mustaqil ma’noga ega bo‘lgan bir necha so‘zdan tuzilgan so‘zni topadi va namuna asosida so‘zlar tuza oladi; so‘z yoki gapni shakl, harf, belgilar bilan ifodalaydigan topishmoqni topadi, har xil ko‘rgazmali qurollardan foydalana oladi; rasmli kitoblar, jurnal va gazetalarni mustaqil o‘qib-o‘rganish orqali bilimini muntazam oshirib bora oladi; kun tartibiga rioya qiladi, uni to‘g‘ri tashkil eta oladi va badantarbiya bilan shug‘ullanadi; kattalarni hurmat qiladi, ularning nasihatiga amal qiladi, jamoat joylarida o‘zini tuta oladi. A1+ og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera oladi; o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunib, o‘zini nazorat qila oladi va xatolarini tuzatishga harakat qiladi, kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A1 maktabda, oilada va turar joylarida bo‘layotgan jarayonlarda (turli tadbirlar va h. k.) ishtirok etadi; 77 o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini biladi va ularga rioya qila oladi; davlat ramzlarini biladi, davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsata oladi; maktabda va maktabdan tashqari tadbirlarda (ko‘rik-tanlovlar va h. k.) ishtirok etadi hamda muomala madaniyatiga amal qila oladi; sinfda va oilada o‘z o‘rnini biladi, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni anglay oladi; o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam bera oladi; sinfdagi jihozlar va o‘quv qurollarini asrab-avaylaydi. A1+ jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga munosabat bildira oladi. Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: A1 orasta kiyinadi va gigienik talablarga amal qila oladi; maktabning ichki qoidalariga va odob-axloq qoidalariga rioya qila oladi; yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay oladi; milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni biladi va ularni bir-biridan farqlay oladi. A1+ Vatanimizda mustaqillik yillarida bunyod etilgan inshootlarni hamda tarixiy obidalarni biladi va ularni bir-biridan farqlay oladi. O‘quvchilarda o’quv yili mobaynida shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish): Lingvistik kompetensiya: Ona tilidagi nutq tovushlarini farqlay oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qila oladi; mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. A1+ Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish): sodda matnning asosiy mazmunini tushunadi va tushuntira oladi; matn mazmunini tushunib ifodali o‘qiy oladi; 70-75 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi; 7-8 gapdan iborat xabar yoki rasm asosida ijodiy matn tuza oladi. Lingvistik kompetensiya: so‘zlarning tovush tarkibini orfoepik jihatdan to‘g‘ri shakllantira oladi; gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini farqlay oladi va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |