Aholi jon boshiga real umumiy daromadlar iming so‘m
|
2014 y.
|
2015 y.*
|
2016 y.
|
2017 y.
|
2018 y.
|
O‘zbekiston Respublikasi
|
3601,3
|
4805,2
|
5503,5
|
6227,8
|
7300,2
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
|
2680,9
|
3427,9
|
3856,1
|
4497,1
|
5474,6
|
viloyatlar:
|
|
|
|
|
|
Andijon
|
3453,1
|
4446,4
|
5187,7
|
6010,2
|
6900,7
|
Buxoro
|
4372,1
|
5836,4
|
6657,8
|
7707,8
|
9294,4
|
Jizzax
|
2689,4
|
4288,4
|
4873,5
|
5574,6
|
6832,9
|
Qashqadaryo
|
3039,1
|
4148,1
|
4908,9
|
5505,3
|
6274,8
|
Navoiy
|
5878,9
|
7928,9
|
8874,4
|
9783,5
|
11450,7
|
Namangan
|
2640,5
|
3699,3
|
4252,7
|
4911,9
|
5630,0
|
Samarqand
|
3099,6
|
4151,9
|
4953,8
|
5608,5
|
6571,5
|
Surxondaryo
|
2923,5
|
4130,9
|
4560,6
|
5054,7
|
6164,2
|
Sirdaryo
|
3797,5
|
5141,3
|
5988,4
|
5806,5
|
6541,0
|
Toshkent
|
3843,0
|
5507,7
|
6008,3
|
6570,1
|
7640,3
|
Farg‘ona
|
3077,3
|
4084,9
|
4508,6
|
4899,0
|
5847,8
|
Xorazm
|
3398,4
|
4582,4
|
5220,3
|
6306,2
|
7634,7
|
Toshkent sh.
|
7146,0
|
8486,1
|
10086,8
|
11770,1
|
13447,4
|
Aholi pul daromadlarining umumiy hajmida tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar (qishloq xo`jalik mahsulotlari sotishdan olingan daromadlarni qo`shgan holda) va mol-mulk ulushi yuqori bo`lib, umumiy pul daromadlarining 56,0%ini, mehnatga haq to`lash va korxonalardan olingan boshqa daromadlarning ulushi 29,4%ni, ijtimoiy transfertlarning ulushi esa 14,6%ni tashkil qildi.
Aholining iste`mol xarajatlari 22,4%ga ko`paydi va 7248,3 mlrd. so`mni tashkil qildi. Iste`mol xarajatlari ulushi pul daromadlarining umumiy hajmida 76,8%dan 72,5%ga kamaydi.
Majburiy to`lovlar va badallarga haq to`lash xarajatlari 17,8%ga ko`paydi va 697,5 mlrd. so`mni tashkil qildi, ularning pul daromadlaridagi ulushi 7,7%dan 7,0%ga kamaydi.
21.3. Aholi iste`moli. Iste`mol manbalari va uning tarkibi.
Iste`mol hajmi, uning dinamikasi va tarkibi inson turmush darajasining muhim elementlari bo`lib hisoblanadi. MDH mamlakatlarida iste`molchi manfaatini himoya qiluvchi qonunlar aktlari qabul qilingan, ular minimal daromad, pensionerlarni, nogironlarni ijtimoiy ta`minoti, bahoning ortishi va inflatsiya natijasida aholining ijtimoiy himoyalash kabilar, shuningdek, «Iste`molchi huquqini himoyalash haqida»gi qonun qabul qilinib, unda fuqarolarning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini himoya qilish asoslari yaratilgan.
Xalqaro andozalarni tashkil etish tashkiloti (ISO) ham iste`molchilar manfaatlarini himoya qiladi.
Aholi iste`moli statistikasining asosiy vazifasi iste`molning natural va qiymat ko`rsatkichlarini, individual va oilaviy iste`mol byudjetlarini, iste`mol xarajatlari tarkibini va iste`molning elastlikligini va uning dinamikasini o`rganishdan iborat.
Iste`mol – ishlab chiqarish jarayonining oxirgi nuqtasi va takror ishlab chiqarishning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi. Iste`mol ma`lum ehtiyojlarni qondirish uchun ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalanishni anglatadi. Oxirgi iste`mol milliy hisoblar tizimining daromadlaridan foydalanish hisoblamasida o`z aksini topadi. U uy xo`jaliklarining ko`p mablag’lari va natural daromadlari hisobidan iste`mollarini, butunlay davlat qaramog’ida bo`lgan aholi iste`molini, shularga yana davlat tomonidan amalga oshiriladigan sog’liqni saqlash, ta`lim, madaniyat, ijtimoiy ta`minot xarajatlarini, fuqarolarning xorijdan sotib olgan mahsulotlari va xorijliklarning bizning mamlakatdan sotib olgan mahsulotlari orasidagi farqni ifodalaydi.
Aholining umumiy iste`moli material va nomaterial boylik va xizmatlar iste`molini o`z ichiga oladi. U ishlab chiqarish darajasiga, shuningdek, taqsimlash tarkibi va tarkibiga bog’liq.
To`lovli va to`lovsiz iste`molni ajratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |