darajasi. Keng ma`noda esa jamiyatning yashashi uchun yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar majmuasini o`z ichiga oladi.
Aholi turmush darajasi kategoriyasi iqtisodiy adabiyotlarda har xil talqin qilinadi va uni aks ettiruvchi ko`rsatkichlar tizimi ham turli xil ko`rinishga ega bo`lib, ularni uch guruhga ajratish mumkin: daromadlar, iste`mol va yashash sharoitlari. SHu ko`rsatkichlarning barchasi butun aholi miqyosida va aholining jon boshiga nisbatan hisoblanadi.
Aholining pul daromadlari hajmi, tarkibi, ulardan foydalanish yo`nalishlari va aholining ayrim guruhlari orasida taqsimlanishi haqidagi va boshqa ma`lumotlar asosida aholi turmush darajasini asosiy ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlari tuziladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar o`rtacha va median ko`rsatkichlarda o`zgarish darajasi, uchrashish tezligi, to`plash, differentsiyalash va sotib olish qobiliyati kabilarda ifodalanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlarni hisoblash makroiqtisodiy ko`rsatkichlarni tuzishga qo`yilgan talablarga asosan, lekin ijtimoiy ko`rsatkichlarning o`ziga xos xususiyatlarini e`tiborga olgan holda amalga oshiriladi.
Turmush darajasini uch xil yo`nalishda o`rganish mumkin:
barcha aholiga nisbatan;
uning ijtimoiy guruhlariga nisbatan;
har xil daromadga ega bo`lgan uy xo`jaliklariga nisbatan.
Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyot vazirligi qoshidagi «iqtisodiy kon`yunktura va bashoratlash markazi» tomonidan 1992 yilda ishlab chiqilgan «Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi turmush darajasini ifodalovchi asosiy ko`rsatkichlar tizimi» zamonaviy talablarga javob beradi va ancha to`liq ishlangan. Uning 7 bo`limida 39 ta ko`rsatkich keltirilgan:
Jamlovchi ko`rsatkichlar.
Aholi daromadlari.
Aholi xarajatlari va iste`moli.
Aholining pul jamg’armalari.
Yig’ilgan mulk va turarjoy.
Aholining ijtimoiy tabaqalanishi.
Aholining kam ta`minlangan qatlami.
Aholi turmush darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlar tizimining oxirgi varianti BMT tomonidan 1978 yilda taqdim etilgan.
Tug’ilish, vafot etish va boshqa aholini xarakterlaydigan ko`rsatkichlar.
Turmushning sanitariya-gigiena sharoitlari.
Oziq-ovqat mahsulotlarini iste`mol qilish.
Turar joy sharoitlari.
Ta`lim va san`at.
Mehnat sharoiti va bandlilik.
Aholining daromadlari va xarajatlari.
Yashash qiymati va iste`mol baholari.
Transport vositalari.
Dam olishni tashkil etish.
Ijtimoiy ta`minot.
Insonning erkinligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |