2023yil pedagogika va psixologiya fakulteti 202 pp- guruh talabasi omurullayeva Dilnura ning


O’smirlik yosh davridagi o’quvchilarda ijodiy qobiliyatlar psixologiyasi



Download 115,74 Kb.
bet5/13
Sana02.03.2023
Hajmi115,74 Kb.
#915710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1.2.O’smirlik yosh davridagi o’quvchilarda ijodiy qobiliyatlar psixologiyasi
Hozirgi o’smirlar o’tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan bir muncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish,ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o’sish oldinroq namoyon bo’lmoqda. Shu sababli bizda o’g’il va qizlarni 10-11 dan 14-15 yoshigacha o’smirlik yoshida deb hisoblanadi.[²⁴]
O‘smirlik davri xususiyatlarini talqin qilgan olimlarning ta’kidlashicha, o‘g‘il va qizlarning bu yoshda o‘rtoqlari bilan munosabatlarga intilishi, tengdoshlari jamoasining hayotiga qiziqishi yorqin namoyon bo‘ladi. Ushbu o‘zgarishlar ta’sirida bolalar jismoniy va aqliy imkoniyatlarini o‘sib borish munosabati bilan o‘zlariga ko‘proq ishona boshlaydilar, ular endi oilaviy muammolar muhokamasida ham ishtirok eta boshlaydilar.
Aslida o‘smir yoshidagi bolalarning psixik holatlarini va psixik rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish, psixik muammolarini erkin va to‘g‘ri yechishlari uchun yordam berish, ularga psixologik yondashish zarur. Kichik o‘smir yoshdagilar bilan ishlayotganda o‘quvchining har bir tashqi va ichki reaksiyasi ortida uning o‘z psixologik sabablari borligini bilish muhimdir. [²⁵]
O’smir ijodiy mahsulini yaratar ekan, ishning aniq bir maqsadga qaratilgani, mazmunan rejalashtirilganini anglashi materialni mantiqiy va izchil idrok etishi, ijodiy tasavvuri keng bo‘lishi, manbaning nafaqat tarixiy-madaniy, balki badiiy qimmatini bilishi, estetikasi, emotsional ta’sirini ochib berishi o‘zining dadil mulohazasi va fikrini bildirgan holda, asosiy mazmunni umumlashtira olishi intellektual-ijodiy mahsulotga kreativ yondashishi, o‘z-o‘zini namoyon eta bilishi foydalanilayotgan adabiyotlar ro‘yxatini keltira olishi zarur. O’smirlar bilan amalga oshiriladigan intellektual-ijodiy ishlar tizimi va sifatiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1.mashg‘ulotlar mavzusi va mazmunning mutanosibligi;
2.variativlik va komplekslilik;
3.tarixiy-madaniy materialni o‘rganish davomiyligi va murakkablashganligi;
4.o‘quvchida kreativlik qobiliyatni rivojlantira olish, ularni o‘z-o‘zini kreativ rivojlantirishga yo‘naltirish.
Ta’kidlash joizki, o‘quvchida ijodiy qobiliyatini rivojlantirish uchun yuqori emotsional-ijobiy kayfiyat, ehtiyoj bo‘lishi, buning uchun ta’lim jarayonida didaktik shart-sharoitlar ta’minlanishi zarur.
Topshiriqli materialni idrok qilish jarayonida o’smirlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Ijodiy qobiliyatni o‘stirishga qaratilgan faoliyat (idrok qilish, axborot materiallarini ijodiy tayyorlash, ularning turli o‘quv auditoriyalarida ijtimoiylashtirilishi) o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lib, ularning ehtiyojlariga mos keladigan, ahamiyatli, zarur o‘quv faoliyati hisoblandi. Bunday faoliyat, ayniqsa, o’smirlarni o‘ziga jalb qiladi.[²⁶]
O’smirlik davrini ,shaxsning ijodiy salohiyatini rivojlantirishdagi eng samarali davrlardan biri deb hisoblanadi, chunki o‘smirlik chog‘ida qaysi birimiz she’r yozmaganmiz, turli uslublarda rasm chizishga harakat qilganmiz, cholg‘u asbobini o‘zlashtirishga harakat qilganmiz,albatta. Inqirozli o’smirlik davri insonning o’zida yangi qirralarni ochadi va uni shaxsiy kamolotning yangi darajasiga olib boradi.
O’smirlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish usullarini o’rganib chiqib, quyidagilarni keltirib o’tishimiz mumkin:
- o’smirlar bilan ishlashda jarayonini rivojlanishi uchun muhim bo’lgan ijodiy fikrlashni shakllantirishga yo’naltirish;
-turli motivlaridan foydalanish;
- o’smirda tashabbuskorlik va qaror qabul qilishda mustaqillikni uyg’otish;
- bolalarning “sodda” ijodining cheklanishini bartaraf etish va “yangi” qobiliyatini yuqori darajada uyg’otishga yordam berish.
– Ijobiy natijalarga erishish uchun turli usul va usullardan foydalanish
zarur.
Sinfdan va darsdan tashqari mashg’ulotlarda kognitiv va ijodiy faollikni, fikrlashning moslashuvchanligi va ravonligini, o’smirlarning jamoada ishlash qobiliyatini rag’batlantirish uchun quyidagi texnika va usullardan foydalanish mumkin: o’yin psixotexnika usullari, aqliy hujum, rolli o’yinlar va boshqa mashqlar. Shu jumladan P.Torrens testi bo’yicha ijodiy fikrlash diagnostikasi orqali turli xil fikrlash, o’zgarishlar , assotsiatsiyalar, yangi g’oyalarni yaratish va ularni rivojlantirish qobiliyatiga asoslangan.
O’smir bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun biz quyidagi usullarni taklif qilamiz:
1. Aqliy hujum.
2. Sinov va xato usuli
3. Sinektika usuli (V.Gordon).
4. TRIZ (ixtirochilik muammolarini hal qilish nazariyasi)
5. Morfologik tahlil (F.Zviki).
6. Fokusli ob’ektlar usuli.
7. Nazorat savollari usuli.
O’smirlik davri ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun sezgir davr hisoblanadi. O’smirlar o’z-o’zini takomillashtirishga, mustaqillikka intilishadi, stereotiplardan voz kechishadi, ammo hayot tajribasining yetishmasligi, sodir bo’layotgan voqealar haqida noto’g’ri mulohazalar o’smirni tasodifiy ta’sirlarga duchor qiladi .
Qobiliyatlarni rivojlantirishning asosiy jihatlarini o’rganish o’smirlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning ikkita asosiy shartini ochib beradi:

  1. Ijodkor shaxsning o’smirga ta’siri;

  2. O’smirning ijodiy faoliyatini tizimli tashkil etish.

Birinchi shartga muvofiq ko’rib chiqadigan bo’lsak bunda ijodkor shaxs bu ta’lim muassasasi o’qituvchisi, ota-onalar yoki bo’lmasam mashxur san’atkorlar kabilar bo’ladi. O’smirning qiziqishlari, intilishlari, harakat faolligini to’g’ri yo’naltirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash kabi nozik mehnatni albatta o’qituvchilar olib borishadi. Pedagog ,avallo, o’zi ijodkor bo’lishi va shu bilan birga o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini payqab to’g’ri ta’limni tashkil etishi darkor. Dars mobaynida olib boriladigan har qanday mashg’ulot turlari ham o’smirlarning ijodkorligini oshirishga xizmat qiladi deyolmaymiz,chunki o’smirlar uchun ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon qiluvchi bir nechta to’siqlar chiqishi mumkin ya’ni o’qituvchi tomonidan ma’lum bir qonun-qoidalarga asoslangan, bir qolipga tushurilgan topshiriqlarning berilishi kabilar.
Ikkinchi shartga asosan o’smirlar ijodkorligini tizimli tashkil etish ya’ni dars va darsdan tashqari jarayonlarda ularning qirralarini ochib beruvchi dars mashg’ulotlarini ketma-ketlik asosida tashkil etish, darsdan keyingi bo’sh vaqtlari o’z qobiliyatlaridan kelib chiqqan xolda maxsus fan va amaliy to’garaklarni tashkil etish, ularning o’z uylarida ham erkin ijodkorligini amalga oshirish maqsadida ota-onalar bilan suhbatlar tashkil etish(o’smirlarning ijodiy qobiliyatlarini to’gri baholash va uni qo’llab-quvvatlash mavzusida) maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’smirlik davrida ijodiy faoliyatni rivojlantirishning dolzarbligi, shuningdek, o’smirning o’zi uchun eng qiyin vazifalarni hal qilishga intilishi bilan bog’liq. Shu bilan birga, shuni unutmaslik kerakki, o’smirlik davrida kommunikativ faoliyat etakchi faoliyatga aylanadi va bu borada muloqot jarayonida amalga oshiriladigan ijodiy faoliyat ayniqsa samarali bo’ladi.
O’smirlarning ijodiy faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish haqidagi zamonaviy g’oyalar ta’lim jarayonida nostandart vazifalardan foydalanishga, o’quvchilar uchun qiyin vaziyatlarni yaratishga asoslangan bo’lib, ularni faqat yangi yechimlarni izlash orqali bartaraf etish mumkin.
O’smirlarga dars jarayonida g’ayrioddiy, kutilmagan topshiriqlarni bajartirish, tasviriy san’atni tizimli ravishda qo’llanilishi orqali ham ijodiy qobiliyatlarni yanada rivojlantirilishiga erishish mumkin bo’ladi. Shunday qilib, noan’anaviy tasvir texnologiyalaridan foydalanish, masalan: barmoq, tayoq, cho’tka, qalam bilan chizish, g’ijimlangan qog’ozga, xom qog’ozga rasm chizish; turli badiiy materiallarni birlashtirish, tasvirlarni turli usullar yordamida materiallarda chop etish va hokazo.Bu vazifalar nisbatan sodda, lekin ular ijodiy tasavvur va qobiliyatlarni rivojlantirishda samarali hisoblanadi, chunki ular o’quvchilarga badiiy tasvirni yaratish mexanizmini tushunish imkonini beradi.
O’quv jarayonida muammoli vaziyatlardan (qiyinchilik holatlaridan) foydalanish o’smirlarni o’qituvchi tomonidan maxsus yaratilgan muammolarni hal qilishga qaratilgan mustaqil qidiruv faoliyatiga jalb qilishni ta’minlaydi. Biroq, har bir muammoli vaziyatda ijodiy vazifa mavjud emas. Masalan, o’smirga ma’lum bo’lgan ikki yoki undan ortiq yechimlardan birini tanlash vaziyati ma’qul kelmaydi. Ijodiy vazifa o’smir o’zi uchun yangi yo’lni topishi, yangi bilimlarni shakllantirishi, allaqachon ma’lum bo’lgan narsani mutlaqo yangi sharoitlarda qo’llashi kerak bo’lganda paydo bo’ladi.
O’smirlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning quyidagi usullarini ajratib ko’rsatishimiz mumkin:
-ijodiy faoliyatning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda baholash tizimi yordamida o’quvchilarning ijodiy faoliyatini rag’batlantirish;
-ta’lim jarayonida ijodiy o’quv vazifalaridan foydalanish;
-ijodiy xarakterdagi muammoli vaziyatlarni yaratish;
-o’qituvchining ijodiy faoliyatini tashkil etish, bunda o’zi ijodkor sifatida ishtirok etadi, o’smirlar bilan hamkorlik qiladi va ularning ijodiy faoliyatiga rahbarlik qiladi;
-o’smirlarning mustaqil ijodiy ishlarini tashkil etish.[²⁷]
Ta’kidlab o’tilganidek o’smirlik – bu ijodkorlikni rivojlantirish uchun eng qulay davr. Bu davr hamma narsaga qiziqishning ortishi, analitik va sintetik fikrlashning rivojlanishi, ixtiyoriy diqqat va xotiraning jadal rivojlanishi bilan tavsiflanadi. O’smirlik ijodkorlik qobiliyati, aqliy faoliyatning aniqligi va chuqurligi, sevimli mavzularga qiziqishning ortishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun o’smir o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish muammosi hozirgi vaqtda juda dolzarbdir .Pedagogika va pedagogik psixologiyada ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish muammosini rivojlantiruvchi bir qator ilmiy yo’nalishlar mavjud, bular: rivojlantiruvchi ta’lim (V. V. Davydov, L. V. Zankov, D. B. Elkonin), muammoli ta’lim (A. M. Matyushkin, M. I. Maxmutov), ​​ixtirochilik muammolarini hal qilish va rivojlanish nazariyasiga asoslangan ijodiy pedagogika (G. S. Altshuller, I. M. Vertkin), o’qituvchining ijodiy qobiliyatlarini tarbiyalash nazariyasi (S. A. Arxangelskiy, M. F. Gonobolin, N V. Kuzmina, V. A.Slastenin va boshqalar). Rus olimlari R. S. Nemov, S. L. Rubinshteyn va B. M. Teplov, V. D. Shadrikov, I. F. Xarlamov, V. A. Krutetskiy, I. A. Vinter, V. N. Drujinina va boshqa mualliflarning asarlari kabilar. Ijodkorlik kontseptsiyasining turli jihatlaridan biz o’z maqsadlarimiz uchun foydali bo’lganlarini ajratib ko’rsatamiz:
1) ijodkorlik qobiliyati- ijodkorlik jarayoni bilan belgilanadi va uning mahsuldorligi ijtimoiy ahamiyatga ega ; 2) ijod mahsuli deganda ijod jarayoniga kiritilgan sub’ektning rivojlanishi tushuniladi (L. S. Rubinshteyn, A. V. Fomin);
3) ijodkorlik natijasini olish shaxsiy fazilatlarga ya’ni individual xususiyatlarga bog’liq (D. B. Bogoyavlenskaya, O. K. Tixomirov);
4) ijodiy jarayonning tarkibiy qismlaridan biri – o’zgartirish, yangilik qilishdir (A. T. Shumilin, B. P. Yusov);
Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning eng samarali usuli bu darsda va darsdan tashqari vaqtlarda interfaol metodlarfan foydalanishdir.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlarda quyidagi o’qitish usullari qo’llaniladi:
- ko’rgazmali;
- og’zaki;
- amaliy.[²⁸]
San’atning o’smirga ta’siri psixologlar tomonidan uchta nazariy tushunchada ko’rib chiqiladi: san’atni idrok etish, his qilish, tasavvur yoki ijodkorlik. L.S.Vygotskiyning fikricha, har qanday san’at tuyg’u va ijodiylik birligiga asoslanadi. San’at asarlarini idrok etishda estetik reaktsiya yuzaga keladi va bu shartli ravishda “katarsis”( empatiya jarayonida yuzaga keladigan ruhiy poklanish va yengillik)nomini oldi.
Badiiy asarlar ma’naviy mahsul bo‘lib, inson ma’naviyatiga ta’sir qiladi, uning hissiy-irodaviy sohasi va bilish jarayonlarini (diqqat, hislar, idrok, xotira, tafakkur, tasavvur) rivojlantiradi.
O’smirlik davrida ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishi va shakllanishini o’rganishning murakkabligi muammosi ijodiy qobiliyatlarning tabiati va namoyon bo’lishini belgilaydigan juda ko’p turli xil omillar bilan bog’liq.Ushbu muammoning tadqiqotchilari ushbu omillarni birlashtirgan uchta asosiy guruhni aniqlaydilar.
Birinchi guruhga ijodiy shaxsning shakllanishini belgilaydigan tabiiy moyillik va individual xususiyatlar kiradi.
Ikkinchisi, ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishi va namoyon bo’lishiga ijtimoiy muhit ta’sirining barcha shakllarini birlashtiradi.
Uchinchi guruh – ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish faoliyatning turi va tuzilishiga bog’liqligi.
Ushbu muammoni hal qilish o’smir yosh davriga nisbatan alohida ahamiyatga ega, chunki bu yosh davrida barqaror shaxsiy xususiyat sifatida ijodkorlikni rivojlantirish uchun qulay davr hisoblanadi. Buni o’smir yosh davrida ijodiy qobiliyatlar namoyon bo’lishini aniqlagan bir qator eksperimental tadqiqotchilar tasdiqlaydi (D. B. Bogoyavlenskaya, V. N. Drujinin, V. S. Yurkevich). Aynan o'smirlarda Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish muammosi eng keskin, shuning uchun ijodkorlik o’z-o’zini o’zgartirish, o’zini namoyon qilish qobiliyatini, yorqin hissiy harakatchanlikni o’z ichiga oladi.Ko’plab murakkab, ba’zan qarama-qarshi hayotiy qiyinchiliklarga ega bo’lgan o’smirning shaxsiyatini ochish, ijodiy qobiliyatlarning namoyon bo’lishini rag’batlantiradi va faollashtiradi.[²⁹]
O’smir o’quvchilar uchun shaxsiy fazilatlar alohida qadriyatga aylanadi. Stress va xavf bilan bog’liq vaziyatlar ham muhimdir. Xarakterning kuchli irodali xususiyatlari va o’smirlar o’rtasidagi individual farqlarning kuchayishi sezilarli darajada rivojlanadi. Agar, o’smirlarning juda muhim qismi kognitiv faoliyatga qiziqishning yetishmasligi bilan ajralib tursa, o’smirlarning yana bir qismi ijodkorlik va o’rganishga chinakam qiziqish bildiradi. O’smir o’quvchi ongli ravishda o’z oldiga ijodiy yoki tarbiyaviy vazifa qo’yishi va uni bajarishi mumkin.
Zamonaviy o’smirda ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish va rivojlantirish masalasini o’rganishda o’smir joylashgan ijtimoiy muhit katta rol o’ynaydi. O’smir ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilishida ijtimoiy muhit 95% , irsiyat esa 5 %ini tashkil etadi. Ijtimoiy muhit, ta’limdagi tengdoshlar, ustozlar bilan muloqot va munosabatlar , yuqori ijodiy salohiyatga ega bo’lmagan o’smirlarning ijodiy qobiliyatlarini rag’batlantirishi yoki aksincha, bostirishi mumkin.
O’smirlarning yetakchi faoliyati albatta tengdoshlari bilan bevosita muloqot qilish hisoblandi. Shunday ekan o’smir uchun uning yon atrofida u uchun kelayotgan har qanday munosabatlardan , tengdoshining munosabati ustun turadi. Ammo o’smirlarning hammasi ham tengdoshlari bilan muloqotga kirisholmaydi, ya’ni tengdoshlari bilan uning orasida qandaydir mustahkam munosabatlar yo’q. Demak, o’smirning ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilishida turli xil to’siqlar bo’lishi mumkin. Bundan biz o’smirlarda ijodiy qobiliyat yo’q degan xulosaga kelolmaymiz. Chunki, yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, o’smir o’ziga nisbatan keladigan salbiy omillardan cho’chidi va namoyish etish ko’rsatgichi pasayib boradi. Pedagoglar tomonidan tashkil etiladigan muvaffaqiyatli ta’lim bunday o’smirlarni ijodkorligi ochib berishga zamin yaratadi.
Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, ijodiy qobiliyatlarni tartibga soluvchi eng muhim psixologik jarayonlar tafakkur va idrokdir.
Endi bilish jarayonlaridan biri diqqatga to’xtalib o’tsak. Diqqat miqdori, uning intensivligini uzoq vaqt saqlab turish va bir mavzudan ikkinchisiga o’tish qobiliyati yoshga qarab ortadi. Shu bilan birga, qiziqishlarning yo’nalishiga qarab, diqqat tanlab olinadi. O’smir yigit va qizlar ko’pincha bir narsaga e’tiborlarini jamlay olmasliklari, beparvolik va surunkali zerikishdan shikoyat qiladilar. Psixologlarning ta’kidlashicha, diqqatni jamlay olmaslik, chalg’ish ba’zi xalal beruvchi omillar, ta’limdagi bir xillik, qiziqishning yo’qligi buning asosiy sababchisidan bir bo’ladi (I.S.Kon) va shuningdek, o’smirlik yoshida kuzatiladigan ichkilikbozlik, giyohvandlik, intim muloqot va munosabatlarga intilish kabi muammolarni keltirib chiqarishga sabab bo’ladi(D.Hamilton).
Aql-idrokning rivojlanishi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular nafaqat ma’lumotni o’zlashtirish, balki intellektual tashabbusning namoyon bo’lishi va yangi narsalarni yaratishni o’z ichiga oladi. Ijodkorlikning eng muhim intellektual tarkibiy qismi bu divergent fikrlashning ustunligi bo’lib, u bir xil savolga bir xil darajada to’g’ri va teng javoblar bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi.
Idrokni axborotni olish va saqlash manbai sifatida ko’rib chiqishda ham idrokning ijodiy qobiliyat uchun ahamiyati ta’kidlanadi. Yangi narsalarni yaratish uchun ma’lum narsaga tayanish, u bilan erkin ishlash uchun xotirada yetarlicha keng material bo’lishi kerak. Bundan tashqari, o’smirda vizual faoliyatda idrok vizual munosabatga ega bo’ladi. O‘smir tobora ko‘proq tomoshabinga aylanadi, dunyoni tashqaridan tafakkur qiladi, uni murakkab hodisa sifatida aqlan boshdan kechiradi, bu murakkablikda narsalarning xilma-xilligi va mavjudligini emas, balki narsalar o‘rtasidagi munosabat, ularning o‘zgarishini idrok etadi. Nafaqat chizmani idrok etish turi o’zgaradi (u batafsilroq bo’ladi), balki tasviriy idrok ham o’zgaradi. Ochiq kontrast ranglardan rasm chizish yanada nozik, murakkab rang sxemasiga o’tadi.[³⁰]
Ijodiy qobiliyat bilan chambarchas bog’liq bo’lgan yana bir psixologik jarayon – bu tasavvur jarayonidir. Tasavvur har bir insonga xosdir, lekin odamlar ,uning yo’nalishi, kuchi va yorqinligi bilan farqlanadi. Bu jarayon ayniqsa bolalik va erta o’smirlik davrida qizg’in bo’lib, u asta-sekin yorqinligini va kuchini yo’qotadi. O’smir ta’lim faoliyati bilan bog’liq va shu bilan birga, uning faoliyati bilan hech qanday aloqasi bo’lmagan narsa fantaziya olamiga kiradi. Shu sababli, tasavvurni rivojlantirishning boshlang’ich nuqtasi yo’naltirilgan faoliyat, ya’ni biron bir muammo yoki vazifani hal qilishda o’smirning tasavvurini olish mumkin.
Tasviriy san’atda endilikda o‘smirning birgina ijodiy tasavvur faolligi yetarli emas, u qandaydir tarzda chizilgan rasm bilan qanoatlanmaydi, ijodiy tasavvurini mujassamlashtirish uchun u maxsus kasbiy, badiiy mahorat va ko‘nikmalarni egallashi zarur bo’ladi.
Bundan tashqari, L.S.Vygotskiy ta’kidlaganidek, tasavvurning ijodiy qobiliyati bevosita shaxsning oldingi tajribasining boyligi va xilma-xilligiga bog’liq: tajriba qanchalik boy bo’lsa, uning tasavvurida shunchalik ko’p material mavjud.
O’smirning ijodiy qobiliyati uchun yetarli darajada mustahkam poydevor yaratmoqchi bo’lsak, uning tajribaviy ko’nikmalarini kengaytirish zarurati paydo bo’ladi.Tasavvurning rivojlanishi nafaqat aqlni, diqqatni jamlashni sezilarli darajada oshiradi – bu o’smirlik davrida hayotiy nizolarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun juda muhimdir.
O’zini past baholagan o’smirlar ko’pincha o’z qobiliyatlarini ro’yobga chiqara olmaydilar, shuning uchun o’qituvchilar o’smirga nisbatan ehtiyotkorlik va do’stona munosabatda bo’lish, ularning faoliyatini rag’batlantirish orqali o’smirda ijodiylikni shakllantirishga yordam berishlari kerak. Bundan tashqari, bu yoshda hissiy jarayonlar barqarorlashadi, hissiy holatlarning intensivligi pasayadi, bu ularga dunyoning ranglarini yanada ijobiy idrok etish imkonini beradi.
Ushbu yosh davrida o’smirning e’tiborini turli shakl va faoliyat turlariga(masalan, dizayn, sport, IT, texnika) ya’ni qiziqish va e’tiborni yangi sohaga yo’naltiradigan barcha narsalarga qaratish orqali o’smirning ijodiy qobiliyatlari namoyon bo’lishiga turtki bo’lishi mumkin.[³¹]

Download 115,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish